Ключевые слова: жизнь, философия, мировозрение, культура, кадр, развитие,
дисциплика, история.
Philosopher academician, founder of the chair of philosophy of Samarkand State University
(Dedicated to the 90th anniversary of the Samarkand State University )
Annotation. The article draws attention to some aspects of the role of the life path of I.M.
Muminov, the features of the formation of his philosophical outlook, as well as his merits in the
training of national cadres as the founder of the department of philosophy of the Samarkand State
University, on the development of national culture and philosophical disciplines in Uzbekistan.
Keywords: life, philosophy, outlook, culture, personnel, development, discipline, history.
Ijtimoiy hayotda shunday insonlar b
oʻladiki, oʻzining faoliyati va amalga oshirgan ishlari,
yaratgan g
ʻoyalari bilan mamlakat ravnaqini ta’minlashda hamda milliy ma’naviyatning yuksalishida
ibrat namunasi sifatida odamlar qalbi va xotirasida uzoq yillar davomida yashaydi va saqlanib qoladi.
Ana shunday tolmas yirik olim va jamoat arbobi Ibrohim M
oʻminov Buxoro viloyati Shofirkon
rayonida Tezguzar qishlo
gʻida 1908 - yil 7 - sentyabrda dehqon oilasida tugʻilgan. Dastlabki
boshlan
gʻich ta’limni 1922-1927 - yillar boshlangʻich maktabda, soʻngra Buxoro Maorif institutida
tahsil olgan. Maorif institutini tugallaganidan s
oʻng Buxorodagi ikki yillik pedagogika kurslarida
jamiyatshunoslik va tarix fanlaridan dars bergan.
Dastlab Buxoroning birinchi navqiron vakillari qatorida 1928 - yili u Samarqandga Oliy
pedagogika institutiga (keyinchalik bu institut pedagogika akademiyasi qilib qayta tuziladi)
oʻqishga
kiradi. 1931 - yili ijtimoiy-iqtisodiy fakultetni a’lo baholar bilan tugatib, shu dargohda
oʻqituvchilik
lavozimida ishga qoladi. Shu yillardan boshlab falsafa ilmiga
gʻoyatda qiziqishi natijasida matbuot
sohalarida Sharq va
Gʻarb falsafa maktablari vakillari falsafiy qarashlariga oid koʻplab maqolalari
e’lon qilina boshlagan. Shu yili eng muhimi Pedagogika akademiyasi bazasida Alisher Navoiy
nomidagi
Oʻzbekiston (hozirgi Samarqand) davlat universiteti tashkil qilinadi. Universitetni tashkil
qilish ishlarida I.M.M
oʻminov faol ishtirok etadi va filologiya, soʻng esa tarix fakulteti dekani va ayni
vaqtda falsafa kafedrasini ham boshqargan. 1941 - yili
Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib falsafa
fanlari Ilmiy darajasini olishga muvaffaq b
oʻlgan, hamda tashkilotchi sifatida jadal respublika oliy
oʻquv yurtlarida falsafa fanini oʻqitishda juda katta tashkiliy ishlarni ham amalga oshirgan.
Universitetimizda dastlab falsafa maktabi 1928-1930 yillarda M.Krasnousov, P.G.Larina,
170
Do'stlaringiz bilan baham: |