TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2
10. Ota-onalarning o‘qish va matematika fanlariga nisbatan ijobiy munosabatda
bo‘lishi.
Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, bolalarning funksional salohiyatga ega bo‘lishlari
ko‘p jihatdan ularning ota-onalariga hamda oilada shakllantirilgan muhitga bog‘liq ekan.
Barcha ota-onalarni birdaniga maʼlumotli qilish yoki yuksak salohiyatli qilib yetishtirish
– bu qiyin masala. Lekin bugungi kompyuter-axborot texnologiyalari jadal rivojlanib,
imkoniyatlar kengayib, hayotimizning har bir jabhasiga, hatto, oilalarga ham kirib
kelayotganligi bu masalani kompyuter vositalari orqali maʼlum darajada hal qilish imkonini
beradi. Sir emaski, bugungi kunda bolalar, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarning kompyuter
o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishlari haddan ortiq ravishda kuchayib bormoqda. Bu esa ota-onalar
va pedagoglarni jiddiy havotirga solmoqda.
Аlbatta, axborot-kommunikatsion texnologiyalarning jadal surʼatlarda rivojlanishi fan-
texnikaning mislsiz taraqqiyoti, asrimizning buyuk mo‘jizasidir. Uning imkoniyatlaridan aniq
maqsadlarda, meʼyor bilan foydalanish uni ilm o‘chog‘iga aylantirishi va yoshlarni axborot
dunyosiga mos holda munosib tarbiyalash imkonini berishi mumkin. Hozirgi globallashuv
jarayonida hamma ota-onalar ham farzandining taʼlim-tarbiyasi bilan to‘laqonli shug‘ullanish
imkoniyatiga ega emas. Bunday ota-onalarning farzandlariga taʼlim va tarbiya berishlari
uchun sarflaydigan vaqt oralig‘i bola uchun bo‘shliqqa aylanmoqda.
Albatta, bu bo‘shliq kattalar tomonidan turli usullarda to‘ldirilmoqda. Ular orasida eng
ommalashgani hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan mukammal, maqsadli
va reja asosida bo‘lmasa-da, foydalanish.
Xususan, ota-onalar farzandlarini o‘zlari tarbiyalash o‘rniga bu ishni turli xildagi virtual
olam o‘yinlari ixtiyoriga topshirib qo‘ymoqdalar. Masalan: televizor, radio, turli xil
kompyuter yoki mobil qurilma o‘yinlari, multimedia vositalari va shu kabilar. Lekin, bola
nimani ko‘rayotgani, qanday o‘yinni o‘ynayotgani va qanday xulosa chiqarayotgani kattalar
tomonidan eʼtiborsiz qoldirilmoqda. Bo‘shliqni shunchaki to‘ldirish – bu o‘ta masʼuliyatsizlik.
Uni maqsadga yo‘naltirish kerak. Kompyuterning zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta
o‘zlashtirish, bilim olish, aqliy rivojlanish vositasiga aylanishi oiladagi muhitga, ota-
onalarning tanlovi va dunyoqarashiga bog‘liq. Buning uchun farzandlarga kompyuterning
ijobiy va salbiy tomonlarini to‘g‘ri tushuntirish, bolalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil
etish, ularning gadjetlardan foydalanishlarini boshqarish va bir maqsadga yo‘naltirish lozim.
Kompyuter yordamida kerakli maʼlumotlarni egallash, u yoki bu fan asoslarini o‘rganishga
mo‘ljallangan, tafakkurni teranlashtiruvchi, mantiqiy mushohadani rivojlantiruvchi o‘yinlar
o‘ynash, til o‘rganish, rasmlar chizish, turli musobaqalarda ishtirok etish, xullas, vaqtni
unumli o‘tkazish ham mumkin. Muhimi, meʼyor chetlab o‘tilmasa bo‘lgani
1
. Yuqoridagi
maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi tadqiqotlar natijasida mualliflik huquqi asosida
pedagogik maqsad – kichik yoshdagi bolalarning matematik salohiyatini shakllantirish va
rivojlantirishga yo‘naltirilgan
“Ota-ona nazorati” dasturi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, bolalarga dastlabki
matematik bilimlar berishga mo‘ljallangan 20 ta intellektual komyuter o‘yinlari ishlab
chiqilib, “Ota-ona nazorati” dasturiga biriktirilib, yaxlit majmua holatiga keltirildi. Bu
1
M.Badalov, H.Najmiddinova, G‘.Maxmudaliyev. “Quvnoq shakllar” dasturi uchun Oz.R. Intellektual mulk
agentligi guvohnomasi DGU № 04288, T. 10.03.2017.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |