Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific reports



Download 2,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/264
Sana25.02.2022
Hajmi2,36 Mb.
#265090
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   264
Bog'liq
3K7ruS6lCp ilmiy jurnal 2

ILMIY AXBOROTNOMA
 
IQTISODIYOT
2016-yil, 2-son 
Ishchi kuchi raqobatbardoshligi mehnat bozorining ajralmas qismi sifatida ishchi kuchi talab 
va taklifi asosida vujudga keladi. Ishchi kuchi “mehnatga qobiliyat”ning tovarga aylanishi mehnat 
bozori shakllanishi va rivojlanishining asosiy sharti hisoblanadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasining 
yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishi biz uchun eng muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lgan – aholi 
bandligini ta’minlash, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga 
joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratdi.
2015-yilda mamlakatimizda 980 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil qilingan bo‘lsa, shuning 60 
foizdan ziyodi qishloq joylarda yaratildi” [1]. 
Qishloq mehnat bozorining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi 
muvozanatga erishish uchun o‘zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklarning 
iqtisodiy munosabatlarda bo‘lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi 
shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtayi nazaridan o‘zaro bog‘langan hamda bir-birlariga 
qaram bo‘lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish qishloq mehnat bozorining 
shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud 
emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga 
nisbatan tez o‘sishi.
Iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar hozirgi sharoitda qishloq mehnat 
bozorida ishchi kuchiga talab va uning taklifi yangi harakatini belgilovchi eng muhim iqtisodiy 
shartlardan hisoblanadi. Bular sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratishni 
va mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida sifat o‘zgarishlarini asoslab beradi. Bunday 
sharoitlarda bir tomondan, mehnat bozorining yangi segmentlari agrosanoat majmuasi va ijtimoiy-
ishlab chiqarish infratuzilmasining ko‘p jonli mehnat talab qiladigan tarmoqlari va ishlab chiqarish 
bo‘g‘inlarini qamrab olsa, boshqa tomondan, iqtisodiyotning an’anaviy sektorlarida bozor munosa-
batlarini vujudga keltiradi va rivojlantiradi.
Ishchi kuchi narxining o‘zgarishi ishchi kuchi raqobatbardoshligi shakllanishining muhim 
iqtisodiy sharti hisoblanadi. 
Qishloq mehnat bozorida yollanma xodimning ishga yollanish shart-sharoitlarini aniq bir ish 
joylariga bo‘lgan talabini anglatadi. Ishchi kuchi raqobatbardoshligini ishlab chiqarish yoki xizmat 
ko‘rsatish va mehnatga bog‘liq holda ish joylarining rivojlanish darajasiga qarab aniqlash mumkin. 
Bizning fikrimizcha, qishloq mehnat bozorida raqobat mexanizmini yo‘lga qo‘yish 
samaradorligini oshirish, ishchi kuchining sifat ko‘rsatkichlarini to‘xtovsiz oshirib borish – ishchi 
kuchi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmining asosi bo‘lib hisoblanadi. 
Bizga ma’lumki, ishchi kuchi raqobatbardoshligining yuqori darajada bo‘lishi unga boshqa ish 
beruvchilar yoki yollanma xodimlar tomonidan bo‘ladigan raqobatni ushlab turishga imkon beradi 
yoki yollanma xodim o‘zi uchun yaxshiroq ish joylariga umid qilish imkonini beradi. Ishchi kuchi 
raqobatbardoshligi darajasi yollanma xodimning o‘z ish joyining rivojlanish darajasining yuqori 
darajada bo‘lishini baholash uchun yordam beradi. Raqobatbardoshlik darajasi ishchi kuchining o‘z 
ish joyida chidamliligini, zamon talablariga mos raqobatli tovarlar ishlab chiqarishini yoki xizmat 
ko‘rsatishi ko‘rsatkichidir. 
Bizningcha, ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmi – me’yoriy 
aktlar bilan rasmiylashtirilgan ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy 
qonun-qoidalarning tashkil etilishi va bir me’yorda ishlashi uchun iqtisodiy usullar, instrumentlar, 
dastaklar, shakllar va uslublarning majmuasidir. 
Ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmining strukturasi bir 
muncha murakkabdir. Amaldagi turli xil mehnat munosabatlari uning elementlariga kiradi. 
Shuningdek, ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishga ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, moliyaviy 
mexanizmlar ham ta’sir ko‘rsatadi (1-rasm). 
Rasmga ko‘ra, ishchi kuchi raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmining 
ifodalanishi to‘rtta guruhda berilgan. 
Birinchi guruh ishchi kuchi raqobatbardoshligini shakllantirish uchun ishchi kuchi raqobat-
bardoshligini oshirishga qaratilgan ishchi kuchi qiymatini, malaka va kasbiy tayyorgarligini, 
ma’lumot darajasini, ishchi kuchini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, jismoniy sog‘lom va 
manaviy yetuk, hayotiy tajriba va ko‘nikmalarga sarflangan xarajatlarni o‘z ichiga oladi. 
170



Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish