ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 4-son
141
2.
Konsultativ – qarorlarni hayotga tadbiq etishda, hukm chiqarishda keng jamoatchilik bilan
maslahatlashishi.
3.
Davlat va nodavlat tashkilotlari ishi ustidan nazorat o‘rnatishda.
4.
Ekspressiv – ya’ni favqulodda hodisalarning oldini olish va bartaraf etishda.
5.
Konstruktiv – subeyktlarning ijtimoiy munosabatlari va jarayonlarini o‘ziga xos
programmalashtirish.
6.
Regulyativ (boshqaruv).
7.
Baholash.
8.
Pozitiv (ijobiy).
9.
Negativ (salbiy) funksiyalarni bajaradi.
Jamoatchilik nazoratining ijtimoiy ahamiyati: tarbiyalash; rag‘batlantirish; fikr bildirish;
maslahatdan iborat.
Ifodalanish shakliga ko‘ra jamoatchilik nazorati ikki – pozitiv (ijobiy) va negativ (salbiy)
funksiyalarni bajaradi. Jamoatchilik o‘z fikrini doimo qo‘llab-quvvatlash va, aksincha, inkor etish,
qoralash ko‘rinishida bildirishi mumkin.
Mamlakatning rivojlanishi, dunyoda o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lishi uchun jamoatchilik
nazoratining islohotlarga munosabati, ularning boshqaruvidagi ishtiroki, hukumat qarorlarini nazorat
qilib borishi juda muhimdir.
Jamoatchilik nazoratiga sabab bo‘ladigan birinchi omil – manfaatdir.
Jamoatchilik nazoratiga sabab bo‘ladigan ikkinchi omil bu – munozaralilikdir. Boshqacha
aytganda, u yoki bu darajada munozarali, bahsli holatga ega bo‘lgan hodisalargina jamoatchilik
nazorati predmetiga aylanishi mumkin. Jamoatchilik nazoratini uyg‘otadigan uchinchi omil –
malakalilikdir. Ya’ni, jamoatchilik bilishi va tushunishi mumkin bo‘lgan hodisalargina jamoatchi-
likning obyekti bo‘lishi mumkin.
Jamoatchilik nazorati turli darajaga ega bo‘lib, bu individual, kollektiv va ijtimoiy fikr
ko‘rinishida bo‘ladi va ular o‘rtasida doimiy aloqa mavjud.
Jamoatchilik nazorati ko‘p jihatli hodisadir. Uning ratsional – aqliy (bilimlar), psixologik
(ijtimoiy-ruhiy) kechinmalar, aksiologik (qadriyatlar) va boshqa jihatlari bo‘lib, birgalikda
jamoatchilik fikrining tez tarqaluvchan va ekstentiv xususiyatini ta’minlaydi.
Jamoat nazorati shaxsning to‘la ijtimoiylashuvi natijasidir. Ijtimoiylashuv jarayonlarining ro‘y
beradigan shart-sharoitlarini ijtimoiy institutlar deb ataymiz. Bunday institutlarga oiladan boshlab,
mahalla, rasmiy davlat muassasalari (bog‘cha, maktab, maxsus ta’lim o‘choqlari, oliygohlar, mehnat
jamoalari) hamda norasmiy uyushmalar, nodavlat tashkilotlari kiradi.
Bu institutlar orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o‘ziga xosdir. Insondagi
dastlabki ijtimoiy tajriba va ijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy munosabatlar tizimida
shakllanadi. Ya’ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa
guruhlar ta’sirida takomillashib boradi. Bizning sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham
muhim tarbiyalovchi – ijtimoiylashtiruvchi rol o‘ynaydi.
1999-yil 14-apreldagi “Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi yangi
tahrirdagi qonunning 7-moddasiga muvofiq:
1.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahallalar faoliyati erkinlashtirildi.
2.
Mahallalar hokimiyat tizimidan chiqarildi.
3.
Qator imtiyozlar berildi.
4.
Boqimandalik kayfiyatidan ozod etildi.
5.
Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari qadam tashlandi.
Natijada mahallalar adolatli, demokratik jamiyatning negiziga aylanib bormoqda.
O‘zbekiston hududida mahallalarni 4 guruhga bo‘lish mumkin:
1.
Shaharlardagi an’anaviy mahallalar.
2.
Shaharalardagi kvartal mahallalar.
3.
Shaharchalardagi mahallalar.
4.
Qishloq mahallalari.
Mahallalar ijtimoiy hayotda quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.
Oila muhofazasi.
2.
Obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalik.
3.
Ijtimoiy himoyada faol ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |