Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
to‘la odam edi. Talabchanligi va haqgo‘yligi bois hamma bilan ham chiqishavermas, lekin 
buni yuzaga chiqarmasdi...
...chiqishish-chiqishmasliklarga ko‘p ham e’tibor bermas, vaqtini, zehnini maqola va 
kitob chiqarishga qaratardi...” Bu – B.Nazarovning M.Qo‘shjonov shaxsiyati va ilmiy 
faoliyatiga berilgan haqqoniy va to‘g‘ri bahosi.
Olim shaxsi va ilmiy-ijodiy merosi, xotiralari bilan tanish kishilar bu bahoga 
qo‘shiladilar, albatta. B.Nazarov maqolaga ilova qilingan “Sabrgul”da olim umrining so‘nggi 
yillarida turli xastaliklar bilan, jumladan ko‘zining xiralashib qolishidan qiynalsa-da, bir zum 
ilmiy faoliyatdan chekinmaganligini, yangi yozilgan asarlarni magnitofon lentasiga yozdirib, 
tinglab turib maqolalar yozganidan xabar berar ekan, shunday deb yozadi: 
“Domla ana shunday - oddiy vaqtni hayotga aylantira oluvchi edi. Matyoqub akani 
taniganlarning ko‘pi u kishining mergan bo‘lganini yaxshi bilishadi. Ha, Matyoqub aka ham 
to‘g‘ri, ham ko‘chma ma’noda mergan edi. Lekin uning merganligi kimnidir, nimanidir yo‘q 
qiluvchi merganlik emas, aksincha, bor qiluvchi – bor qilishga bo‘ysundirilgan merganlik 
edi”
1
. Mana shunday kuyinchaklik bilan yozilgan dil so‘zlarni, olimning sinchilik va yozuvchilik 
mahorati haqidagi fikrlarni U.Normatov, Sh.Xolmirzayev, Q.Yo‘ldoshov, S.Umirovlarning 
maqolalarida ham o‘qiymizki, bu qarashlar kitobxonda munaqqidning ham shaxsiyati, ham 
olimlik salohiyati haqida muayyan tasavvur hosil qiladi. Matyoqub Qo‘shjonovning ilmiy 
ijodini tadqiq etgan ilm ahlining e’tirof etishlaricha, olim tadqiqotlari bilan tanishgan 
kitobxon tahlil jarayonida badiiy asarni yana bir bor o‘qigandek taassurot oladi. Matyoqub 
Qo‘shjonov nazariyotchi olim sifatida syujet va kompozitsiya, konflikt kabi poetik 
unsurlarning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur tadqiq etgan. Binobarin, uning badiiy asarni 
baholashdagi asosiy mezonlari ham ayni shu masalalarga bog‘liq holda davom ettiriladi. 
Odatda, o‘zbek adabiyotshunosligining yirik namoyondalari ilmiy faoliyatiga nazar tashlasak, 
o‘ziga xos mushtarak jihat ko‘zga tashlanadi. Har bir yetuk adabiyotshunoslar o‘zlarining 
tadqiq obyekti qilib birinchi galda atoqli so‘z san’atkorlarini, yozuvchi va shoirlar ijodini 
tanlaganligini ko‘ramiz. Ular ilmiy ijodining bitta qirrasi (asosiy ilmiy faoliyati) shu 
ijodkorlarning poetik olamini ochishga qaratilganligiga guvohi bo‘lamiz. Chunonchi, 
adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov adabiy jarayonda qahhorshunos va 
cho‘lponshunos sifatida tanilgan bo‘lsa, Naim Karim faoliyati Cho‘lpon, H.Olimjon, Zulfiya, 
Oybek, U.Nosir, Mirtemir, Shayxzoda kabi o‘z davrining yetuk ijodkorlari hayoti va ijodini 
o‘rganishga bag‘ishlangan. Umarali Normatov esa qodiriyshunos va qahhorshunos sifatida 
tanilganligini kuzatishimiz mumkin.
Albatta, ushbu olimlarning ilmiy ijodi shu keltirilgan ijodkorlar ijodi bilangina 
cheklanib qolmagan, balki adabiy jarayonda faol ishtirok etib, uning yetakchi 
tendensiyalarini ochuvchi, boshqa zamondosh shoir va adiblarning poetik mahoratini tadqiq 
etuvchi ko‘plab ilmiy kuzatishlarni ham amalga oshirganlar. Chunonchi, O.Sharafiddinov va 
N.Karimovlar she’riyat, U.Normatov esa nasr bilimdoni sifatida e’tirof etilgan. Ayni paytda, 
ta’kidlash joizki, ular ilmiy faoliyatining asosiy yadrosini yuqorida tilga olingan atoqli so‘z 
zargarlari ijodi tashkil etishi, shubhasiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki katta ilmiy salohiyat 
yuksak badiiyat namunalarini taqozo etadi. Shuning uchun ham bu olimlar o‘zlarining ilmiy 
1
Матёқуб Қўшжонов замондошлари хотирасида. –Т., 2012.
255



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish