ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN
2017-yil, 2-son
ming kishilik q
oʻshinlarini oʻrab olinib, tor-mor qilinishi Temur qoʻshinlarining nihoyatda qudratli
b
oʻlganligini koʻrsatgan, buning oqibatida, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari oʻrtasida Amir Temurning
obr
oʻsi oshib ketib, bu mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar ham rivojlangan.
Darhaqiqat, akademik Ibrohim M
oʻminov ta’kidlaganidek, “Amir Temur tarixda juda katta iz
qoldirdi, Movarounnahrda mustaqil markaziy birlashgan davlat tuzdi, mamlakat ehtiyojlariga javob
berdi. Mulkdor sinflar-yirik zamindorlar, savdogarlar, karvonsaroy egalari hamda ma’lum darajada
umuman aholi talablariga peshvoz chiqib, mamlakatning k
oʻp joylarida qurilishlar qildirdi, kamida
120 yil davomida nisbiy osoyishtalik
oʻrnatdi. Bu shubhasiz, mamlakatda iqtisodiyot, madaniyat, fan,
adabiyot va san’atning
oʻsishida muhim omil boʻldi.Temurning Oʻrta Osiyo tarixidagi xizmati,
bizningcha, ana shulardan iboratdir” [5]. Sobiq ittifoq davrida Ibrohim M
oʻminov tomonidan Amir
Temur faoliyati haqida adolatli, xolisona va ilmiy asosda
oʻz fikrini qoʻrqmasdan, dadil bayon
qilganligi,
oʻziga xos ma’naviy jasorat namunasi deb baholash mumkin.
Darhaqiqat, I.M.M
oʻminovning tashabbusi va amaliy faoliyati bilan respublikamizda ijtimoiy
fanlarga doir bir nechta institutlar tashkil etilgan va
oʻsha davrlarda yagona boʻlgan oylik ilmiy-
nazariy “
Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining paydo boʻlishi ham u kishining sa’i-harakati bilan
amalga oshgan. Bu jurnal 1957 - yildan nashr etila boshlangan, umrining oxiriga qadar jamoatchilik
asosida bosh muharrirlik vazifasini ham bajargan. Jurnalda nashr etiladigan maqolalar doimo
nazoratida b
oʻlib, har bir maqola muhokama etilgan, muhokamadan soʻng dolzarb, muhim deb
hisoblangan maqolalar nashrga tavsiya etilgan.
Taniqli faylasuf olim Naim
Gʻoyibov, “Ibrohim Moʻminovga tabiat gʻoyat ulugʻ fazilatlarni
in’om etgan edi. U kishi yirik faylasuf olim, xalqimiz tarixi va qadriyatlarining chuqur bilimdoni, shu
bilan birga buyuk muallim, ajoyib tar
gʻibotchi, gʻoyat begʻubor va mehribon doʻst, betakror, kamtarin,
dilkash, olijanob inson. Ana shu fazilatlar u kishining doimiy hamrohi, ayni vaqtda bu fazilatlarni
barchsini shogirdlar tarbiyasiga safarbar etar edilar”, [6] - deb tavsiflagan edi.
Darhaqiqat, Ibrohim M
oʻminov shogirdlari bilan yakkama-yakka yoki birvarakayiga suhbatlar
oʻtkazar ekan. Shogirdining axborotini diqqat bilan tinglarkan, mavzuning biror joyida shubha yuzaga
keladigan b
oʻlsa, kerakli toʻgʻri maslahatini berar ekan. Shogirdlarining kamchiliklarini oʻz vaqtida
k
oʻrsatib, u yoki bu masalada yoʻl qoʻyilgan nuqsonlarni toqat bilan tuzatib borarkan. Bu oʻz
navbatida yosh olimga muayyan mavzuni tadqiq etishda qat’iyat va
oʻziga ishonch paydo boʻlishiga
olib kelar ekan.
Xulosa qilib aytganda, akademik I.M.M
oʻminovning taniqli faylasuf olim va jamoat arbobi,
fan tashkilotchisi, Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasi asoschisi, shu bilan birgalikda,
Oʻzbekistonda falsafa ilmiy maktabining asoschisi sifatida bevosita rahbarligida 20 dan ortiq fan
doktorlari, 100 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlangan. I.M.M
oʻminov Samarqand davlat universiteti
falsafa kafedrasi asoschisi sifatida universitet kafedra jamoasi oddiy
oʻqituvchilikdan taniqli faylasuf
akademik darajasiga etganligidan faxrlanadi va
gʻururlanadi.
Darhaqiqat, buyuk allomalar jismonan bu dunyodan
oʻtgan boʻlsalarda, ma’nan asarlari va
gʻoyalari bilan xalqi qalbida abadiy yashaydi va bu yoʻlda akademik Ibrohim Moʻminovning amalga
oshirgan ishlari ibrat namunasi sifatida, yoshlarni barkamol ruhda tarbiyalashda shubhasiz juda katta
ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |