Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 4-son 
140 
Jamoatchilik fikri – xalq istaydigan narsani bilishning noorganik uslubidir (Gegel), jamoatchilik 
fikrida hamisha haqiqiy bo‘lmagan narsalar chatishib ketsada, u har bir davrda katta kuchga ega bo‘lib 
kelgan. 
Jamoatchilik fikri atamasi inglizcha “publik opinioh” so‘z birikmalaridan olingan bo‘lib, u XVII 
asrda dastlab Angliyada qo‘llanilgan. Keyinchalik boshqa mamlakatlarga o‘tib, XVIII asr oxiridan 
boshlab keng tarqalgan. “Jamoatchilik” tushunchasi eng qadimgi davrlarda, xususan, kuhna Ellada va 
Rim davlatlari siyosatida muhim o‘rin tutgan bo‘lib, unga xalq fikri nuqtayi nazaridan qarab kelingan.
Movarounnahrning ko‘p yillik tarixida jamoatchilik termini muqaddas tushunchalardan sanalib, 
shaxs va jamoa munosabatlarida birlamchi o‘rin tutib kelgan. U shaxs tug‘ilganidan boshlab butun 
hayoti davomida muayyan mayoq vazifasini o‘tab, tartib qoidalar, tuzuklar, qonunlar, urf-odatlar va 
an’analar tarzida amal qilib kishilarning xatti-harakatlari, uy-fikrlari, orzu va rejalarini muayyan 
maqsadlar sari yo‘naltirib kelgan.
Bu borada Abu Nasr Forobiyning sotsial psixologiya fani uchun zaruriy manba hisoblanuvchi 
quyidagi asari va fikrlari oradan ko‘p asrlar o‘tgan bo‘lishiga qaramasdan o‘z ahamiyatini 
yo‘qotmagan. 37 mustaqil bobdan iborat «Kitob aro ahl al madaniya al fozila» («Fozil shahar 
aholisining fikrlari») nomli fundamental asarda shunday fikrlar bor: 
Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning 
aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-baravar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida 
farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin 
ma’nosi bilan ozod bo‘ladilar. Biri ikkinchisiga xo‘jayin bo‘lmaydi. Odamlarning tinchlik va 
erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton (ya’ni podshoh) bo‘lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, 
zavq-lazzat paydo bo‘ladi. 
Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar, hokimi mutlaq bo‘lmaydi. Ular odamlar 
ichidan ko‘tarilgan, sinalgan, eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. Shuning uchun 
bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan mudofaa 
qiladilar. Bunday rahbarlar hammaga barobar munosabatda bo‘ladilar, hatto hammaning manfaatini 
o‘zlarining manfaatlaridan ortiq ko‘radilar, umumning manfaati uchun o‘zlarining shaxsiy 
manfaatlaridan kechadilar, xalq manfaati uchun o‘zlaridagi kuch-quvvat va boyliklarini ayamaydilar. 
Forobiy fikrini davom ettirar ekan, ijtimoiy hayotdagi salbiy holatlarni tahlil qilib beradi: 
Ammo, ba’zi shahar (yoki mamlakat)lar bo‘ladiki, ularda butun xalqning fikri-zikri, aql-idroki 
boylik to‘plash, mol-dunyo orttirishga qaratilgan bo‘ladi. Ulardan chiqqan rahbarlar ham rahbarlikni 
mol-dunyoni ko‘paytirishda deb biladilar. Shuning uchun ham ular erta-kech mol-dunyo to‘plash 
harakatida bo‘ladilar. Bunday rahbarlarning qo‘l ostida ishlagan shahar xalqlarida turli buzuq odatlar, 
shahvoniy nafs, bir-birini ko‘rolmaslik, nizo-janjallar paydo bo‘ladi. Ana shunday shahar xalqlaridan 
xislatlari, mayllari turlicha bo‘lgan avlod tug‘iladi. 
Haqiqiy baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam qiluvchi kishilarni birlashtirgan shahar – 
fazilatli shahardir, baxtga erishish maqsadida birlashgan kishilar jamoasi – fazilatli jamoadir. 
Baxtga erishish maqsadida o‘zaro yordam bergan xalq – fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha 
xalqlar baxtga erishish uchun bir-birlariga yordam bersalar, butun yer yuzi fazilatli bo‘ladi. 
Jamoatchilik nazorati kishilarning u yoki bu hodisaga nisbatan bildirgan e’tiroziy yoxud 
e’tirofiy munosabatlari, taklif va istaklari yig‘indisidir. 
Jamoatchilik nazorati mohiyatini umumiy tarzda va to‘g‘ri baholashda amerikalik sotsiolog U. 
Lipmon nuqtayi nazari e’tiborga loyiqdir. Jamoatchilik nazorati deb ta’kidlaydi u, kishilarning 
umumiy, jamoaviy manfaatlari ifodasidir. 
Shunday qilib, jamoatchilik nazorati ijtimoiy ongning axloq, siyosat, san’at, din singari 
shakllardagi ma’lum holati va ayni chog‘da mazkur sohalarda uning nechog‘li namoyon bo‘lish 
mezoni hamdir.
XXI asr bo‘sag‘acida jamoatchilik nazoratining yuzaga kelishi, shakllanishi va amal qilishi 
jarayonlarida hamda uning ta’sir ko‘lami kengayishida ilmiy bilimlar ishtiroki har tomonlama orta 
boshladi. Bu narsa xalqaro “Ekosan”, “Grinpis” singari uyushmalar faoliyatlarida ekomuhitni saqlash 
borasida amalga oshirilayotgan xalqaro dasturlar, yadro quroli sinovlarining tabiiy muhitga 
ko‘rsatayotgan zararlarni asoslab ilgari surilayotgan ijtimoiy talablar, planetamiz imkoniyatlari va 
resurslaridan xo‘jasizlarcha foydalanishga qarshi harakatlarida yaqqol ifodasini topmoqda.
Jamoatchilik nazorati quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 
1.
Direktiv, ya’ni qarorlar qabul qilishda jamoatchilikning keng ishtiroki. 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish