TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
rivojlanmagan, hayajonlanish, ta’sirlanish holatini yaqqol ifodalanmaganligi biron-bir
emotsional holatga tashvishlanish imkoniyatlarini chegaralaydi
1
.
Asosiy vazifa shundaki, aqli zaif bolalarning muloqot qilish xarakteristikasiga ko‘ra
o‘zaro muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha korreksion ish tizimini tashkil
etish lozim. Korreksion psixologiya va pedagogikada muloqot qilish muammolariga
eʻtiborning qaratilishi sababi shuki, anomal rivojlanish jarayonida muloqot o‘ziga xos
rivojlanishga ega bo‘ladi.
L.I.Dargevichene, N.L.Kolominskiylarning tadqiqotlarida maxsus maktablarning
boshlang‘ich va katta sinf o‘quvchilarining o‘zaro shaxsiy munosabatlarining o‘ziga xosligi
o‘rganilgan
2
. Intellektida nuqsoni bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning muloqotidagi
muammolar bo‘yicha yirik tadqiqot o‘tkazganlardan biri bu V.G.Petrovaning (2004) ishlaridir,
u maxsus maktab o‘quvchilarining idrok qilishi va tushunishining o‘ziga xos tomonlarini ochib
bergan.
Aqli zaif o‘quvchilarga aniq ifodalangan asosiy insoniy hissiyotlar tushunarli bo‘lib,
biroq intellektual hissiyotlarini idrok etish bir qancha mushkuldir. J.I.Namazbayevaning
ishlarida ilk bor intellektida nuqsoni bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilarida ishbilarmonlikka oid
muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini eksperimental tasdiqlab berilgan
3
.
L.S.Vigotskiy
4
, A.A.Leontev
5
, V.G.Petrova
6
larning ta’kidlashicha, bola atrofdagi insonlar bilan
qanchalik oson muloqotga kirisha olsa, hayotining keyingi davri, ya’ni o‘quv, ish faoliyati,
taqdiri va hayotda o‘z o‘rnini topishi shunchalik osonroq kechadi. Aynan shu davrda
atrofdagi insonlar bilan muloqot o‘rnatishga qaratilgan, o‘z nutqini to‘g‘ri ifodalashga
bo‘lgan mas’uliyat ko‘nikmalari rivojlana boshlaydi. Shuningdek, qonun-qoidalarga rioya
etish, alohida shaxsiy va guruhli faoliyatlarni tashkil etish, o‘zaro hamkorlik, o‘zaro faoliyatda
muloqot va munosabatning qimmatligini tushunish shakllanib boradi. Aynan shu yoshda
uning hayoti davomida qo‘llaydigan muloqot qilish qoidalari va me’yorlari rivojlanadi. Nutqiy
va ekspressiv muloqot qilish xarakteri bolani hayoti davomida boshqa insonlar bilan mustaqil
muloqot qilishga bo‘lgan darajasini belgilaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
muloqot qilishdagi qiyinchiliklarini aniqlash hamda vaqtida bolalar bilan korreksion ishlarni
olib borish zarur. Boshlang‘ich sinf aqli zaif o‘quvchilarning nutqi hamda muloqot
ko‘nikmalarini shakllantirish, rivojlantirish bo‘yicha umumiy va maxsus psixologik-pedagogik
adabiyotlar tahlili hamda olib borilgan ta’kidlovchi eksperiment natijalari asosida, aqli zaif
o‘quvchilarning lug‘ati va muloqotga kirishish ko‘nikmalarini ta’lim jarayonida
rivojlantirishga qaratilgan o‘yin texnologiyalari ishlab chiqdik
7
. “Texnologiya” yunoncha so‘z
bo‘lib, “teche” – “mahorat”, “san’at” va “logos” – “tushuncha”, “o‘rganish” demakdir.
Texnologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirishdagi usul va vositalar xususidagi
1
Федосеева Е.Г. Формирование коммуникативных умениий у детей старшего дошкольного возраста с
ОНР: Автореф. дис… канд. пед. наук. –
М., 1999. - 18 с.
2
Давлетшин М.Г., Дўстмуҳамедова Ш, Мавлонов М., Тўйчиева С. Ёш даврлари ва педагогик
психология. Т., 2004 й. –
51б.
3
Петрова В.Г. Психология умственно отсталых школьников. – М.: Академия, 2002. - 160 с.
4
Выготский Л.С. Психология развития человека. М.: Изд-во Смысл; Эксмо, 2005. -1136 с.
5
Леонтьев А.А. Психология общения. – М.: Смысл, 1999. -365 с.
6
Петрова В.Г. Развитие речи учащихся вспомогательной школы. - М.: 1997, - 199 с.
7
Мусаева Н.С. Ақли заиф ўқувчиларнинг вербал ва новербал мулоқотга киришиш кўникмаларини
таълим жараёнида ривожлантириш. Автореферат. Т., 2018
.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |