Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet118/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son 
91 
bir inson o‘zi o‘sib-ulg‘aygan (zamin) mamalakatni eng yaxshi va go‘zal mamlakat deb tushunmog‘i 
kerak”. Shuningdek, Mahmud Qoshg‘ariy XI asrda yashab, ijod etgan tilshunos olim o‘zining “Devonu 
lug‘otit turk” [“Turk so‘zlar devoni”] asarida turkiy xalqlarning Vatanga bo‘lgan muhabbati va sadoqatlari, 
Vatanni ardoqlash, Vatanga tegishli har bir narsani muqaddas bilish, o‘zini shu Vatanning farzandi deb his 
qilish haqiqiy insonga xos fazilat ekanini aytadi, e’zozlaydi. 
Mahmud Qoshg‘ariy erk, ozodlik, mustaqillik insoniyatni hamma vaqt faol harakat qilishga 
chorlaganini uqtiradi. Uning fikricha ozodlik, mustaqillikni istagan inson loqaydlik qilmagan, uning uchun 
kurashgan [7]. 
Vatan haqidag falsafiy fikrlar Xoja Ahmad Yassaviyning “Hikmatlari”da ham olg‘a surilgan: 
Boshim tufroq, o‘zim tufroq, jismim tufroq, 
Haq vasliga yetarman deb ruhim mushtoq [4].
Uning ma’nosi tufroq-Vatandir. Tuproq necha asrlardan beri buyuk farzandlarni o‘z quchog‘iga 
bosib kelayotgan mushfiq zamin. Shuning uchun biz uni e’zozlab Ona Vatan deymiz. Yassaviya tariqati 
asoschisi bu baytda diydor sog‘inchidagi komil qalbning Ruh mushtoqligini ko‘rsatgan. Odam Vatan bilan 
birlikka erishsa, u kafolat o‘z elining, balki olamning ehtiromiga sazovor bo‘ladi. Bunday kishini esa xalq 
tushunadi, dunyo taniydi.
Ma’lumki, “Tabiat” va “Vatan” tushunchalarini bir-biridan ayri qarash mumkin emas. Yosh 
avlodda tabiatga, uning o‘simliklar florasi va hayvonot olamiga gumanistik motivlarni uyg‘otish orqali, 
ularda ona Vatanga mehr-muhabbatni tarkib toptirish mumkin. Shu nuqtayi nazardan Yusuf Xos Hojib ham 
inson va tabiat munosabatlarini izohlashga intilib, tabiatning paydo bo‘lishi va jamiyat shakllanishining 
o‘ziga xos jihatlarini ochib berishga harakat qilganini ta’kidlash joiz. U o‘zining [“Qutadg‘u bilig”] 
dostonida inson va tabiatning o‘zaro aloqasi va omuxtaligi, ularni bir-biridan ajratish mumkin emasligi 
moddiy borliqning hamda jonli materiyaning to‘rt narsadan (o‘t, suv, havo, tuproq) yaratilganligini izohlab 
beradi. Mutafakkir, inson tabiatning bir uzviy bo‘lagi, uning eng ulug‘ farzandi sifatida uni o‘z beshigiday 
qadrlashi, unga o‘z onasining bag‘riday sig‘inishi kerak, deb uqtiradi. 
Yusuf xos Xojib ma’noning mohiyatini chuqurlashtirib borib insoniyatning buguni uchun saboq 
bo‘ladigan va dolzarb jaranglaydigan muhim bir muammoni o‘rtaga tashlaydi, ya’ni: agar dunyo odamlari 
o‘zlari yashaydigan shahar (qishloq)larni tark etib inson yashashi lozim ko‘rilmagan bir cheka joyga: 
(masalan, toqqa chiqib ketsa dunyo buzilib, odam urug‘i quriydi, avlodi tugaydi) [14, 72]. 
Amir Temur o‘z eli-yurtini sevganini va uni mashhuri jahon qilganini, qudratli davlat barpo etib, 
uni adolatli qonunlar bilan boshqarganini, millatimiz iftixorini Sohibqironni e’tirof qilib, “Bizkim – mulki 
Turon, amiri Turkistonmiz, Bizkim – millatlarning eng qadimi va ulug‘i, Turkning bosh bo‘g‘inimiz”, 
deganini o‘zining shiddatli umri mobaynida xalqning yaratuvchilik shijoatiga qulay imkoniyatlar yaratib 
berishga intilganini ko‘rsatib beradi. Amir Temurning merosi “Tuzuklar”ni hikoya qilish orqali bolalarda 
vatan oldidagi burchga sodiqlik, do‘st-u dushmanni taniy bilish, matonat, axloqan poklik kabi xislatlarni 
tarbiyalash uchun keng imkoniyat mavjud. Shuningdek, o‘qituvchi “Temur tuzuklari”da Sohibqironning 
oqil, sabr-toqatli, hayot mashaqqatlari va bevafoliklarini yaxshi biladigan donishmand sifatidagi siymosini 
yosh avlodga ko‘rsatish orqali uning namunasida ularda vatanparvarlik, do‘stlik va sodiqlikni tarbiyalashni 
yoddan chiqarmasligimiz lozim. Amir Temur haqiqiy vatanparvar va millatparvar shaxs bo‘lgan. Bu his-
tuyg‘uni Herman Vamberi shunday ifodalaydi: “...Turk va arab qavmidan iborat bo‘lgan barcha jahongirlar 
va fotihlar kabi Temurda ham Ona Vatanga juda xos darajada tarafkashlik bor...Temurning shu maslagi 
uning aziz Vatani O‘rta Osiyo uchun nihoyatda muhim va uzoq davom etgan samara berganini gapirib 
o‘tirishga ehtiyoj yo‘qdir” [5, 48]. 
Amir Temur “Tuzuklari”da Ona Vatanni sodiq o‘g‘li vazir haqida quyidagi ibratomuz so‘zlarni 
yozadi: “Tajribali, ishbilarmon va bilimdon vazir shunday bo‘ladiki, mamlakat obodonchiligini, raiyat va 
sipohning tinch-farovonligini, xazina boyligini doim ko‘zda tutadi. Davlat, saltanatga foyda keltirishdagi 
ishlarni bajarishga tirishib harakat qiladi. Saltanatga zarar yetkazadigan xatarli ishlarni bartaraf etishda 
mol-u jonini ayamaydi” [11, 109]. Sohibqiron o‘z vatandoshlariga xiyonat qilib, dushman bilan til 
biriktirgan navkarlar to‘g‘risidagi tuzugida o‘zining vatan oldidagi burch qanday bo‘lishi lozimligi haqidagi 
qarashlarini bayon etadi: “Va amr qildimki, har bir navkar g‘anim nazdida hurmat-e’tiborga ega bo‘lib 
qadrlansayu, biroq jangu jadal paytida o‘z begiga xiyonat qilsa, uning dushmaniga do‘stlik ko‘rsatsa, tuz 
haqini, bek hurmatini, navkarlik burchini va undan ko‘rgan noz-u ne’matlarini unutsa, o‘z begining 
dushmaniga yon bosib, uni o‘z begidan ustun qo‘ysa, bunday kimsani xizmatga yo‘latmasinlar. Hayotning 
o‘zi bundaylarning qilmishiga yarasha jazosini beradi” [11,128-129]. Vatanga muhabbat, mazkur vatanda 
istiqomat qiluvchi kishilarga bo‘lgan munosabatni ham o‘z ichiga oladi. Bu munosabat, avvalo, do‘stlik 
munosabatida ifodalanadi. Sohibqiron mamlakat taxtiga o‘tirgan kundan boshlab do‘st-u dushman bilan 
muomalada bir tekis yo‘l tutganligini ta’kidlar ekan …“haqiqiy do‘st o‘lkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi, 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish