Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA                          UNIVERSITET HAYOTIDAN



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA                          UNIVERSITET HAYOTIDAN   
 
2017-yil, 2-son 
Muso M
oʻminov universitetda oʻquv jarayonini yaxshilash, ma’ruza va laboratoriya 
mash
gʻulotlarini yuqori darajada oʻtkazish uchun barcha sohalarda zamonasining eng ilgʻor kishilarini 
jalb qildi: S.Ayniy, U.Tursunov, N.Romanov, I.Kukles, B.Baskov, A.Tekuchev, P.Faktorovich, 
R.Mallin, Ya.Zundelovich, R.Ibadullin, V.Yezdakov shular jumlasiga kiradi.  
1952  -  yilda professor M.M
oʻminov “Umumiy fizika” kafedrasida “Radioaktiv izotoplar 
fizikasi” b
oʻyicha maxsus kurs tashkil qildi, shu kurs boʻyicha ma’ruzalar oʻqidi va ilmiy laboratoriya 
tashkil etdi hamda 1956 - yildan boshlab radioaktiv izotoplar fizikasi b
oʻyicha mutaxassislar tayyorlab 
bera boshladi.   
 M.M
oʻminov ilmiy ishlar saviyasini koʻtarish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishlarini 
y
oʻlga qoʻyish maqsadida OʻzFA Yadro fizikasi va Fizika- texnika institutlari, Leningrad va Moskva 
Davlat universitetlari, Dubna shahridagi Birlashgan Yadro Tadqiqotlari instituti (Rossiya) va boshqa 
bir qator ilmiy markazlar bilan hamkorlikni  y
oʻlga qoʻydi. Bu aloqalar respublikamizda  fizika, 
xususan yadro fizikasi fani va ta’limining rivojlanishiga, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlanishiga 
katta yordam berdi. Tez orada bir qator fan doktorlari va nomzodlari yetishib chiqdi, ilmiy-tadqiqot 
ishlarini yangi  y
oʻnalishlari universitetga kirib kela boshladi. Oʻzbekistonda birinchilardan  “Atrof-
muhit namunalarining radioaktivligini 
oʻrganish” ilmiy yoʻnalishini tadqiq etish yoʻlga qoʻyildi. 
Radioaktiv gamma nurlanishlarning moddalar bilan ta’sirlashuvi jarayonidagi yangi qonuniyatlar 
oʻrnatildi, radioaktiv nurlanishlarning oʻsimliklar va hayvonlarga ta’siri, radioaktiv elementlarning 
atrof-muhitda tarqalishi, gamma-nurlarning murakkab moddalarda (suvda, NaCl, BaCl eritmalarida, 
pishiq 
gʻishtda, junda, paxtada) yutilishi tajribalar asosida oʻrganildi. Jumladan, 1958 yilda chigitni 
nurlantirib ekish natijasida hosildorlikni gektariga 6-8% ga oshishi, hosilning erta pishishiga  erishish 
mumkinligi tajribalarda k
oʻrsatildi, kasalliklarga chidamli navlarni yaratish imkoniyatlari taklif 
qilindi. Bu tadqiqotlar radioaktiv izotoplardan xalq x
oʻjaligiga foydalanish koʻlamining kengayishiga 
olib keldi. Bu amaliy tadqiqotlarning natijalari 
Oʻzbekiston va Tojikiston FA nufuzli jurnallarida, 
jumladan, keng jamoatchilikka m
oʻljallangan “Fan va turmush” va “Priroda” hamda bevosita ilmiy 
xodim va mutaxassislarga y
oʻnaltirilgan “Xlopkovodstvo” va “Radiobiologiya” ilmiy jurnallarida ham 
yoritilgan. Bu tadqiqotlarning qishloq x
oʻjaligi sohasiga oidlari biologiya fakulteti olimlari J.Qobilov, 
A.Aleksanyan, F.Ismailov bilan hamkorlikda 
oʻtkazilganligini e’tirof etmoq lozim. 
Muso M
oʻminov oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun oʻzbek tilida 10 ga yaqin darslik va oʻquv-
q
oʻllanmalarning (“Molekulyar fizika”, “Fizik tajribalar natijalari xatolari haqida”, “Fizikadan 
laboratoriya ishlari uchun q
oʻllanma”, 1-2 qismlar) muallifidir. 
Zaxmatkash ustoz ish faoliyati  davomida jamoat ishlarida ham faol qatnashib keldi. Bir necha 
marta shahar  partiya q
oʻmitasi a’zoligiga Samarqand shahar kengashi deputatligiga, viloyat va 
respublika kasaba uyushmalari q
oʻmitalari Plenumlari a’zoligiga saylandi.   
Professor Muso M
oʻminovning xalq baxti saodati, Vatan ravnaqi yoʻlida qilgan ulkan 
xizmatlari xalq va hukumat tomonidan munosib baholandi, hukumatimizning qator orden va medallari 
bilan taqdirlandi. Ustoz boshlab bergan ilmiy-tadqiqot ishlari, 
gʻoyalari keyinchalik munosib 
farzandlari  –  professor Maqsud M
oʻminov, akademik Tolib Moʻminov, professor Kamol Moʻminov 
va k
oʻp sondagi shogirdlari tomonidan davom ettirildi, yadro  fizikasi sohasidagi zamonaviy 
qurilmalarda nozik va murakab eksperimentlar natijasida yangi qonuniyatlar ochildi, kashfiyotlar 
qilindi. 
Muso M
oʻminovning oʻziga xos oliyjanobligi va serqirraligi kishilarni xuddi magnitdek oʻziga 
tortar edi. U kishi olim va murabbiy, rahbar  sifatida xodimlarga chinakam 
gʻamxoʻrligi bilan, 
kekkayish, kibr-u  havo, mansabparastlik, xudbinlik, maqtanchoqlikdan uzoq yurishi bilan 
boshqalardan tubdan farq qilar edi.  
Ustozning murabbiylik, insoniylik xislatlarini yanada teranroq tasavvur etish uchun shogirdlari, 
hamkasblarining ba’zi xotiralarini keltirish joizdir. 
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan 
fan arbobi, professor V.Abdullayev xotirlaydi: “1936 - yilda biz Muso M
oʻminov bilan birga Buxoro 
davlat pedagogika institutida xizmatda edik. Muso aka institutning ham 
oʻquv, ham ilmiy ishlarini 
boshqarar, men b
oʻlsam  oʻzbek adabiyoti kafedrasida mudir edim. Muso Moʻminov butun umri 
davomida yangilik izlar, ularni 
oʻquv dasturlariga singdirib, tayyorlaydigan kadrlarimizning har 
tomonlama yetuk, baquvvat b
oʻlib kamol topishlarini oʻylardi. Bu borada Samarqandda ham shohid 
b
oʻlganim 1938 -  yilning sentyabridan 1944 -  yilning avgustigacha, avvalo, oʻqituvchilar instituti, 
168 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish