ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN
2017-yil, 2-son
s
oʻngra Samarqand pedagogika institutida, 1944 yilning sentyabridan OʻzDU (hozirgi SamDU)
rektorligi lavozimidagi serqirra faoliyatida ham hamma-hammaga
oʻrnak boʻlarli koʻpdan koʻp
afzalliklarni k
oʻrardik. Oʻsha kezlarning hamma dolzarb masalalari boʻyicha faoliyatda Muso
M
oʻminovich barchamizga namuna edilar”.
K
oʻp yillar M.Moʻminov bilan ishlab, universitetni qayta tiklanishida jonbozlik koʻrsatgan
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Afanasiy Semenovich Yefimov shunday deydi: “Muso
M
oʻminovich bizning hammamiz uchun ziyoli va madaniyatli kishi namunasi, katta harflar bilan
yoziladigan murabbiy edi”. “Ustoz, mohir pedagog Muso M
oʻminovich Moʻminovning oʻzbek fizika
maktabi asoschilaridan birining ajoyib hayoti
gʻoyat ibratlidir”, deb eslaydi Oʻzbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining akademigi M.S.Saidov.
SamDU yadro fizikasi kafedrasi dosenti G.Axmedovaning M.M
oʻminov haqidagi quyidagicha
s
oʻzlariga ahamiyat bering: “Professor Muso Moʻminovich Moʻminov juda koʻp akademik, professor,
olimlar ustozi, u kishini bilgan qancha-qancha insonlarning ishongan, suyangan d
oʻsti, gʻamxoʻr
maslahatchisi edilar”. Ustozning yana bir iste’dodli shogirdi, bugun
oʻzlari ham ustoz degan sharafli
nomga sazovor inson, professor, fizika-matematika fanlari doktori, Samarqandda magnit hodisalar
fizikasi sohasini rivojlantirgan Obloqul Quvondiqov shunday xotirlaydi: “Men Moskva shahrida
aspiranturada b
oʻlganimda ham domla bilan aloqada boʻlib turganman. U kishi Samarqandda ilmiy
ishlarni rivojlantirishni
oʻylar edilar. Bir xatlarida, “Quvondiqov xatingizni oldim. Siz fizikaviy asbob-
uskunlar bilan ishlashni
oʻrganing va shu qurilmalarni Samarqandga olib kelishni oʻylang. Bizlardan
nima yordam kerak b
oʻlsa bajaramiz”, deganlarini minnatdorchilik bilan eslaydi.
SamDU
Oʻzbekiston tarixi kafedrasining sobiq mudiri, tarix fanlari doktori, professor
M.M.Abramov ko
ʻp yillar birga ishlagan ustozi rektor sifatida tarix fakultetiga tez-tez kelib turishini,
majlis va ilmiy kengashlarda qatnashishini,
Oʻzbekistonning qadimiy tarixini chuqur bilishini,
V.V.Bertels, A.Yu.Yakubovskiy kabi sharqshunos olimlarning asarlarini yaxshi bilishi, hattoki,
universitet fundamental kutubxonasi qoshida Sharq q
oʻlyozmalari fondini tashkil qilishga ham
boshchilik qilganliklari bilan hammani hayratga qoldirishlarini s
oʻzlab berardi.
Muso M
oʻminov rektorlik vaqtida ham qanchalik vazifa va ishlar koʻp boʻlishiga qaramay
universitetga
oʻqishga kirayotgan yoshlarni imtihon baholari bilan qiziqib, ularni bilim darajalari va
istiqbolini sezgan holda tegishli maslahat va amaliy yordam k
oʻrsatgan ekanlar. Har bir yoshning
kelajagiga befarq b
oʻlmagan, barchani oʻzining farzandidek koʻrish baxtiga muyassar boʻlgan inson
b
oʻlgan. Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti hamda Samarqand davlat universitetida
kafedra mudiri b
oʻlib ishlagan dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi A.Raximov aytib yurardi:
1949 - yil qishloqdosh d
oʻsti O.Tursunov bilan SamDU geografiya boʻlimiga kirish imtihonlari
topshirib, matematika va fizika fanlaridan a’lo baho olishganini bilgan universitet rektori, fizik olim
Muso M
oʻminov har ikkalasini chaqirib, yarim soat vaqt ichida oʻylab, agar fizika boʻlimiga oʻqishga
rozi b
oʻlsalar ariza yozib kelishlarini aytgan. Darhaqiqat, tajribali ustozning shogird tanlashda va
yoshlarni kasbga y
oʻnaltirishdagi donishmandliklarini keyingi hayot isbotladi. A.Raximov sobiq Sovet
Ittifoqi FA Fizika instituti aspiranturasida
oʻqib, nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi, doʻsti
O.Tursunov esa Tayloq tumani Jumabozor qishlo
gʻidagi 65-oʻrta maktabda (hozirgi 29-maktab) ishlab
juda k
oʻplab yoshlarni fizika oʻqituvchisi boʻlishga xizmat qildi.
Muso M
oʻminovdagi kamtarlik va insonparvarlik fazilatlari, boylik va hashamatli, koʻz-koʻzga
yashashdan yiroqlik farzandlariga ham batamom
oʻtgan. Katta oʻgʻillari Maqsud Moʻminov uzoq
yillar SamDUda kafedra mudiri, dekan,
oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, ikkinchi oʻgʻillari akademik
Tolib M
oʻminov SamDUda rektor, OʻzMU qoshidagi amaliy fizika institutida direktor, kichik
oʻgʻillari Kamol Moʻminov ham respublika miqyosidagi mas’ul lavozimlarda ishlashlaridan qat’iy
nazar el farzandi sifatida e’zozdalar. Chunki, M
oʻminovlar sulolasining turmush-tarzi, e’tiqodi va
an’anasi, xokisorlik, oddiylik, halollik va eng muhimi, ilm-fan va ma’rifat y
oʻlidagi fidoiylik
hisoblanadi.
Ustozning yorqin xotirasi u kishining farzandlari, shogirdlari va u kishini bilganlar qalbida
abadiy e’zozda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |