ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 6-son
88
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyun “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini
mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–3808-sonli Qarorida ham “Axborot-
kommunikasiya texnologiyalari va Internet tarmog‘ining oila mustahkamligi va rivojiga ta’sirini o‘rganish,
oilaviy turmush tarzi qadriyatlarini oshirishni targ‘ib qilishda, oilalardagi salbiy ijtimoiy holatlarni
profilaktika qilishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish”
haqida qator vazifalar oldinga surilgan [1].
Rivojlangan mamlakatlarda oilaning roli pasayib bormoqda: ajralishlar soni, nikohdan
o‘tmayotgan katta yoshli yolg‘iz kishilar hissasi, farzandsiz er-xotinlar soni ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda
AQSh va Yevropa mamlakatlarida an’anaviy, to‘liq oila noyob bo‘lib, bunday oila modeliga intilish ba’zan
keraksiz va ideallashtirilgan hodisadek tanqidga uchramoqda.Bilamizki, oilaning muqaddasligi va uning
o‘ziga xos an’analari va qadriyatlari muqaddas ekani haqiqat. Ayniqsa, o‘zbek oilasining alohida
“men”lar yig‘indisi emas, balki mustahkam ma’naviy an’analarga tayanadigan yagona va yaxlit
organizmga aylanishga ko‘maklashuvchi qonunlarga tayanadi. Oilada ota alohida o‘ringa ega bo‘lib, oila
a’zolari orasida alohida hurmat va e’tiborga egadir. U oila boshlig‘i, oila farovonligi , oila a’zolarini
qo‘llab quvvatlash, himoya qilish uchun javobgar va mas’ul shaxs. O‘g‘il bolalar go‘dakligidanoq otaning
izidan borib, muqaddas qadriyatlar tizimida tarbiyalanadilar.Ba’zi axborot manbalarida sharqona
qadriyatlar boshqacha ifoda etilmoqda.
Yer yuzida 1,5 milliard kishi, O‘zbekiston aholisining 8 milliondan ortig‘i internetdan
foydalanayotganligi fikrimiz isbotidir. Ayni paytda yoshlarimiz qaysi saytlardan foydalanayotganligini
aniqlash va bu borada ish olib borishni nihoyatda muhim. Fikrimizning naqadar jiddiy asosga ega ekani
internetda mavjud salbiy va zararli saytlar, ya’ni o‘z-o‘zini o‘ldirish– xudkushlikning oson yo‘llarini targ‘ib
etuvchi saytlar qariyb 10 mingga yaqinlashganini, shundan ko‘pchiligi terorchilik va ekstremistik saytlar, 5
mingdan ortig‘i erotik saytlar va boshqa tarbiyaga zid saytlar ko‘payganligi ham tasdiqlaydi.
“Coogle” kompaniyasi tahlillariga ko‘ra O‘zbekistondan kuniga “Odnoklassniki.ru” saytiga 200
mingdan ortiq, “Facyebook” saytiga 90 mingdan ortiq, “Moy mir” saytiga 40 mingdan ziyod kishi
kirayotir. Xo‘sh, bu narsa nimani anglatmoqda? Eng avvalo yoshlarda internet tizimiga qullik, tobelikni
kuchaytirmoqda, ularda o‘ziga xos texnokratik madaniyatni shakllantirmoqda. Texnokratik madaniyat-
faqat texnik vositalarnigina tan olish, ularga anglanmagan holda moslashuv, pirovard natijada internetga
tobelikdan iboratdir. Afsuski, bu hammasi emas. Eng muhimi texnokratik madaniyat tufayli ayrim
yoshlarimizda millatimizga xos bo‘lgan jamoaviylik ruhiyati o‘rniga individualistik qarashlar, samimiylik,
mehribonlik xislatlari o‘rniga qo‘pollik, dag‘allik, agressivlik sifatlari kuchayib bormoqda. Bu esa
xudbinlik, o‘zaro munosabatlarni inkor etish, milliy qadriyat, urf-odatlarni unutish, ayrim hollarda
kosmolitik (dunyo fuqarosi) dunyoqarashga da’vo qilish kabi salbiy illatlarni yuzaga
keltirmoqda.Texnokratik madaniyat yoshlarning muayyan qismida kitob fenomeni, kitob o‘qish
madaniyatini inkor etmoqda. Kitob o‘qishning kamayishi esa idrok etish, mushohada qilish, o‘zini anglash,
mustaqil fikrga ega bo‘lish kabi sifatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, oilada kitob o‘qishni
tartibga solish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob
mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolasi va kitobxonlik madaniyatini
oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271 son Qarori
dolzarb va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati jihatidan tarixiy voqyea bo‘ldi [2]. Qarorga muvofiq, milliy va
jahon adiblarining kitoblarini elektron shakli yaratilib internet tarmog‘iga joylashtirish bo‘yicha ham bir
qator vazifalar belgilangan.
Agar o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va
teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda esa internet va kompyuter avvalgi qiziqishlarni yoshlarimiz
hayotidan siqib chiqardi. Yoshlarimizning 70 foizi o‘z qiziqish va sevimli mashg‘ulotlari haqida so‘z yuritganda
sport, do‘stlar bilan suhbatlashish, g‘oyaviy va madaniy hordiq chiqarish bilan bir qatorda kompyuter
texnologiyalari, internetga bo‘lgan qiziqishini birinchi o‘rinda tilga oladi.
Oilada farzandlar ko‘proq uy vazifalarini bajarishda internet tarmoqlaridagi ma’lumotlaridan
foydalanishadi. Jumladan, Kanada yoshlarining yarmidan ko‘pi internet va kompyuter texnologiyalarini
ota-onalaridan yaxshiroq bilishini aytishadi. Ularning 80 foizi mustaqil ravishda internetga ulanishini,
ota-onalari kompyuterga himoya vositasi bo‘lgan filtrlash dasturini o‘rnatib qo‘ymagani va farzandlari
qanday saytlarga kirishini nazorat qilmasligini tan olishadi. Umuman olganda, aksariyat ota-onalar,
aniqrog‘i, ularning 65 foizi farzandlari internetdan faqat uy vazifasini tayyorlash uchun foydalanadi
degan fikrdadir. Ammo, hozirgi yoshlar ko‘proq elektron darsliklar va adabiyotlarni o‘qishadi.
Kitob matnini o‘qish bilan elektron matnni o‘qish orasida katta farq mavjud. Elektron matnga
faqat axborot olish uchun qarash lozimligi, matndagi ma’lumotlar inson miyasida to‘liq aks
etmasligi yoshlarimizni mutlaqo qiziqtirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |