Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/301
Sana21.07.2021
Hajmi2,42 Mb.
#125429
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   301
Bog'liq
Le5R6spIug ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
   
      TARIX 
     
 
           2017-yil, 2-son 
asosan qarindoshlik rishtalari bo
gʻlab turganligi koʻrsatadi. Sugʻdda konfederatsiyaga birlashishning 
bosh sharti bu qarindoshlikni k
oʻrsatish maqsadida ajdodlar ruhiga qurbonlik keltirish hisoblangan.    
Ikkinchidan, konfederatsiya hududining doimo bir xil turmaganligi borasidagi fikrlar ham Su
gʻd 
misolida k
oʻzga yaqqol tashlanadi. Xitoy yilnomalarida keltirilganidek, Sugʻd konfederatsiyasi dastlab 
markaz Samarqand va uning atrofi hududlarini birlashtirgan b
oʻlsa, keyinchalik uning tarkibi Kesh, 
Panch va Fay kabi ma’muriy birliklar bilan yanada kuchaygan. Arab tarixchi-sayyohlarining Su
gʻd 
hududlari t
oʻgʻrisida keltirgan ma’lumotlarining turli tumanligi ham mazkur konfederatsiyaning 
ba’zan kengayganligidan va ba’zan torayganligidandir [21]. Arab tarixchi-sayyohlaridan farqli 
ravishda xitoy yilnomalarida Su
gʻdning markazi boʻlgan Kan (Samarqand)ga boʻysinuvchi hududlar 
qatoriga  Mu  (Marv?)  Unaxe  (Chorj
oʻy)ni ham kiritishganligi tadqiqotlar keltiriladi [22]. Bundan 
tashqari, Su
gʻd konfederatsiyasining teng a’zolaridan biri boʻlgan Panchning aksariyat manbalarda 
keltirilmaganligi [23] ham s
oʻzsiz Sugʻd konfederatsiyasi subyektlarining markazga nisbatan bir 
xildagi turmaganligi bilan bo
gʻliq. Bundan tashqari, 712 yil Sugʻd markazi Samarqand arablar 
tomonidan egallanganidan s
oʻng, oʻrtada tuzilgan shartnomaga muvofiq, konfederatsiya chegaralariga 
Kesh va Naxshab ham kiritilganligi qayd etilgan [24]. Ushbu holatda ham Su
gʻd konfederatsiyasi oʻz 
mavjudligini y
oʻqotmaslikka harakat qilingan. Hatto ushbu sharoitda ham Sugʻd ixshidi Gʻurak (710-
738) Ishtixondan turib mamlakat boshqaruvini olib borishga majbur b
oʻlgan [25].  
Uchinchidan, bugungi kunda “konfederatsiya”ga berilgan ta’rifga k
oʻra, unda yagona fuqarolik 
mavjud emas. Faqatgina konfederatsiya hududida shaxs maqomining bir-biriga yaqinligini ta’minlab 
beruvchi normalar 
oʻrnatilishi mumkin. Bu esa Sugʻd misolida xitoy yilnomalaridagi ma’lumotlar 
asosida yanada aniqlik kasb etadi. Jumladan, yilnomalarda Kan (Samarqand), Mi (Maymur
gʻ), Shi 
(Kesh) kabi “Xu 
oʻlkalari”dan Xitoyga kelib, oʻz savdo koloniyalarini (faktoriyalar) barpo etganligi 
haqidagi qaydlar uchraydi [26]. Ushbu ma’lumotlardan ma’lum b
oʻladiki, samarqandlik, kushoniyalik, 
maymur
gʻlik va keshlik savdogarlar hamkorlikda faoliyat yuritib, Xitoyda oʻz savdo manzillariga asos 
solishgan  [27]. Shuning bilan birga ular qayerda b
oʻlmasin, Sugʻdning qaysi hukmdorligidan 
kelganligiga qarab 
oʻz jamoa maskanlarini barpo etishga urinishgan. Mazkur savdogarlar Sugʻd 
fuqarosi sifatida emas, balki, 
oʻzlari mansub hukmdorlikning fuqarosi sifatida qayd etilishi holati 
yuqoridagi fikrga asos beradi. 
T
oʻrtinchidan, Sugʻdning konfederativ asosdagi boshqaruvini koʻrsatuvchi yana bir jihat davlat 
boshqaruv tizimining davlat hokimiyati (ya’ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) organlariga 
b
oʻlinmagan edi. Unda faqat yagona maqsadlarni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi muvofiqlashti-
ruvchi organ –  “Oqsoqollar kengashi” mavjud b
oʻlgan [28]. Ta’kidlash oʻrinliki, hukmdor ixshidlar 
“Oqsoqollar kengashi” oldida hisobot berishgan [29].  
Beshinchidan,  davlatning asosiy kuchi q
oʻshin boʻlib, urush xavfi tugʻilganda yoki harbiy 
yurish oldidan shahar, viloyatlarni muhofaza qilish maqsadida markazga konfederatsiya tarkibidagi 
hukmdorliklar 
oʻzlarining qoʻshini – chokarlari bilan xizmat qilgan [30]. Har bir hukmdorlik fuqarosi 
davlat oldida harbiy majburiyatga ega b
oʻlgan. Sugʻdda harbiy xizmat uchun haq ham toʻlangan [31]. 
Mamlakatga tashqi dushman kuchlari hujumi davrida nafaqat konfederatsiya a’zolari,  balki q
oʻshni 
ittifoqlarga ham q
oʻshin yetkazib berish  sharti boʻlgan koʻrinadi. Masalan, Arab xalifaligi qoʻshin 
tortgan vaqtda Buxoro malikasi ularga qarshi kurasha olmasligini anglab, Su
gʻd konfederatsiyasi 
hukmdori Tarxun (700 – 710)dan yordam s
oʻraydi. Tarxun boshchiligidagi qoʻshin yordamga keladi. 
Lekin yordamchi kuchlari ma
gʻlubiyatga uchragach, malika ilojsiz Qutayba ibn Muslim bilan sulh 
tuzib, unga darvozalarni va tashqarida b
oʻlgan koʻshk eshiklarini ochadi hamda shaharni uning 
ixtiyoriga topshiradi [32]. K
oʻrinib turibdiki, tashqi dushman hujumi vaqtida nafaqat konfederatsiya 
hukmdorlarining balki Su
gʻd konfederatsiyasining qoʻshnilariga ham yordam berishga harakat qilgan-
ligi bunga yaqqol misol b
oʻladi [33]. Shuningdek, Sugʻd markazi Samarqandning yuechjilar 
tomonidan egallanishi [34], 437-  yilda xioniylarning ushbu shaharni egallashlari [35], Tabariy 
ma’lumotlarida keltirilgan Janubiy Su
gʻdga Sosoniylar yurishlari [36], milodning 25-265  -  yillarida 
Naxshab hududlariga kushonlarning yurishlari [37] Su
gʻd hukmdorlarining doimiy harbiy harakatlar 
olib borishlari uchun birlashishlarini taqozo etgan. Shuningdek, Arab xalifaligi bosqini arafasida, 
bosqin jarayonlarida Korzanch va Devashtich munosabatlari, Devashtich – 
Gʻurak aloqalari, ayniqsa, 
Gʻurak va Afshun munosabatlari natijasidan Sugʻd hukmdorlarining bir-birlariga yordam berishga 
intilgani ma’lum b
oʻladi [38].  Konfederatsiyaga birlashgan hukmdorlarning umumiy dushmanga 
qarshi birgalikda kurashishlari shart holat b
oʻlib, bunga amal qilmaslik xoinlik hisoblanilgan. 
9
 



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish