Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/299
Sana03.06.2022
Hajmi4,96 Mb.
#632497
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   299
Bog'liq
7908 1061 TDPU I A 2-son 2020

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 
 
2020/2
 
tasavvurlar, intuitiv yechim va xulosalar) foydalanishga asoslangan, masala yechimi vositasi 
sifatida qat’iy tushunchaga olib keladigan tushunchalarni shakllantiruvchi yondashuvdir. 
Tushunchalarni shakllantiruvchi faollashtiruvchi yondashuvning asosiy prinsiplarini 
ajratib ko‘rsatamiz: 
Mazmunni tashkil etish asosida aniqlanib, yangi tushunchani o‘zlashtirish zarurati ko‘p 
hollarda motivatsiya asosida yotadi; tushuncha ta’rifi va kiritilayotgan tushuncha mazmunini 
tushuntirish birga olib borilishi lozim, chunki yuqori darajadagi abstrakt tushunchaning o‘ziga 
xosligi shundan iboratki, ta’rifdan uni tashkil etuvchi mazmun mohiyati aniq emas va uni 
aniqlash uchun qo‘shimcha ish talab qilinadi; abstrakt tushunchalarni ongli o‘zlashtirish 
ularni izohlash, talqin qilish orqali amalga oshiriladi (masalan, hosilaning fizik va geometrik 
mazmuni); tushunchalarni shakllantirish jarayonida prinsipial jihatdan yangi simvolni ongli 
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan belgili-simvolik faoliyatni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb 
etadi; yangi tushunchaning qator xossalari analogiyalar metodi, ya’ni “o‘xshash” 
tushunchalar bilan aniqlanadi. “O‘xshash” tushuncha xossalarini faollashtirish va ulardan 
yangi tushunchani ongli o‘zlashtirishda foydalanish – bunday yondashuvning farq qiluvchi 
o‘ziga xosligidir; matematika ta’limi jarayonida modellashtirish amali ilmiy metod sifatida 
qaraladi va o‘quvchilarga oshkor ko‘rinishda taqdim etiladi; o‘quvchilarning izlanishli va 
refleksiv faoliyatini tashkil etishga katta e’tibor qaratiladi, chunki u o‘quvchilarni “passiv” 
tinglovchilardan faol yaratuvchiga o‘tkazish imkoniyatini beradi. Shunday qilib, yuqorida 
keltirilgan fikrlar bizga quyidagicha xulosa chiqarishimizga imkon berdi: matematik 
tushunchalarni shakllantirishdagi faollashtiruvchi yondashuv “Algebra” kursi mazmuniga 
aynan mos keladi. Tushunchalarni shakllantirish jarayonida faollashtiruvchi yondashuvni 
amalga oshirish, bevosita matematik tushunchalar mazmunini ularni shakllantish jarayonida 
ochib berish bilan bog‘liq. 
Yuqori sinf o‘quvchilarida matematik tushunchalarni shakllantirish jarayoni asosiy 
prinsiplarini aniqlab olib, quyida qaralayotgan jarayon bosqichlarini ajratib ko‘rsatamiz. 
Ma’lumki, umumiy holda tushunchalarni shakllantirish jarayonini qaraydigan bo‘lsak, u 
didaktik nuqtayi nazardan quyidagi bosqichlardan iborat: tushunchani o‘zlashtirish bilan 
bog‘liq o‘quvchining hayotiy tajribasini faollashtirish; yangi tushunchani o‘zlashtirish 
motivatsiyasi; ta’rifni kiritish; ta’rifni o‘zlashtirish; kiritilayotgan yangi tushuncha bilan ilgari 
o‘zlashtirilganlar o‘rtasida bog‘lanishni o‘rnatish; o‘rganilayotgan mavzu (yoki nazariya) 
ichida tushunchani tatbiq etish; tushunchani boshqa mavzularda, predmetlarda va 
boshqalarda tatbiq etish. 
Qayd etishimiz joizki, matematik obyektlar yoki munosabatlarning ko‘p holatlarida 
foydalaniladigan tushunchalarni shakllantirish jarayonining umumiy sxemasini keltirdik. 
Yuqori darajadagi abstrakt tushunchalarni shakllantirishdagi faollashtiruvchi yondashuvni
amalga oshirish har bir bosqichda o‘ziga xoslikni ta’minlaydi. O‘zlashtiriladigan tushuncha 
bilan bog‘liq o‘quvchilar bilimini faollashtirish bosqichi – tushunchaga mos keluvchi hayotiy 
tajriba obyektlaridan foydalanib, ilgari o‘rganilgan materialda yangi tushunchaning o‘rnini 
ko‘rsatib beriladi hamda yangi bilimni idrok etish va o‘zlashtirishga nisbatan tafakkurning 
mazmuniy komponentlari faollashtiriladi. Yangi materialni o‘zlashtirishda motivatsiya 
bosqichi keng ma’noda tushunilib, odatda obyektni belgili (sxematik) taqdimoti, atamasi 
bilan tanishishni, mazkur tushuncha hajmiga kiruvchi obyektni aniq-hissiy idrok etish 
132



Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish