TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
Ta’lim amalga oshirish darajasi bilan bog‘liq ikkinchi guruh masalalariga quyidagi
jihatlar kiritilgan:
- O‘quvchilar matematika va tabiiy fanlarni o‘qitishda qanday imkoniyatlarga ega
bo‘ladi?
- Dunyoning turli mamlakatlarida matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish amaliyotida
qanday asosiy farqlar mavjud?
- Ushbu farqlarni qanday omillar aniqlaydi?
Ta’limni amalga oshirish darajasi bevosita o‘qituvchi tomonidan sinfda olib boriladigan
o‘quv jarayonida rasmiy yo‘naltirilgan hujjatlar: dastur va darsliklar bilan tavsiflanadi, ya’ni
ta’limning rejalashtirilgan darajasi belgilanadi. Biroq bu hatto markazlashtirilgan ta’limni
boshqarish sharoitida ham mos kelmaydi. Buning sababi, ta’lim mazmuni o‘quvchi oldida
jamiyat va ta’lim tizimi tomonidan belgilanadigan shaklda emas, balki o‘qituvchi talqinida
paydo bo‘ladi, bu yerda uning bilimlari, tajribasi, qiziqishlari va boshqalar katta rol o‘ynaydi.
Ta’limni amalga oshirish darajasini o‘rganish quyidagi savollar doirasiga qaratilgan:
“O‘qitishni kim amalga oshiradi?” va “O‘quv jarayoni qanday tashkil etilgan?”. Ta’kidlash
joizki, lokal darajada o‘qitishning tashkiliy tizimiga ko‘plab omillar: maktab va uning atrofi,
o‘quvchilar oilasi va boshqalar katta ta’sir ko‘rsatadi. TIMSS tadqiqotidagi ushbu ta’sir
o‘quvchilar, o‘qituvchilar va maktab ma’muriyati uchun maxsus ishlab chiqilgan anketalar
yordamida aniqlandi.
Ta’limni rejalashtirish va amalga oshirish darajasini taqqoslash yakunida, shuningdek,
ta’lim mazmuni, o‘quvchilar faoliyati va ularning o‘zaro munosabatlari atamalarida
tavsiflangan.
Ta’limning erishilgan darajasini aks ettiruvchi uchinchi guruh savollar quyidagi
ko‘rinishda taqdim etiladi:
- matematika va tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda qanday bilim,
ko‘nikma va munosabatlar shakllantiriladi?
- o‘quvchilarning o‘quv muvaffaqiyatlari bilan o‘quv jarayonida bilimlarni egallash
imkoniyatlari o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?
Ta’limning erishilgan darajasi (o‘quvchilar nimalarni bilib oldilar?) o‘quvchilarning
shaxsiy yutuqlari kontekstida: ularning bilimlari, egallash uchun bo‘lgan harakatlari, darsda
va uyda o‘z o‘quv faoliyatini tashkil etish nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilgan. Erishilgan bilim
darajasining asosiy xususiyatlari nafaqat olingan bilimlarning hajmi, balki o‘quvchilarning
ushbu o‘quv faniga bo‘lgan munosabati, ushbu fan bilan shug‘ullanish istagi, ushbu fan
bo‘yicha taraqqiyotni baholash, kutilganlik darajasi (ushbu o‘quv fanini o‘rganish bilan
bog‘liq istiqbollar) bilan belgilanadi. Ta’limni rejalashtirish va amalga oshirish darajalari
singari, erishilgan darajasi o‘quvchilar tomonidan qabul qilingan o‘quv mazmuni, faoliyati va
munosabatlari bo‘yicha belgilandi.
To‘rtinchi guruhga ta’limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajalari
o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan savollar kiritilgan:
- ta’limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajasi ta’limning ijtimoiy
kontekstiga, o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘qitish natijalari qay darajada bir-biriga bog‘liq
bo‘ladi? kabi savollarga javob beradi.
Ta’limning rejalashtirish, amalga oshirish va erishish darajalari o‘rtasidagi farqlarni
tushuntirish uchun tadqiq qilinayotgan obyekt haqida turli manbalardan ma’lumot olish
21
Do'stlaringiz bilan baham: |