ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 2-son
Inson kapitalini shakllantiruvchi, modulli ta’lim pedagogik texnologiyalarning zamonaviy turi
b
oʻlib, uning mohiyati oʻzaro chambarchas bogʻliq unsurlardan iborat bir butunlikni ifodalaydi. Ana
shu ma’noda modulli
oʻqitish yaxlit, tugallangan ma’lumot - ta’lim bloki sifatida tushuniladi. Modul
esa
oʻquv materialining mantiqan tugallangan birligi boʻlib, u oʻquv fanining bir yoki bir necha
fundamental tushunchalarini
oʻrganishga qaratilgandir.
Modulli
oʻqitish tizimida oʻquv materialining asosini ilmiylik va fundamentallik tashkil etadi.
Modul tarkibidagi materiallar sistematik bayon etiladi va u nazariy kursni, amaliy qismni, materialni
amaliyotda q
oʻllashni, xatoliklarni tuzatishni, mavzuni chuqurlashtirish va oʻxshash fan va mavzular
bilan bo
gʻlab tushuntirish va oʻrgatish kabilarni qamrab oladi.
Modullashgan texnologiyaning afzalliklaridan biri – ta’lim mazmunini tartibga solishdan
iborat b
oʻlib, bunda mavjud bilim va axborot resurslaridan eng muhim, tayanch va zamonaviy
manbalari qunt bilan tanlab olinishi, ular talaba va
oʻquvchilarning davlat ta’lim standartlari talablari
doirasida bilim va amaliy k
oʻnikmalarga ega boʻlishini ta’minlab beradi. Shu sababli modulli oʻqitish
ta’limning istiqbolli tizimlaridan biri b
oʻlib hisoblanadi. Demak, hozirgi kunda inson kapitali sifatida
tayyorlanayotgan mutaxassis-kadrlarning zamonaviy nazariy va amaliy bilimlarini egallashda modul
tizimi katta ahamiyatga egadir.
Oliy ta’lim muassasalarida
oʻquv jarayonini tashkil qilishda integratsiyalashgan modul tizimi
tayyorlanayotgan mutaxassis-kadrlarda, avvalo puxta amaliy kasbiy k
oʻnikmalarni shakllantirishga
olib keladi, ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalarini bitirgandan s
oʻng mehnat bozorida ularning
raqobatbardoshligini oshiradi, uchinchidan, oliy ta’lim muassalarining bitiruvchilarini ish
oʻrinlari
bilan ta’minlash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu hol Yevropa Ittifoqining ta’lim tuzilmalari va
YuNESKO tomonidan ishlab chiqilgan yagona diplom ilovasi xususidagi Boloniya jarayoni
mezonlariga mos keladi. Boloniya jarayoni oliy ta’limning sifatini yaxshilashni mehnat bozorida
bitiruvchilarning raqobatbardoshligi oshirish bilan birga va nazariy hamda amaliy ta’limni bir-biriga
mujassam etgan holda olib borilishini ifodalaydi. Shu
oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2012 - yil 10 - dekabrdagi «Chet tillarni
oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
t
oʻgʻrisida»gi PQ-1875-son qarori boʻyicha uzluksiz ta’limning dastlabki boʻgʻinlaridan (umumta’lim
maktablarining 1-sinflaridan) boshlab chet tillarni, asosan, ingliz tilini
oʻrganishni yoʻlga qoʻyilishi
yoshlarni jahon intellektual mehnat bozorida yangi imkoniyatlar ochish bilan bir qatorda ularni
mobillik darajalarini keskin oshirmoqda. Shuningdek, OTMlarda texnik va tabiiy fanlarni, xalqaro
mutaxassisliklarni ingliz tillarida mukammal
oʻqitadigan professor-oʻqituvchilar guruhlarining
shakllanishi chet ellardan bizning OTMlarga kelib
oʻqiydigan yoshlar miqdorining keskin oshishiga
ham zamin yaratadi.
Inson kapitalining shakllanishida uzluksiz ta’lim tizimi uchun
oʻquv adabiyotlarining yangi
avlodini yaratish konsepsiyasi asosida k
oʻplab darslik, oʻquv qoʻllanmalar, elektron darsliklar malakali
oʻqituvchilar tomonidan yozildi va muntazam ravishda ta’lim portali «Ziyonet»ga kiritilib bormoqda.
Bu esa ta’lim muassasalarida
oʻquv-uslubiy, ilmiy tadqiqot va amaliyotni samarali tashkil qilish va
oʻquv jarayoniga yangi bilimlarni tezkor kirib kelishiga imkoniyat yaratmoqda.
Chet ellik professorlarni masofaviy
oʻqitish orqali jalb etish esa oʻz navbatida universitet va
institutlarda innovatsion fondlarni tashkil qilishni taqozo etadi. Ma’lumki, k
oʻplab rivojlangan
mamlakatlarda oliy ta’limning innovatsion fondlari shakllantirilgan b
oʻlib, bu fondlarning tarkibiga
ilmiy va texnologik tashkilotlar, universitetlar, institutlar, savdo va ishlab chiqarish tashkilotlari,
firmalar (korxonalar) kiradi. Bu hamkorlikdan maqsad ilmiy, texnologik va biznes sohalarining
oʻzaro
manfaatli harakatini tashkil etishdan iboratdir.
Ma’lumki, taraqqiyotning “
Oʻzbek modeli”da inson kapitalining toʻlaqonli ijtimoiy va
iqtisodiy qadriyat sifatida shakllanishining asosiy xarajatlari byudjet sarflari orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan bir qatorda, inson kapitalining t
oʻlaqonli namoyon boʻlishida, uning mehnat bozorida
barqaror va unumli faoliyat k
oʻrsatishida banklardan olinadigan imtiyozli kreditlar evaziga yangi ish
joylarini yaratish, fuqarolarning moddiy ashyolarga b
oʻlgan ehtiyojini qondirishning innovatsion
usullaridan foydalanish ham o
ʻz ijobiy samarasini beradi.
Oliy ta’lim innovatsion fondlari universitetlarga tanlov asosida moliyaviy mabla
gʻlarni taqdim
etadi. Natijada universitetlar biznes sohasiga texnologiyalarni joriy qilish, markazlashgan marketing
tadqiqotlarini olib borish, korxonalarga ilmiy, amaliy, xuquqiy maslahatlar berish, mustaqil firmalarni
tashkil etish, talabalarda tadbirkorlik k
oʻnikmalarini shakllantirish kabi imkoniyatlarga ega boʻladilar.
124
Do'stlaringiz bilan baham: |