Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

SamDU dotsenti A.Azizqulov 
 
 
 
 
194 


ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITETIMIZ HAYOTIDAN 
2016-yil, 2-son 
IQTIDORLI OLIM, FAOL JAMOATCHI VA BILIMDON HUQUQSHUNOS 
So‘z yuritmoqchi bo‘lganimiz ushbu inson - tavalludining 70 bahorini qarshi olayotgan 
Samarqand davlat universiteti fakultetlararo nemis, fransuz va rus tillari kafedrasi professori, 
filologiya fanlari nomzodi Muso Muhammadievich Yo‘ldoshev bizning zamondoshimiz, hamkasbimiz 
va hamkorimiz bo‘ladilar. 
Muso Yo‘ldoshev 1946-yilda Ishtixon (sobiq Mitan) tumanida tavallud topgan. O‘rta maktabni 
tugatgach yosh Muso 1963-yilda Samarqand davlat universiteti chet tillar fakulteti talabalari safidan 
o‘rin oldi. 1968-yilda universitetni a’lo baholar bilan tugatdi. O‘zining tashkilotchilik qobiliyatini 
ko‘rsata olganligi hamda dorilfununni a’lo baholar bilan tugatganligini e’tiborga olib, chet tillar 
fakulteti fransuz va lotin tillari kafedrasiga ishga olib qolindi. 1971–1972-yillarda Ukrainaning Lvov 
davlat universitetida lotin tili bo‘yicha qayta tayyorlash kursini tugatdi. 
Mehnat faoliyati davomida Muso domla 1975-yilda huquqshunoslik fakultetining kechki 
bo‘limiga o‘qishga kirib, uni 1981-yilda muvaffaqiyatli tugatdi. Domla 1980-yilda sobiq SSSR Fanlar 
akademiyasining tilshunoslik institutiga tadqiqotchi sifatida qabul qilinadi va 1986-yilda mashhur 
turkolog olima, professor Ganjieva Ninel Zaynalovna rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya 
qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasining sohibi bo‘ldi. 
Mehnat faoliyati jarayonida o‘zini ko‘rsata olgan Muso Yo‘ldoshev dastlab chet tillar fakulteti 
sport ishlari bo‘yicha dekan muovini, keyinchalik fakultet kasaba tashkilotining raisi etib tayinlandi. 
1986-yildan 2001-yilgacha universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligi lavozimida samarali 
ishladi. 1996-yildan Janubiy Qozog‘iston universiteti rahbariyati tomonidan huquqshunoslik 
fakultetiga lotin tili va Rim huquqidan ma’ruza o‘qish uchun taklif qilindi. Dars o‘tish jarayonida 
fakultet ishchi o‘quv dasturini tayyorlashda uslubiy yordam berganligi va o‘quv qo‘llanmasi yozib 
berganligini e’tiborga olib, professor lavozimiga qabul qilindi va keyinchalik beg‘araz ko‘rsatgan 
ilmiy, uslubiy yordamlari evaziga professor diplomi bilan taqdirlandi. 
2001-yildan boshlab o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan maktab o‘qituvchilari uchun 
ochilgan maxsus sirtqi bo‘lim dekani vazifasiga tayinlandi. 
Shuningdek, Muso Muhammadiyevich viloyat miqyosidagi jamoat ishlarida ham faol qatnashib 
kelmoqda, Oliy Majlisga deputat saylovida okrug raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga 
saylovni o‘tkazishda uchastka komissiyasi a’zosi, Mahalla fuqarolari yig‘ini raisligiga o‘tkazilgan 
saylovlarda huquqshunos maslahatchisi kabi topshiriqlarni bajarib kelmoqda. 
Muso Muhammadiyevich Yo‘ldoshev mehnat faoliyati davomida 120 dan ortiq ilmiy, ilmiy-
uslubiy va ilmiy-ommabop maqolalar chop etdi. Shuningdek, Muso Yo‘ldoshev tomonidan lotin tili 
fanidan chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari talabalar uchun zarur o‘quv adabiyotlari vazifasini 
o‘tamoqda. 
Muso Muhammadiyevich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Xalq ta’limi a’lochisi va O‘zbekiston 
Respublikasi Mustaqilligining 20-yilligi ko‘krak nishonlari hamda universitetda xizmat ko‘rsatgan 
dotsent diplomi bilan taqdirlangan. Hozirgi kunda filologiya fakultetining fakultetlararo nemis, fransuz 
va rus tillari kafedrasi dotsenti lavozimida mehnat qilib kelmoqda. 
Muso Yo‘ldoshev harakatchan, mehnatsevar, to‘g‘ri so‘zli, boshqalarga ko‘maklasha oladigan, 
yurt kezgan, ko‘p tilni biladigan, lotin tili va Rim huquqi mutaxassisi, turkiy tillar genezisining 
tadqiqotchisi, tillarning qiyosiy grammatikasi (Yevropa va turkiy tillar) bo‘yicha respublikamizdagi 
taniqli mutaxassis, mohir tarjimon, adabiyotshunos va tanqidchi, shirin suhbatdosh, eng asosiysi oddiy 
va kamtarin inson. 
Xullas, u kishining ilmiy-ma’rifiy, ta’lim sohasiga oid maqolalari, suhbatlari, tarjimalari, 
mulohazalari, taqrizlarini iqtidorli olim, roman va turkiy tillarning zahmatkash tadqiqotchisi, mohir 
tarjimon, yetuk huquqshunos, filologiya fanlari nomzodi, Janubiy Qozog‘iston va Samarqand davlat 
universiteti professori Muso Muhammadiyevich Yo‘ldoshev ilmiy ijodiy faoliyatining ko‘zgusi, desak 
bo‘ladi. Ushbu ko‘zguda biz yuqorida sanab o‘tgan Muso Yo‘ldoshevning barcha ijobiy fazilatlari va 
xislatlari ko‘rinib turibdi.
Muso Muhammadiyevich oilasi yurtimizdagi ibratli oilalardan biri hisoblanadi. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish