Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet206/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
156 
Bolaning kognitiv rivojlanishi, ya’ni fikrlar tarbiyasi, dunyoqarashlarning shakllanishiga ham 
onaning xulq-atvori katta ta’sir qiladi. Yevropalik mutaxassislarning kuzatishlarida onaning har bir 
harakati, mimikalari, suyishlari, bolaning tepasida turib, unga qiladigan muomalasi, erkalashlari bora-bora 
bola o‘zlashtiradigan alohida iboralar, so‘zlarda namoyon bo‘ladi. Shaxsiy kuzatishlarimiz asosida shu 
narsa ma’lum bo‘ldiki, onaning qiliqlari tobora bolaning nutqli-nutqsiz, mantiqiy-mantiqsiz harakatlariga, 
ishoralariga aylanib boradi, keyinchalik bola alohida so‘zlarni talaffuz qila boshlaganda ham beixtiyor 
onaning mimikalari, talaffuz uslublarini qaytaradi. Shu tariqa onaning bevosita ishtiroki va yordamida bola 
dunyoni taniydi, o‘rganadi, o‘zi haqidagi tasavvurlari ko‘lami ham borgan sari ortib boradi. 
Aynan yuqorida ta’kidlagan “mehrli munosabat” tushunchasini tushunish uchun tipik o‘zbek 
oilalaridagi shaxslararo munosabatlarni ko‘z oldimizga keltiraylik. Buvilarimiz nabiralarini kuzatar ekan, 
ko‘pincha bola yig‘lamasdan turib uning chanqaganligi yoki och qolganligini oldindan his qilib aytishlarini 
kuzatishimiz mumkin. Buni ham o‘ziga xos sog‘lom oilaviy muhitda shakllangan ko‘nikma, sog‘lom 
muloqot va mehrli munosabatning bir ko‘rinishi deyish mumkin. 
XX asr o‘rtalaridan boshlab psixologlar go‘dakning unga g‘amxo‘rlik qilayotgan odamlar bilan 
dastlabki munosabatlarini tadqiq etib, bu jarayonga nisbatan “mehribonlik” atamasini qo‘llay boshladi. Bu 
tushunchani kuchli o‘zaro yaqinlik, ikki tomonlama intensiv hissiyotlar va emosional aloqalar bilan 
izohlash mumkin. 
Psixolog mutaxassislar uch toifali – mehribon, tortinchoq, qaysar bolalarni kuzatar ekanlar, 
ularning o‘zlarini tutishlarida, psixik rivojlanishida va tengqurlari bilan muloqotda bir-birlaridan tubdan 
farq qilishini aniqlashdi. 
Mehribon bolalar 18 oyligidayoq hamkorlikdagi faoliyatga tayyor ekanliklari, ularning ishtiyoqlari 
baland ekanligi va qat’iyatliliklari namoyon bo‘ladi. Ikki yoshda esa tengqurlari bilan faol muloqotga 
kirisha oladi, o‘yinchoqlarni tartib bilan o‘ynaydi va turli o‘yinlarda o‘z fantaziyalaridan foydalana oladi. 
Besh yoshli bolalarda ham bunday farqlar saqlanadi. Keyinroq boshlang‘ich sinflarda esa juda mehribon 
bo‘lgan bolalar o‘qishda ham yaxshi yutuqlarga erishib, tengqurlari va kattalar bilan faol muloqotga kirisha 
oladilar [4]. 
Ko‘plab tadqiqotlar tahlili bolaning ijtimoiy-psixologik rivojlanishini onasining rahmdilligi va 
ziyrakligi bilan bog‘laydilar. O‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida juda mehribon bo‘lgan bolalarning onalari 
o‘ta ziyrak ekanliklari va bolasining savollariga hushyorlik bilan javob qaytarishlarini aniqladi. Bundan 
tashqari, bir yoshli juda mehribon bolalarning onalari ularning har bir harakatiga ziyraklik bilan javob 
qaytarib, bolaning ovqatlanish va o‘yin vaqtlarini bir-biriga moslay olishadi. 
Shuningdek, boshqa tadqiqotchilar ham bunday bolalarning onalari farzandining ehtiyojlarini 
ziyraklik bilan aniqlay olishini hamda unga qachon, nima kerakligini uning yuz harakatlari va ovozidan 
bilib olishlarini ta’kidlashgan. 
Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, endi yurishni boshlayotgan bolalar, ya’ni jismoniy zo‘riqishni 
boshdan kechirayotgan bolalarga mehribonlik ko‘rsatilmasa, ularda o‘z “Men”ini anglashi va nutqining 
shakllanishida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Agar bolalar hayotining birinchi yilida kimgadir juda 
mehr bilan bog‘lanib qolsa, ikki yoshligida unga qilingan noto‘g‘ri munosabatlarning noxush ta’siri ham 
kamroq bo‘ladi. 
Oilaviy shaxslararo munosabatlarda ona roli va timsolining ahamiyati yana shundan iboratki, bola 
bir yoshga to‘lgunga qadar ota va ona shaxsini bir obyekt ona sifatida ko‘radi va bir yoshdan boshlabgina 
otani alohida shaxs sifatida anglay boshlaydi. 
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, bola onaning mehrini his qiladi va unga ham shu tarzda 
javob qaytaradi. Bu psixologiya tili bilan aytganda, sog‘lom oilaviy muhit, undagi insonlarning o‘zaro 
mehr-muruvvatli munosabatlaridan boshlanadi. 

Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish