ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITETIMIZ HAYOTIDAN
2016-yil, 2-son
FAXRIYLARIMIZ –IFTIXORIMIZ!
Davlat va huquq tarixi hamda nazariyasi sohasida samarali tadqiqotlar olib borib, uning
natijalarini o‘qish jaroyoniga muvaffaqqiyatli joriy etayotgan huquqiy fanlar kafedrasining professori,
yuridik fanlar doktori
Ziyodulla Muqimov uchun 2015-yil juda samarali bo‘lib, qator respublika va
viloyat tanlovlarining g‘olibi bo‘ldilar.
Professor Ziyodulla Muqimov 1976-yildan shu kunga qadar Samarqand davlat unversitetining
yuridik fakultetida, hozirda esa “Milliy g‘oya, ma’naviyat va huquq ta’limi” yo‘nalishi talabalariga
,,
Davlat va huquq tarixi hamda nazariyasi” fanlaridan mana 45 yildan beri dars berib, ilmiy
tadqiqotlar olib bormoqdalar. Domla o‘qituvchilik faoliyatida shogirdlar chiqarish bilan birga 10 ta
monografiya, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta darslik, 300 dan oshiq ilmiy o‘quv uslubiy ishlar yozib, nashr
yettirdilar, ular respublikamiz ilmiy jamoatchiligi tamonidan ijobiy baholanib, boshqa oliy yuridik
o‘quv yurtlarida ham ta’lim jarayonida qo‘llanilmoqda.
Professor Ziyodulla Muqimov
“Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi” “(Toshkent:
Akademnashr, 2012.) ;
O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi “ (Toshkent: Navro‘z, 2013.) darsliklari
hamda
“Davlat va huquq nazariyasi muammolari” o‘quv qo‘llanmalari bilan Yilning eng yaxshi
darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovlarining 2014, 2015-yillar g‘olibi bo‘lib,
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi, Xalq ta’limi vazirliklari, “Iste’dod”
jamg‘armasining diplomlari va sovrinlariga sazovor bo‘ldilar. Shuningdek, bu yil Oliy ta’lim
tuzilishida ilk bor o‘tkazilgan
“ Oliy ta’lim muassasining eng yahshi pedagogi – 2015” tanlovida
qatnashdilar. Ustoz uning Respublika bosqichida – o‘qish jaroyonini amaliyotga yaqinlashtirish
maqsadida talabalarga mashg‘ulotlar davomida turli yuridik holatlarga oid huquqiy masalalar
(kazuslar) kiritishni joriy qilish va bu borada o‘zlari ishlab chiqqan uslubiy tavsiyalarni, to‘laligcha –
o‘zining pedagogik konsepsiyasini muvaffaqqiyatli himoya qildi. Tanlov komissiyasining qaroriga
ko‘ra,
,,Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog - 2015” nominatsiyasida g‘olib deb topilib, faxriy
diplom va pul mukofati bilan taqdirlandi. 2015-yilning 27-dekabirida esa viloyat hokimligi tomonidan
o‘tkazilgan ,,
Samarqand iftixorlari tanlovida o‘zining ilmiy ishlari, bu boradagi yutuqlari bilan
qatnashib,
,,Ilm-fan fidoiylari” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topilib, viloyat hokimining
tashakkurnomasi hamda mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
Bugungi kunda mohir pedagog va huquqshunos olim, Samarqand davlat universitetida xizmat
ko‘rsatgan professor Ziyodulla Muqimovni ushbu yutuqlar bilan muborakbod etib tabiriklaymiz,
ustozga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, tinchlik va baxt-saodat tilaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: