Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA
 
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son 
tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasanachilikni kengaytirish 
hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etildi. 
Hozirgi kunda, mamlakatda kichik biznes sub’ektlari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, 
shuning natijasida qo‘shimcha yuqori unumli ish joylari yaratish uchun ularni imtiyozli 
moliyalashtirish muammosini hal etish talab qilinadi. Tahlillar natijasida ro‘yxatdan o‘tgan kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik ayrim sub’ektlarida aylanma mablag‘larining yetishmasligi sababli 
faoliyat ko‘rsatmayotganlari aniqlandi. Bu ularning o‘z mablag‘larining yetishmasligi, bank 
kreditlarini jalb qilish uchun ishonarli garovga ega emasliklari bilan izohlanadi [3]. 
Darhaqiqat, respublika iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va eksport salohiyatini oshirish 
maqsadidа kichik biznes subyektlarida mahsulotlarni chuqur qayta ishlashga, xizmat ko‘rsatish 
sohasiga ixtisoslashgan, yuqori ilmga talab, innovatsion texnologiyalarni joriy etadigan korxonalarni 
tashkil etishga ko‘maklashish va ular faoliyatni rivojlantirish samarali yo‘nalishlardandir. 
"Tadbirkorlik" tushunchasi ensiklopedik lug‘atda "tadbirkorlik - (ingl. enterprise) shaxsiy 
daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o‘z nomidan, o‘z 
mulkiy mas’uliyati va javobgarligi shaxsning huquqiy mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. 
Tadbirkor qonun tomonidan taqiqlanmagan barcha xo‘jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, 
sotish-sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog‘ozlar bilan ish olib borish kabilar bilan 
shug‘ullanish mumkin" deb ta`riflangan [4].
O‘zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarи to‘g‘risida"gi 
qonunning 3-moddasiga muvofiq tadbirkorlik deyilganda, tadbirkorlik faoliyati tomonidan qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi asosida 
daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat tushuniladi.
Tadbirkor so‘zining mohiyatini yoritib berishda akademik S. G‘ulomov "tadbirkor – o‘zining 
ma’lum bir miqdordagi moliyaviy mablag‘ini tavvakkal qilgan holda bozorga yangi g‘oya, mahsulot, 
ish va xizmatlar bilan kirib boruvchi ishbilarmon shaxsdir" [5] deb ta`rif beradi. 
Dunyoning rivojlangan davlatlarida KBXTni rivojlantirish tahlilini o‘tkazib, shunday xulosaga 
keldikki, so‘nggi 30-40 yil ichida kichik korxonalarning o‘sish sur’ati tezlashdi, milliy iqtisodiyotda 
KBXTning tutgan o‘rni ortdi. Bunday o‘sishga KBXT muammolariga davlat tomonidan berilgan 
diqqat-e`tibor tufayli erishildi. Rivojlangan davlatlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning muhim 
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 
- soliq yukini yengillashtirish; 
- ruxsat berish tartibini qisqartirish va soddalashtirish;
- ish faoliyatiga noqonuniy aralashishning oldini olish;
- kichik tadbirkorlik subyektlariga bozor iqtisodiyoti subyektlarini kiritishda asos bo‘ladigan 
umumiy mezon ko‘rsatkichlari xodimlar soni, nizom jamg‘armasining miqdori, aktivlar miqdori, 
aylanma mablag‘lar hajmi, foyda, daromad;
- tabiiy monopoliya sohalariga kichik biznes vakillarining kirishi uchun shart-sharoitlar 
yaratish; 
- yuqori likvidli va monopol mahsulotlar sotib olish uchun sharoit yaratish; 
- bo‘sh turgan bino va inshootlardan foydalanish uchun keng imkoniyatlarni yaratish;
- KBXT subyektlariga moliyaviy ko‘mak berish;
- KBXT subyektlari uchun zarur infratuzilmalarni yaratish; 
- monopol mahsulot va xizmatlar xarajatlarini kamaytirish; 
- KBXTni qo‘llab-quvvatlovchi birlashmalar, Kengash va boshqa tashkilotlar faoliyat 
ko‘rsatayotganligi, yirik tashkilot va birlashmalar, aksionerlik jamiyatlari KBXTlardan yordamini 
ayamasligi. 
Rivojlangan mamlakatlarda jamoat tashkilotlari ham KBXTning asosiy himoyachisi bo‘lib 
hisoblashi. 
Rivojlangan davlatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning bugungi 
bosqichida ulkan iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. 
Ravshanki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida yoshlarni ish bilan ta`minlash 
darajasini oshirish uchun ularga kvotalangan munosib ish o‘rinlarining hududiy maqsadli 
jamg‘armalarini tashkil etish maqsadga muvofiq. Bu yangi barpo etilayotgan ish joylarining xalqaro 
andozalarga munosibligini belgilovchi me’yoriy talablarning ishlab chiqilishiga qaratilgan moliyaviy 
manbalarni maqsadli yo‘naltirishga va ularning samaradorlik darajasini oshirishga asos bo‘ladi. 

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish