Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
      TARIX 
     
 
           2017-yil, 2-son 
Gʻurakning arablarga qarshi kurashmaganligini Devashtich xoinlik deb hisoblagan. Mugʻ togʻi A-19 
hujjatida 
’’γw’’n’k  –  “gunohkor, xoin” soʻzining Devashtich tomonidan Gʻurakka nisbatan 
ishlatilganligi buni isbotlaydi [39]. Bundan tashqari, Nasaf hukmdorligini 734 –  737 yillarda 
boshqargan al-Ashkand Su
gʻd hukmdori Gʻurak bilan ittifoqchi boʻlgan [40]. Yuqoridagi ma’lumotlar 
esa konfederatsiya hukmdorlarining ittifoqqa birlashishlari zamirida tashqi dushman hujumini 
qaytarish sharti b
oʻlganligidan dalolat beradi. 
Oltinchi asos esa konfederatsiya subyektlarining mustaqil iqtisodiy siyosati bilan bo
gʻliq. 
Ma’lumki, ilk 
oʻrta asrlarda Sugʻd Samarqand (markaz), Panch (Panjikent), Kesh (Shahrisabz), 
Naxshab (Qarshi) kabi nisbatan yirik va Kushoniya (Kattaqur
gʻon), Maymurgʻ‚ Kabudon, Fay kabi 
kichik hukmdorliklardan tashkil topgan edi. Su
gʻd konfederatsiyasining a’zolaridan Samarqand, Kesh, 
Naxshab, Panch, Kushoniyada tanga zarbi b
oʻlganligini isbotlovchi numizmatik manbalar mavjud.  
Su
gʻd konfederatsiyasi ixshidlari tomonidan VII asr ikkinchi yarmidan to VIII asr oʻrtalarigacha 
zarb qildirilgan xitoy taqlidi tangalarida su
gʻdiy yozuvda šyšpyr  –  Shishpir (640-yy.)‚  βrγwm’n  – 
Avarxuman (650-yy.)‚ twk’sp’
δ’k – Tukaspadak (690-yy.)‚ trγwn – Tarxun (700-710)‚ ’wγrk – Gʻurak 
(710-738)‚ twr
γ’r – Turgʻar (738-750) kabi hukmdorlari ismi [41] ‚ Keshda zarb qilingan tangalarning 
bir qanchasida su
gʻdiy yozuvli kšy’n’k γwβ ’’xwrp’t Kesh hukmdori Axurpat jumlasi [42], ot tasviri 
va yozuv (
βγyγwβ– “ilohiy hukmdor”)‚ ikkinchi tomonida esa shaklli tam
gʻa va uning ustida yozuv 
oʻrin olgan Naxshab tangalari [43], sugʻdiy yozuvda pncyMR’Ycm’wky’n–  “Panch hukmdori 
Chamaukyon” jumlalari 
oʻrin olgan va tanganing orqa tomonida esa  ‚  tamgʻalar mavjud Panch 
tangalari  [44]  konfederatsiya hukmdorliklarining 
oʻz  tanga zarbiga ega ekanligini koʻrsatadi. Hatto 
Kushoniya hukmdorligining kichik mulki hisoblangan Samitonda ham tanga zarb qilinganligi 
numizmatik materiallar asosida oydinlashadi [45]. Shuningdek, Markaziy Osiyoning Choch, 
Ustrushona, Far
gʻona, Toxariston, Xorazm, Buxoro (Gʻarbiy Sugʻd) kabi konfederativ davlat 
uyushmalarining ham alohida mustaqil tanga zarbi b
oʻlganligi ma’lum [46].  
Yettinchidan, federativ tuzulishdagi davlat yagona markazdan boshqarish qoidalariga ega 
b
oʻlib, konfederatsiyada esa muvofiqlashtirish mavjuddir. Lekin bu holat konfederatsiya a’zolarining 
ixtiyoriy tan olishi orqali amalga oshiriladi. Xususan, qadimdan Samarqand hukmdorlari 
konfederatsiya markaziy hokimiyatini boshqarishgan b
oʻlsa, Kesh kuchaygan vaqt uning hukmdorlari 
markazlik maqomi uchun da’vo qilishgan [47]. Shu bilan bir qatorda Panch hukmdorlari ham 
oʻz 
davrida konfederatsiya markaziy hokimiyati taxti uchun kurash olib borishgan [48].  Bu haqda Mu
gʻ 
to
gʻi sugʻdiy hujjalarida keltirilgan “Sugʻd podshosi, Samarqand hukmdori Devashtichdan” deb 
boshlanuvchi maktublar ham muhim manba b
oʻla oladi [49].  
Su
gʻd hukmdorliklarining konfederativ asosda boshqarilganligini koʻrsatuvchi asoslardan 
keyingisi ularning mustaqil tashqi siyosat olib borganliklari b
oʻlib  [50], bu haqda manbalarda 
ma’lumotlar saqlanib qolgan. Xususan, 437 yilda Samarqanddan, 642 - yilda Keshdan Xitoyga elchilar 
yuborilgan [51]. Arablar bosqini davrida 
Gʻurakning Xitoyga yuborgan elchiligi (719 - y.) [52], ayni 
shu davrda (719-721) Devashtichning Far
gʻona,  Choch, Turk xoqonligi bilan tashqi aloqalar olib 
borgan [53]. 
Su
gʻdda konfederativ boshqaruv uchun asos boʻlgan omillar tahlili bilan birga mazkur 
konfederatsiyaning xronologik chegarasini ham aniqlash muhim masaladir. Tanga zarbi nafaqat 
Su
gʻdda konfederatsiyasining vujudga kelishiga sabab boʻlgan muhim omillardan hisoblanadi, balki 
tangalar asosida konfederatsiyaning mavjud b
oʻlgan xronologik chegarasini ham aniqlash bir muncha 
ishonchli.  
Mil. av. II asrga kelib Yunon-Baqtriya davlatidagi boshboshdoqliklar va tashqi kuchlar hujumi 
(mil. av. 175-145) natijasida davlatning parchalanishi kuchaydi. Ayni mana shu davrda Su
gʻd Yunon-
Baqtriya davlatidan ajralib chiqadi. Lekin bu davrda hali su
gʻdiy hukmdorlar Yunon-Baqtriya hukm-
dorlariga (asosan Yevtidem, Girkod) taqlidan yunon yozuvidagi tangalar zarb qilishgan [54]. 
Faqatgina asrimizning boshlariga kelib Su
gʻdda zarb etilgan tangalardagi yunon yozuvining oʻrnini 
su
gʻdiy yozuv egallagan [55]. Ana shu asosda Sugʻdning oʻz nomidan mustaqil sugʻdiy tangalar zarb 
qila boshlagan milodiy Iasrdan boshlab, to konfederatsiya hukmdorlarining 
oʻrnini arablar tomonidan 
tayinlangan noiblar egallagan davrigacha, ya’ni, milodiy  VIII  asrning ikkinchi yarmigacha b
oʻlgan 
davrni Su
gʻd konfederatsiyasining xronologik chegarasi deb shartli ravishda belgilash mumkin. 
Xullas, Markaziy Osiyo tarixida muhim 
oʻrin egallagan Sugʻd tarixiy-madaniy oʻlkasi oʻzining 
geografik joylashuv, iqtisodiy salohiyatiga tayangan holda uni b
oʻysundirishga harakat qilgan 
10
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish