ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 2-son
Jamiyat taraqqiyoti va inson turmushida muhim rol
oʻynagan inson kapitalining ilmiy
nazariyasini taklif qilgan va ommalashtirishdagi xizmatlari uchun amerikalik iqtisodchi olimlar –
Teodor Shuls va Geri Bekkerlar Nobel mukofotini olishga sazovor b
oʻlishgan. Ularning ta’rifiga
k
oʻra: «Inson kapitali – shaxsning oʻzi va umuman, jamiyatning koʻp sonli ehtiyojlarini qondirishga
xizmat qiladigan bilimi, qobiliyati va k
oʻnikmalari yigʻindisidir» [1]. Inson kapitaliga berilgan ushbu
ta’rif vaqt
oʻtishi bilan kengayib, toʻldirilib yanada chuqur ma’nolarni oʻzida mujassamlantirmoqda.
Hozirgi vaqtda inson kapitali fan, texnika va texnologiya umuman, jamiyat taraqqiyotida
muhim rol
oʻynovchi omil sifatida biz inson kapitalining ancha kengroq tavsifini taklif etmoqchimiz.
Bizningcha, «Inson kapitali – ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-falsafiy kategoriya b
oʻlib, bu shaxsning:
-fundamental va amaliy bilimi, tajribasi, k
oʻnikmalari, tabiat va jamiyatdagi voqea, hodisa va
jarayonlarga ilmiy-mantiqiy yondashishi, ularning innovatsion yechimlarini topishdagi professionallik
darajasi; - intellektual mulki, moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish imkoniyatlari, inson va
jamiyat taraqiyotini kafolatlovchi kuch va vositalar majmuining mavjudligi;
- aqliy mehnat va yuksak innovatsion tafakkuri, uning turmush darajasi va kasbiy karyerasining
oshishi, jamiyatdagi mavqei va
oʻrnini belgilovchi omildir» [1].
Ilgari ishchi (xodim), ishlab chiqarishning oddiy vosita, aniqro
gʻi qoʻl mehnati egasi sifatida
oʻz urnini hozirgi intellektual mehnat faoliyati davrida zamonaviy bilim va koʻnikmalar bilan
qurollangan, eng murakkab asbob-uskunalarda ishlash malakasi va tajribasiga ega malakali
mutaxassisga b
oʻshatib bermoqda. Darhaqiqat, zamonaviy texnika va texnologiyalarni, murakkab
biznes amaliyotlarini, yuksak saviyadagi servisni faqat yuqori bilimli, zamonaviy ta’lim-tarbiya
usullari bilan qurollangan malakali kadrlar yordamida muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin
b
oʻladi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda nufuzli sanoat korxonalari yuqori malakali mutaxassis
kadrlarni ijtimoiy va iqtisodiy boyliklarni yaratuvchi «inson kapitali» sifatida qabul qiladilar. Demak,
inson omilining, ya’ni zamonaviy bilim va amaliy k
oʻnikmalarni egallagan mutaxassisning qadr-
qiymati, obr
oʻ-e’tibori kundan kunga oshib bormoqda. Bundan kelib chiqadiki, ta’lim tizimi inson
kapitalini yaratishda asosiy vosita hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ta’lim tizimining mehnat
bozoriga yetkazib beradigan «mahsuloti» - mutaxassis-kadrlarning intellektual salohiyati va amaliy
k
oʻnikmalari inson kapitaliga aylanib bormoqda.
Ma’lumki, mamlakatimizda mustaqillik yillarida yaratilgan uzluksiz ta’lim tizimi «
Oʻzbek
modeli»ning muhim tarkibiy qismi b
oʻlib dunyo hamjamiyati tomonidan yuqori baholangan. Bu tizim
oʻz tarkibiga bir necha bosqichni qamrab olib, oʻsib kelayotgan yosh avlod jami 18 yil davomida
fundamental bilimlarni egallaydi, amaliy va kasbiy k
oʻnikmalarini uzluksiz shakllantiradi. Ana shu
davrda yoshlar inson kapitali sifatida shakllanadi va uzluksiz ta’lim tizimini biridan keyingisiga
oʻtishda u tobora boyib boradi. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim davrida inson kapitali sifatida ilm-fan va
texnologiyalarning tor sohalarini yanada boyitish imkoniyatini beradi.
Inson kapitalini shakllantiruvchi omillar
gʻarb andozasidan farqli taraqqiyotning “Oʻzbek
modeli” so
gʻliqni saqlash va ta’limdan tashqari ilm-fan, oila, mahalla va xususiy biznesni ham
qamrab oladi. Albatta, bu omillarning har biri muhim rol
oʻynasada, bizni hozircha asosan ta’lim,
aniqro
gʻi, uzluksiz ta’lim tizimini inson kapitalining (ba’zi hollarda jamiyat kapitali, jamiyat
salohiyati, innovatsion salohiyat, innovatsion kapital kabi atamalar ham ishlatiladi) shakllanishi va
takomillashuviga ta’siri qiziqtiradi. Shu sababli uzluksiz ta’lim tizimini shakllantiruvchi tarkibiy
b
oʻgʻinlarni qarab chiqsak. Har qanday ta’limning asosini u yoki bu ta’lim muassasasining moddiy-
texnik bazasi, intellektual salohiyati (professor-
oʻqituvchilar), oʻquv-ilmiy adabiyotlar, ilmiy-oʻquv
kutubxonalar, tarixiy madaniy-ilmiy merosi va an’nalari tashkil qiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunar kollejlari yoshlarni iqtisodiyotning real sektorlarida
ishlashlari uchun tegishli kasblarni beradi. Oliy ta’lim diplomi esa mutaxassis kadrlarni yanada
zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash va shuningdek
oʻzlari yaratgan gʻoyalarni amaliyotga
q
oʻllashga asos boʻladi. Bu ikkala boʻgʻinlarda ham yoshlarni ish bilan ta’minlash va yangi ish
joylarini yaratish, hukumatimiz faoliyatlarida ustivor qilib q
oʻyilgan. Bu holat nafaqat inson kapitalini
shakllanishi va rivojlanishiga, shu bilan birga bu kapitaldan bevosita mehnat bozorida foydalanish
orqali
oʻzlarining iqtisodiy va ijtimoiy talablarini qondirishga erishadilar.
E’tirof etish lozimki, yoshlarni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida egallagan
nazariy bilim va amaliy k
oʻnikmalari, kasbiy mahoratlarining jamlanmasi inson kapitalining
shakllanishiga asos b
oʻladi. Shu sababli ta’limning har bir bosqichida oʻqish va izlanishdagi
insonning –
oʻquvchi, talaba va ilmiy xodimning oʻz bilim va koʻnikmasini tez, qulay va asosli
122
Do'stlaringiz bilan baham: |