ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
5
Zahiriddin Muhammad Bobur faoliyatida ham naqshbandiya tariqat va uning vakillari ta’siri
juda katta bo‘ldi. Uning hokimiyat ishlarida, davlat qurilishida, raqiblari bilan bo‘lgan kurashlarida,
ma’naviy hayotida, hatto shaxsiy hayotida ham bu ta’sirni ko‘rishimiz mumkin. Bobur «Bobur-
noma»ning juda ko‘p o‘rinlarida naqshbandiya tariqati vakillari, shayxlar va ulamolar haqida to‘xtalib,
ularning o‘z hayotiy faoliyatida aloqadorlik jihatlariga urg‘u beradi. Jumladan, «Boburnoma»da
tasvirlangan Xoja Ubaydulloh – Xoja Ahrori Vali, Xoja Yahyo, Xoja Ya’qub, Maxdumi A’zam
Kosoniy Dahbediy, Mavlonoyi Qozi Abdulloh, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabilarni bevosita
o‘zining piri-ustozlari, tarbiyachilari sifatida e’tirof etsa, Imom Buxoriy, Shayx Moturidiy, Shayx Hoji
Muhammad Xabushoniy, Shayx Burhoniddin Qilich kabilarni ma’naviy pirlari sifatida tilga oladi.
Bobur davlat boshqaruvida ularning shar’iy yo‘l-yo‘riqlaridan oqilona foydalansa, jang va kurashlarda
o‘ziga g‘oliblik muyassar bo‘lishi uchun ularning ma’naviy madadidan, qo‘llab-quvvatlashidan umid
qiladi.
Ma’lumki, Zahiriddin Muhammad Bobur qisqa umri davomida davlatdorlik, hukmdorlik
faoliyatida, ijodiy faoliyatida juda katta ishlarni amalga oshirdi. Boburning davlat ishlarini
boshqarishida, hokimiyatni mustahkamlashida, harbiy sohada va boshqalarda unga ustozlik qilgan,
to‘g‘ri maslahatlar, yo‘l yo‘riqlar ko‘rsatib turgan sodiq, ishonchli kishilar ko‘magi katta bo‘lgan.
Boburning ko‘plab janglarda g‘olib bo‘lishiga, viloyat olmog‘ida, mamlakat saqlamog‘ida va buyuk
imperiya tuzmog‘ida bu siymolarning ham hissasi borligini o‘zi ko‘p bor ta’kidlaydi.
Boburning e’tiqodi shakllanishida, mustahkam iroda va qat’iyatli bo‘lib yetishishida u
kamolga yetgan oilaviy muhit, bolalikdagi tarbiyachilari, piru ustozlarining xizmati beqiyos bo‘lgan.
U ko‘plab fozil ulamolardan ta’lim tarbiya olib, arab va fors tillarini mukammal o‘rgandi. Shuning
natijasida u e’tiqodli, sabr matonatli, rahm shafqatli shaxs bo‘lib yetishdi. Uning ma’naviy g‘olibligini
ta’minlashda bu jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Albatta, shaxsning kamolga yetishida oilaviy muhitning ta’siri katta bo‘ladi. Bobur tug‘ilib
o‘sgan muhit temuriylar xonadoniga mansub, taqvodor va e’tiqodda sobit oila edi. Uning otasi
Umarshayx Mirzo savodli kishi bo‘lib, Qur’on tilovat qilgan. Bu haqda Bobur shunday yozadi:
«Hanafiy mazhabliq, pokiza e’tiqodliq kishi edi, besh vaqt namozni tark qilmas edi, umriy qazolarini
tamom qilib edi, aksar tilovat qilur edi. Hazrati Xoja Ubaydullog‘a irodati bor edi, suhbatlarig‘a bisyor
musharraf bo‘lub edi, hazrat Xoja ham farzand deb edilar. Ravon savodi bor edi. «Xamsatayn» va
masnaviy kitoblarini va tarixlarni o‘qub erdi. Aksar «Shohnoma» o‘qur edi. Tab’i nazmi bor edi, vale
she’rg‘a parvo qilmas edi» [3;37]. Demak, Umarshayx mirzo pokiza e’tiqodli, taqvodor kishi bo‘lgan,
Xoja Ahror Vali unga piri-ustozlik maqomida bo‘lgan, uni farzand qatorida ko‘rgan. Bobur
tug‘ilganida Xoja Ahror unga «Zahiriddin Muhammad» deb ism qo‘yadi, uning iqbol yulduzi baland
bo‘lishini tilab duo qiladi.
Umarshayx mirzoning hayotda adolatli, halol va pokiza kishi bo‘lganligi haqida ko‘plab
ma’lumotlar bor. Jumladan, bir safar ko‘chmanchi o‘zbeklar Samarqand atrofidagi qishloqlarga hujum
qiladi va aholining mol-mulkini talab, odamlarni asir qilib Turkiston tomonga ketayotganida
Umarshayx mirzo ularning ortida quvib, muz qoplagan Aris daryosidan o‘tib bosqinchilarga zarba
beradi, talangan mollarni egalariga qaytaradi, asirlarni ozod etadi. Bobur otasining bu xislatini juda
yuqori baholaydi: «Bisyor saxovati bor erdi. Xulqi dag‘i saxovaticha bor edi, xushxulq va xarrof va
fasih va shirinzabon kishi erdi, shujo‘ va mardona kishi edi» [3;37]. Umarshayx mirzo bu xizmati
uchun ulardan hech narsa olmaydi, bu uning imoni kuchli, e’tiqodi mustahkam, mislsiz adolatliligidan,
olihimmatligidan bir misol. Bu xislatlar, albatta, ortig‘i bilan Boburga ham ko‘chgan, biz bunga
«Boburnoma»da juda ko‘p bor guvohi bo‘lamiz.
Umarshayx mirzo bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir voqeaga e’tibor bersak, bir yil qish faslida
Xitoydan katta karvon Andijon tog‘larida qor ko‘chkisiga duch keladi. Karvonda bo‘lgan mingga
yaqin kishidan faqat ikkitasi omon qolib, qolganlar ko‘chki ostida qolib ketadi. Bundan xabar topgan
Umarshayx maxsus odamlarini yuborib karvondagi mollarni o‘g‘ri qaroqchilardan himoya qildirgan.
Bu haqda Bobur shunday ma’lumot beradi: «Adolati bu martabada ediki, Xitoy korvoni keladurganda
Andijonning sharqiy tarafidagi tog‘larning tubida ming uyluk korvonni andog‘ qor bostikim, ikki kishi
qutuldi. Xabar topib muxassillar yiborib, korvonning jami’ jihotini zabt qildi. Har chandikim vorisi
hozir yo‘q erdi, bovujudi ehtiyot saxlab, bir-ikki yildin so‘ngra Samarqand va Xurosondin vorislarini
tilab kelturub, mollarini solim topshurdi» [3;37]. Keyinroq karvon egalarini toptirish uchun
Samarqand, Hirotga odamlarini yuboradi va ularni topib mollarini qaytarib beradi. Shunda ham bu
karvon mollaridan o‘ziga hech narsa ta’ma qilmaydi. Bobur mana shunday e’tiqodli kishining o‘g‘li
Do'stlaringiz bilan baham: |