ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 2-son
Lotincha «invus» sohasidan kelib chiquvchi «innovatsiya» tushunchasini yangilikdan foydalanish
natijasida yaratilgan yangi innovatsion faoliyatning pirovard natijasi sifatida tushunish lozim. Bu
mahsulot yoki texnologiya bozorda sotiladi yoki ishlab chiqarish, boshqarish va boshqa faoliyatga
joriy etiladi.
Tadqiqotchilarning fikricha, «Yangilik yaratish» atamasi «yangilik» atamasi bilan ham
yaqindan bo
gʻlangan va koʻpincha bu atamalarni bir xil mazmunda deb qaraydilar. Bu tushunchalarni
birlashtiruvchi asos innovatsiyani (yangilik kiritishni) ikki ma’noda yangilik sifatida (yangi mahsulot,
jarayonlar, xizmatlar) va uni amalga oshirish jarayoni sifatida qaralishidir.
Innovatsiya nazariyasining shakllanishi V.Zambart, V.Mitcherlik va Y.Shumpeterning
asarlarida tadqiq etilgan edi.
Oʻsha davrda innovatsiya tushunchasi «texnika taraqqiyotining amalga
oshiruvchisi» sifatida ilgari surildi. Jumladan, V.Zambart
innovatsion mexanizmlarni
rivojlantiruvchisi bu tadbirkorlar – deya ta’kidlar ekan, tadbirkorlikning eng muhim tavsiflaridan biri
erishilgan natijada t
oʻxtab qolmaslikdadir, ayniqsa gap yangi bilim yoki ishlab chiqarish masalasini
hal etishning yangi texnik qoidasini ishlab chiqarish, ularning yangi mahsulotlar yoki xizmatlar
k
oʻrinishida tarqatilishi haqida borayotgan boʻlsa, -deydi. V.Zambart fikricha, tadbirkor yangilikni
yaratish va tarqatish funksiyalari bilan birga zarur mas’uliyatni ham
oʻz zimmasiga oladi. Ya’ni ular
yangilik yaratuvchi hisoblanadilar [4]. V.Mitcherlix ham ishlab chiqarishning rivojlanish jarayonidagi
oʻrni va vazifalarini tadqiq etishni deyarli shu yoʻnalishda olib borgan. U asosan tadbirkorning texnika
taraqqiyotini amalga oshirishdagi roli va vazifalarini asoslab berishga alohida e’tibor qaratgan.
Innovatsion nazariyaning eng asosiy qoidalari avstriyalik iqtisodchi Y.Shumpeter asarlarida
t
oʻla asoslab berildi deyishimiz mumkin. Mutaxassislarning umumiy fikricha, aynan u bu nazariyaning
shakllanishi va rivojlanishiga eng muhim hissa q
oʻshdi. Olim oʻz konsepsiyasini mashhur «Iqtisodiy
rivojlanish nazariyasi» asarida (1911 - y.) bayon qildi. Ba’zan bu konsepsiya rivojlanishini dinamik
(j
oʻshqin) nazariya sifatida ta’riflanadi, chunki aynan dinamika, doimiy tebranishlar olgʻa
rivojlanishning sababidir. Y.Shumpeterning fikricha, «dinamikali (j
oʻshqin) tadbirkor»
tebranishlarning manbaidir [5].
Keyinchalik innovatsion faoliyatning tendensiyalari va qonuniyatlari, yangiliklar kiritilishi
b
oʻyicha tadqiqotlar 1970-1980 - yillarda Gʻarb iqtisodchilari G.Mensh, D.Mensfild, S.Kuznal,
X.Frimen, Ya.Vadeym, A.Klyaynksext, E.Moyvart va boshqalar tomonidan davom ettirildi.
Innovatsion nazariyaning rivojlanishiga rus tadqiqotchilari ham muhim hissa q
oʻshdi. 1970-
1980 yillarda fandagi tub
oʻzgarishlar natijasida innovatsion rivojlanish muammolarini
L.M.Gatovskiy, Yu.V.Yakovuts, L.S.Baryutin, L.S.Blyaxman, B.Z.Milser, A.M.Prigojin, N.I.Lapin va
boshqalar tadqiq etib fan taraqqiyotiga oid
oʻz gʻoyalarini ilgari surdilar.
Ta’kidlash lozimki, innovatsiya sohasida vujudga kelgan vaziyatni hozirda bir yoqlama
tavsiflash mumkin emas [6]. Bir tomondan, u yangi iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda
innovatsion jarayonlarni infratuzilmaviy ta’minoti masalalari b
oʻlsa, boshqa tomondan esa innovatsion
jarayonlar yuqori faolligini ra
gʻbatlantirish mexanizmining yanada takomillashuv zarurati, tovar ishlab
chiqaruvchilarning innovatsiyalarni qabul qiluvchanlik darajasini oshirishlik, innovatsion mahsulotlar
bozori shakllanishini fangollashuvi lozimligi hamda intellektual mehnat va ishlab chiqarish sohasida
barqarorlikning davlat tomonidan kafolatlari mavjud b
oʻlishi kerakligi bilan xarakterlanadi.
Innovatsion faoliyatning asosini fundamental ilmiy tadqiqotlar tashkil etganligi uchun, aynan
shu sohada ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirish maqsadlarini r
oʻyobga chiqarish uchun shart-
sharoitlar yaratiladi [6]. Fundamental fanning faoliyat sohasi har qanday darajasidagi innovatsion
jarayonlar choralaridan kengroq b
oʻlsa ham uning subyektlari keyingi bosqichlarida harakat qiluvchi
subyektlarga nisbatan qiyinroq kechadi.
Moddiy mahsulotlar sifatida innovatsiyalar (yangiliklar kiritilishi) yangilik (yangi mahsulotlar,
materiallar, jarayonlar, metodlar va h.k.) aynan bir deb qabul qilinadigan, jarayon sifatida esa ular
yangiliklarni ishlab chiqish,
oʻzgartirish, tarqatish va foydalanishga qaratilgan oʻzlashtirish, tarqatish
va foydalanishga qaratilgan
oʻzgarishlar sifatida qaratiladi. Ikkinchi ma’noda yangiliklar yangiliklar
kiritilishi jarayonining (innovatsion jarayonning) natijasi sifatida talqin qilinadi. Ushbu jarayon
vaqtida rivojlanadi, aniq ifodalangan bosqichlarga ega b
oʻladi.
Har bir davlat iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishi jamiyatni intellektual, ma’naviy,
ma’rifiy va ijodiy salohiyatiga bo
gʻliq boʻladi. Bunday salohiyatni asosiy tarkibiy qismi boʻlib, ilm-
fanni rivojlantirish, aholining ta’lim darajasi va sifati hisoblanadi, innovatsion salohiyatning
oʻzi esa
127
Do'stlaringiz bilan baham: |