Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
FALSAFA 
      
 
      2017-yil, 2-son 
mavjud sharoitlar va vaziyatga moslashtirish bilan emas, balki istiqbol uchun kurashga,  faollikka  
safarbar etish zarurdir.  
Yosh avlodning ekologik madaniyatini shakllantirish uning axloqiy hamda estetik tarbiyasi 
bilan bo
gʻliq. Zero axloqiy va estetik tarbiya insonning shaxs boʻlib  yetishuvini ta’minlaydigan 
uzluksiz jarayonlardan biridir.. Yaxshi fazilat nafaqat shaxs, balki jamiyatning boyligi, umuminsoniy 
ma’noga ega. Ijobiy fazilatga ega b
oʻlgan kishilar tabiat goʻzalligiga  oʻz hissalarini qoʻshadilar, 
ekologik bilimlarning rivojlanishini tezlashtiradi. Inson bolasi ham bu yoru
gʻ  olamga  shunchaki 
kelmaydi. Faylasuf olim Erkin Yusupovning fikricha: “Axloq borasida  tubanlashish oson, lekin 
yuksalish qiyin, axloqiy b
oʻhronga qarshi kurashishdan koʻra uning oldini olish oson. Qayta oyoqqa 
turish qiyinligini anglagan kishi yiqilmaslikka harakat qiladi”. [3] 
Inson bu yoru
gʻ  olamga  shunchaki kelmaydi. Hazrat Navoiy ta’biri bilan aytganda, inson 
olamga kamolotga erishish uchun  keladi. Shunday ekan komillikka tomon y
oʻnalish  bevosita 
ma’naviylik tomon borish demakdir. Shu 
oʻrinda “komillik” tushunchasiga toʻxtab oʻtishni maqsadga 
muvofiq, deb bilamiz.  
Ma’lumki, “komillik” tushunchasining xilma – xil talqinlari bor. Diniy  ta’limotlarda komillik 
timsoli sifatida Haq  nazarda tutiladi. Insonning kamolotga erishuvi Haqqa talpinishidir. “Hujjatul 
Islom” Imom Abu Homid al-
Gʻazzoliy  «Kimyoi saodat» asarida  yozadilar:  «Inson farishta  va 
hayvon orasidagi maxluqdir. Hayvon rivojlanmaydi, chunki uning kamolot quvvati y
oʻq. Farishta ham 
rivojlanmaydi, chunki uning 
oʻzi pok ilohiy nurdan iborat, faqat insonlardagina rivojlanish, ruhiy 
kamolot hislati mavjud».[4]   Demak insonni tarbiyalash, moddiy - hayvoniy  hirslarni  barham ettirib, 
ilohiy  –  rahmoniy sifatlarini k
oʻpaytirish mumkin.  Komil  inson  - jamiki insonlarning haqiqatidir,  
ya’ni odamiylar  odamiysidir.  Najmiddin Komilov aytganidek, “Komil inson  -  bir ideal, barcha 
dunyoviy va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhi Mutloq ruhga tutash,  fayz-u karomatdan serob, surat-u 
siyrati saranjom, qalbi ezgu tuy
gʻularga limmo–lim pokiza zot”. [5]   
Komillikning har bir davrga xos ijtimoiy mezonlari mavjud. Buning boisi shuki, odamzod aqliy,  
axloqiy va estetik, ruhiy va jismoniy  iqtidori, iste’dodi, salohiyati  jihatidan  bir–biridan farqlanadi. 
Darhaqiqat  bir–biridan farqlanuvchi insonlarni  axloqiy-estetik tarbiya orqali  komillikka yetkazish 
mumkin.  
Aziziddin Nasafiy komil insonga ta’rif berib yozadi: “Bilgilki, komil inson deb shariat va tariqat 
va haqiqatda yetuk b
oʻlgan odamga aytadilar va  agar bu  iborani  tushunmasang, boshqa ibora bilan 
aytayin: bilgilki komil inson shunday insondirkim,  unda quyidagi t
oʻrt narsa kamolga etgan boʻlsin: 
yaxshi s
oʻz, yaxshi fe’l, yaxshi axloq va maorif”.[6] 
Aziziddin Nasafiy kamolotning belgisi sifatida ikki narsani asos qilib olgan. Buning biri  –  
axloq b
oʻlsa,  ikkinchisi –  oʻz  -  oʻzini tanish. Shu ikki  asosning bor yoki  yoʻqligiga qarab u  
odamlarni  uch toifaga ajratgan.  
Birinchi qism odamlar - aslida  axloqiy xislatlar  bilan bezanmagan va 
oʻz – oʻzini tanimagan 
odamlar. Ikkinchilari -aslida  axloqiy hislatlar  bilan bezangan, ammo 
oʻz – oʻzini tanimagan odamlar. 
Uchinchi toifa odamlar - aslida  axloqiy xislatlar  bilan bezangan va 
oʻz – oʻzini tanigan odamlar. 
 Shu tariqa, komil insonning 
oʻziga xos  axloq qoidasi ishlab chiqilgan boʻlib,  bu sifatlarga  ega 
b
oʻlish har bir odamni tabiatga axloqiy munosabatda boʻlishi deb qarash mumkin. Yana shuni 
ta’kidlash lozimki,  
oʻrta asrlardagi yaxshi axloq, komil inson haqidagi tushunchalar nisbiy  xarakterga 
ega. Ammo masala qanday q
oʻyilishidan qat’iy nazar, ekologik, axloqiy-estetik bilimlarga ega boʻlgan 
inson haqidagi 
gʻoyalar katta ijtimoiy-axloqiy  ahamiyatga ega boʻladi. 
Inson t
oʻgʻri tarbiya topmasa, uning xatti–harakatlari  tabiatga zarar keltiradi. Hazrat Mirzo 
Abdulqodir Bedil ta’kidlaganlaridek, “Agar me’mor  dastlaki 
gʻishtni toʻgʻri qoʻymasa, devor 
yulduzlarga etsa ham qiyshiq b
oʻlib qolaveradi”. Bundan koʻrinib turibdiki, tabiatda yuzaga 
kelayotgan barcha muammolar yechimi  ma’naviy–axloqiy jihatdan  yetuk kishilarning fidokorona
halol mehnati, hamkorligi, iymon–e’tiqodi asosida r
oʻyobga chiqadi.  
Ekologik, axloqiy va estetik tarbiyani shakllantiradigan, mustahkamlaydigan va 
uy
gʻunlashtiradigan bir qator vositalar mavjud. Ular tabiatni axloqiy va estetik tarbiyaviy asoslari 
bilan uzviy bo
gʻlangan holda ijodiy yondashuv asosida qaror topadi.    
Ekologik, axloqiy va estetik tarbiya vositalarining bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari b
oʻlsa, 
yana bir qismi zamonaviy vositalardir. Odatda har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, 
maktabgacha b
oʻlgan ekologik axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an’anaviy tarbiya 
54 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish