Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

 
Tahririyat 
193 


ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITETIMIZ HAYOTIDAN 
2016-yil, 2-son 
MILLIY MAFKURAMIZ TARG‘IBOTINING METODOLOGIK ASOSI 
 
Mustaqil davlatimizning ravnaqi, kelajakdagi istiqboli ko‘p jihatdan yosh avlodning ilmiy 
ma’naviy salohiyatiga bog‘liqdir. Yoshlarning ma’naviy barkamollik darajasi milliy g‘oya asoslarini 
ularning qalbi va ongiga, shuuriga nechog‘lik singdirilganligi bilan belgilanadi. Shu bois milliy g‘oya 
va mafkurani maxsus fan sifatida o‘rganish, milliy g‘oyani yoshlar ongi va qalbiga singdirishning 
usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish ijtimoiy siyosiy fanlar sohasidagi tadqiqotchi olimlar 
oldida turgan dolzarb vazifadir. Mana shunday dolzarb muammolarga bag‘ishlangan fundamental 
tadqiqotlardan biri, milliy g‘oya va mafkuramizning jonkuyar targ‘ibotchisi, SamDU professori J. 
Yaxshilikov va dotsent N.E. Muhammadiyevlar tomonidan yaratilgan “Milliy g‘oya va mafkura” 
nomli monografiyadir.
Hozirgi murakkab globallashuv jarayonlarida yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda, ularda 
milliy o‘zlikni anglash va iftixor tuyg‘usini shakllantirishdek mas’uliyatli sohada mazkur monografiya 
ilmiy nazariy metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur monografiyada milliy g‘oya va 
mafkuraning fan sifatida vujudga kelishining obyektiv va subyektiv,ichki va tashqi asosiy sabablari, 
qonununiyatlari hamda kategoriyalari, jamiyatda ijtimoiy funksiyalari va vazifalari, ta’lim tizimida 
boshqa ijtimoiy gumanitar fanlar bilan o‘zaro munosabati ilmiy jihatdan batafsil tadqiq etilgan. 
Mualliflar g‘oya va mafkura tushunchalariga berilgan ta’riflardan kelib chiqqan holda, g‘oyalar 
tasnifiga jamiyatdagi ijtimoiy funksiyasiga nisbatan yondashadilar hamda ularning ontologik va 
gneseologik xarakterga ega ekanligini ob’ektiv tarzda asoslab beradilar. Monografiyada shuningdek 
milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy ildizlari tahlil etilar ekan, tadqiqotchilar Markaziy Osiyo 
allomalarining adolatli jamiyat qurish borasidagi falsafiy fikrlariga tayangan holda vorisiylik 
tamoyilidan kelib chiqqan holda ularning bugungi kunda fuqarorlik jamiyatini bunyod etishdagi 
ahamiyatini asoslab beradilar. 
Milliy g‘oya va mafkuramizni targ‘ibot va tashviqoti jarayonlarida mutaxassislar bosh va asosiy 
g‘oyalarning mazmun mohiyatini ochgan holda xalq orasida ish olib borishdan iborat ekanligini 
mualliflar ko‘rsatib berar ekanlar, uni tashkil etish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqqanlar. 
Mualliflar tomonida ishlab chiqilgan bu amaliy tavsiyalar ma’naviy ma’rifiy targ‘ibot jarayonlarida 
mutaxassislar uchun nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimida yoshlar 
ongi va qalbiga milliy g‘oya va mafkurani singdirishning nazariy metodologik asoslari monografiyada 
batafsil yoritib berilgan. Monografiyada kishilarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish 
jarayonida globallashuvchi va universallashtiruvchi omillarini, hamda bugungi dunyoning mafkuraviy 
manzarasini, geosiyosat tushunchasi, geopolitik maqsadlar va mafkuraviy siyosat, mafkuraviy 
profilaktika amalga oshirish chora-tadbirlarini yoritishga qaratilgan. 
Jamiyat barqarorligini taminlashda millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamkorlik, dinlararo 
bag‘rikenglik kabi omillarning ta’siri beqiyos ekanligini obyektiv tarzda asoslab berganlar. 
Monografiyada jamiyat taraqqiyoti yuksalishi doimo tafakkur o‘zgarishini va ma’naviy yangilanib 
borish zaruriyati ekanligini, shu asosda milliy o‘zlikni anglash natijasida barkamol avlod tarbiyalanib 
borishining muhim omili ekanligi yoritib berilgan.Mazkur tadqiqotda milliy g‘oyani rivojlantirishning 
institutsional tizimida g‘oyaviy ta’lim-tarbiya, ma’naviy tarbiya tushunchalari, ularning mazmuni, 
namoyon bo‘lish xususiyatlarini hamda kishilar ongi va qalbiga singdirishda adabiyot, san’at, 
ommaviy axborot vositalari, oila, mahalla, nodavlat-notijorat tashkilotlari, ma’naviy madaniy va 
ma’rifiy muassasalarning o‘rni va ahamiyatini kengnroq yoritishga harakat qilingan. 
Monografiya ravon, tushunarli va sodda tilda yozilgan bo‘lib o‘quvchida mutoala jarayonida 
hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shu bois mazkur monografiya «Ommaviy madaniyat» tahdid 
solib turgan hozirgi murakkab globallashuv sharoitida yoshlarda milliy o‘zlikni anglash va Vatan 
tuyg‘usini shakllantirishda, ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash borasidagi targ‘ibot va 
tashviqot ishlarini olib borishda muhim nazariy va metodologik manba bo‘lib xizmat qiladi.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish