TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
sabzavot yoki mevaning kichik bo‘lagini o‘rtog‘iga berishini aytadi. Ko‘zi boylangan o‘quvchi
ta’miga qarab nima ekanini topishi kerak. Agar to‘g‘ri topsa, uning ko‘zlari yechilib yonida
turgan hamrohining ko‘zlari bog‘lanadi va birinchi o‘quvchidan ko‘zi bog‘langan hamrohiga
meva yoki sabzavotni yedirish vazifasi yuklatiladi.
Xulosa. O‘quvchilar bilan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Uyga vazifa.
Kartochkada berilgan kuz fasliga oid she’rni yod olish. Rag‘batlantirish. O‘quvchilarning
faoliyatiga ko‘ra baholanadi.
“Alifbe” darsi. Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga o‘quv qurollari haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy maqsad: o‘quv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni asrash, tozalikka rioya etish
qoidalari bilan tanishtirish. Korreksion maqsad: o‘quvchilar nutqini o‘stirish, lug‘atini
boyitish, o‘zaro muloqotga kirishish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Darsning borishi. Tashkiliy qism: o‘quvchilar bilan salomlashish, ob-havo, kun haqida
so‘rash. Kichik she’r bilan o‘quvchilar diqqatini darsga jalb etish.
Mehmon bo‘lib keldi kuz,
Kuz emas u oltin kuz.
Bog‘larda mevalar pishgan,
Barchamizni xursand etgan.
O‘quvchilardan qaysi faslning ta’rifi keltirilgani so‘raladi.
O‘tilgan mavzuni takrorlash. “Kun tartibi” mavzusi “Oyna” noverbal o‘yini asosida
takrorlanadi. O‘yinning borishi: o‘quvchilar orasidan bir o‘quvchi chiqib o‘zining kun tartibini
pantomimika orqali ko‘rsatadi, boshqa o‘quvchilar o‘z akslarini ko‘rgandek harakatlarni
qaytaradilar. Yangi mavzuning bayoni. O‘quvchilarga bugun darsda ular ta’lim olishlarida
yordamchi bo‘lgan o‘quv qurollari haqida suhbat olib borilishi aytib o‘tiladi. O‘quv
qurollarining har biri nima vazifani bajarishi birma-bir tushuntiriladi.
“To‘rtinchisi ortiqcha” o‘yini orqali o‘quvchilar bilimi tekshiriladi. O‘yinning borishi:
o‘qituvchi doskaga uchta o‘quv qurollariga oid va bitta o‘yinchoq rasmini qo‘yadi, uchta
o‘quv quroliga oid, bitta meva yoki sabzavotlarga oid rasmlarni qo‘yadi. O‘quvchilar o‘quv
qurollari orasidagi ortiqcha rasmni topishlari kerak. Jismoniy daqiqa. “Sumkangizni
maktabga tayyorlang” o‘yinidan foydalaniladi. O‘yinning borishi: stol ustiga turli xil
predmetlar qo‘yiladi. O‘quvchilar birma-bir chiqib, faqat maktabda foydalaniladigan o‘quv
qurollarini ajratib, sumkaga solishlari kerak. Shuningdek, o‘quvchilarni ikki guruhga ajratib,
har bir guruhga alohida-alohida stol ustida predmetlar qo‘yib, ular ichidan maktabga
kerakligini kim tez joylashtirib berishi so‘raladi. Mustahkamlash. “Amaliy topshiriqlar”
o‘yinidan foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilar o‘quv qurollaridan qanday foydalanish,
ularning boshqa predmetlardan farqini bilib oladilar. Bu o‘yin yordamida bolaning aniq
amaliy vaziyatni tushunishi aniqlanadi. Vaziyat yechimining mantiqiy to‘g‘riligi – ortiqcha
predmetlar mavjud bo‘lgan predmetlar guruhidan bir qator predmetlarni ajratish. O‘yinning
borishi: o‘yin bir necha topshiriqlar asosida olib boriladi.
A) berilgan predmetlar orasidan tushlik uchun zarur bo‘lgan predmetlarni yig‘ish so‘raladi:
likopcha, qo‘g‘irchoq, taroq, qoshiq, piyola, tish cho‘tkasi. B) rasm chizish jihozlarini yig‘ish
so‘raladi: qog‘oz, yelim, taroq, qalam, mo‘yqalam, qoshiq, bo‘yoqlar. V) o‘quv qurollarini
yig‘ish so‘raladi: qo‘g‘irchoq, daftar, ruchka, taroq, tish cho‘tkasi, alifbe.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |