ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2017-yil, 2-son ravishda shakllantirishi va boyitishi uchun yangi-yangi usul va yondashuvlarni q
oʻllash, ularni
takomillashtirib borish muhimdir. Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon kabi inson kapitali
(intellektual mulk) ham so
gʻlom, begʻaraz raqobat muhitida shakllanadi, takomillashadi va oʻz
qiymatini oshiradi. Bundan tashqari ichki va tashqi mehnat bozoridagi intellektual mulkka b
oʻlgan
ehtiyoj va t
oʻlov darajasi bilan bogʻliq raqobat muhiti tayyorlanayotgan mutaxassislarning sifatini
muntazam oshirib borishni taqozo etadi. Inson kapitalining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi
uning qiymatini belgilovchi asosiy omildir.
Inson kapitalining shakllanishida uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha ta’lim;
oʻrta ta’lim;
oʻrta maxsus ta’lim; oliy ta’lim (bakalavriatura va magistratura); oliy ta’limdan keyingi ta’lim (katta
ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar instituti); kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish b
oʻgʻinlarini roli muhimdir. Inson kapitalini roʻyobga chiqishida quyidagi omillar asosiy rol
oʻynaydi: kadrlarni ish bilan ta’minlash; kadrlarni ragʻbatlantirish; yangi ish joylarini yaratish;
banklardan imtiyozli kreditlar ajratish va h.k.
Inson kapitali ham vaqt
oʻtishi bilan oʻz qadrini yoʻqotishi yoki jamiyatning yangi talablariga
javob beraolmay qolishi shak-shubhasiz. Shuning uchun ham oliy
oʻquv yurtlari professor-
oʻqituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga
muvofiq qayta tayyorlash maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 - yil 12 - iyundagi
«Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagogik kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari t
oʻgʻrisida»gi PF-4732–sonli farmoni qabul qilindi.
Bu farmon OTM
oʻqituvchilarini zamonaviy bilimlarni muntazam egallab borishga, shuningdek,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda, korxona va tashkilotlarni kasodga uchrashi
bilan ish joylaridan ajralib qolgan mutaxassis kadrlarni yangi kasb yoki mutaxassisliklarga tayyorlash
orqali ijtimoiy himoya qilishga qaratilganligi bilan ham e’tiborlidir.
Inson kapitalining shakllanishi va rivojlanishida uzluksiz ta’lim tizimida tahsil olayotgan
iqtidorli yoshlarni moddiy va ma’naviy q
oʻllab-quvvatlashni davlat siyosati darajasiga koʻtarilishi ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 - yil
5 fevraldagi «
Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-555-
sonli farmoni,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 - yil 13 - oktyabrdagi
«
Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida»gi 226-sonli qarori,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 - yil 6 - fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasida
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan q
oʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi
PQ-2124-sonli qarori,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 - yil 10 - iyundagi PF-2326 sonli
farmoni bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotining ta’sis etilishi,
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining «Iste’dod» jam
gʻarmasi va «Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati»ning tashkil qilinishi bu
sohadagi ishlarni tizimli y
oʻlga qoʻyilganligidan dalolat beradi.
Oliy ta’limning innovatsion iqtisodiyot tizimi bilan integratsiyasi mexanizmlaridan biri bu
ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasidir. Bu integratsiya iqtisodiyotning real sohalaridagi
zamonaviy moddiy-texnik baza, xodimlarning malaka va tajribalaridan unumli foydalanish tufayli
ta’lim sifati va samaradorligi oshishiga bevosita ta’sir k
oʻrsatadi. Ta’lim, fan va ishlab chiqarish
integratsiyasining takomillashuvida OTMlarda tashkil qilingan
oʻquv-ilmiy kompleks(markaz)lar ham
muhim b
oʻgʻin sifatida ijobiy natijalarni bermoqda. Bu integratsiyaning pirovard maqsadi innovatsion
- raqobat jarayonini (muhitini) yaratish orqali intellektual mulkni tijoratlashuvi va import
oʻrnini
t
oʻldiruvchi fan sigʻimi yuqori boʻlgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishdir.
Mamlakatimiz oliy
oʻquv yurtlarida shakllangan yuqori ilmiy salohiyat yaratgan ilmiy
ishlanmalar, yangi texnologiyalarni iqtisodiyotning real sektorlarida q
oʻllash orqali intellektual
mahsulotlar (tovarlar) ishlab chiqarishda 2008 - yildan buyon muntazam
oʻtkazib kelayotgan
Respublika ilmiy ishlanmalar, texnologiyalar yarmarkasining
oʻrnini ham alohida qayd etish lozim. Bu
yarmarkalar ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taminlash bilan bir qatorda chetdan
valyutalarga olib kelayotgan mahsulotlarni
oʻrnini qoplovchi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishi
bilan ham ahamiyatlidir. Inson kapitalining shakllanishi va rivojlanib amaliyotga k
oʻchirishda keyingi
yillarda oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich joriy etilayotgan ta’limning modul tizimi ham ta’lim
sifati va samaradorligiga sezilarli hissa q
oʻshmoqda. Bu tizim ayni paytda oliy va oʻrta maxsus ta’lim
muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis-kadrlarning bilim va k
oʻnikmalari saviyasini tobora
oshirishga qaratilgan muhim omildir.
123