ILMIY AXBOROTNOMA UNIVERSITET HAYOTIDAN 2019-yil, 4-son
149
UDK-891.709
AJDODLARIMIZNING TA’LIM OLISH USULLARI
HAMISHA ZAMONAVIY VA IBRATLIDIR
S. Sultonsaidova
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Hayot shunday tilsimli olamki, unda yuz berayotgan voqea-hodisalar zanjirli bog‘lanishda
bo‘lib, doimo biri ikkinchisining davomidir, biri ikkinchisini taqozo qiladi. Mabodo, ulardan biri
yuzaga chiqa olmay qolsa, u vaqt poylaydi, vaqti-soati kelganda, albatta, yuzaga qalqib chiqadi.
Madrasalar haqidagi bilim va ma’lumotlarning yuzaga chiqish vaqti kelganki, Mahkamoy Tursunova
tomonidan yaratilgan “Madrasalar ta’limida adabiyot o‘qitish usullari” nomli monografiyada
o‘zining mavjudligidan xabar berib turibdi.
M.Tursunova bu borada qilingan tadqiqotlardan so‘ng hali ochilishi zarur bo‘lgan qirralarni
aniqlab, jamoatchilikka taqdim qilmoqda. Monografiya bilan tanishar ekanmiz, uning naqadar xolis va
har tomonlama ilmiy-tahliliy xususiyatga ega ekanligini anglaymiz. Muallifning o‘zi ham shunday
deydi: “ Kitobga kiritilgan ayrim ma’lumotlar ta’lim tizimi tarixida kam o‘rganilgan bo‘lib, ularga
alohida e’tibor qaratildi hamda ular daliliy misollar bilan boyitildi.” Bu fikr monografiyaning butun
mazmunidan va tizimidan ufurib turadi.
Monografiya to‘rt qismdan ibrat bo‘lib, birinchi qism “Madrasalar ta’limi va adabiyot sabog‘i”
mavzusiga bag‘ishlangan. Unda madrasalarda o‘qitiladigan adabiyotga u yoki bu darajada aloqasi
bo‘lgan sohalarga ham to‘xtalib o‘tiladi. Masalan, sharh, maqomat, hadislar haqida “Sharqda keng
tarqalgan maqomatlar... necha asrlardan buyon yoshlarni tarbiyalashda muhim darslik vazifasini
bajargan... Maqomat,- deb izoh beradi u,- aslida arabcha so‘z bo‘lib, daraja, joy ma’nosini bildirsa,
asosiy ma’nosi ko‘pchilik oldida aytiladigan naql-u rivoyat, hikoyat ma’nolarini anglatadi”. Olima har
bir fikrini nihoyatda ko‘p ilmiy asarlardan olingan faktlar bilan isbotlaydi. Birgina maqomat
tushunchasi haqida yaratilgan asarlar haqida 24-25 betlarda Sharqda shu sohada ijod qilgan bir necha
allomalar va ularning asarlariga ilova beradi va ularning madrasada o‘qitilish xususiyatini hamda
ahamiyatini aytib o‘tadi. Xususan, u Sa’diy Sheroziyning ijodi “hikmatlar xazinasi” deb nom
olganligining sababi sifatida uning Sharqning mashhur madrasalaridan biri “Nizomiya”da tahsil
olganligini va u yerni tugatgach, taniqli va mashhur bo‘lib ketganligini ko‘rsatadi. Haqiqatan ham har
bir odamning ma’naviy va ilmiy saviyasi qanday odamlar davrasida yashashi va kimlar bilan
muloqotda bo‘lishiga bog‘liq. Odatda, o‘simlik hamisha yorug‘lik va quyoshga qarab bo‘y cho‘zadi.
Shu kabi odamlar ham donishmand va ijodkorlar davrasida ularga qarab o‘zlarini rivojlantirishga
harakat qiladilar. Shuning uchun har bir davlat o‘z hududida shunday odamlarni qadrlagan. Buning
isboti sifatida Sa’diy Sheroziyning ushbu misralari e’tiborlidir...
Nizomiyada maoshim bor edi
Tun-u kun ishim dars-u takror edi
M.Tursunova qanday fikrni aytmasin, uning sababiga to‘xtaladi. Albatta, bu uning topilmasi
bo‘lib, muallifning bu masalani chuqur va har tomonlama o‘rganganligini ko‘rsatadi. Masalan,
Abdulqodir Bedil ijodidagi hamma xususiyatlarni sanar ekan, ularning sababini ham ko‘rsatib o‘tadi.
Xususan, u bunday deydi:”...uning tili go‘zal, satrlari teran (ma’noli.-S.S),so‘zlari chuqur ma’noli,
badiiy san’at usullaridan o‘rni bilan keng foydalanganligi va boshqa o‘ziga xos jihatlaridir”. Shu bois
shoir “Abu-l-ma’niy, ya’ni “ma’nolar otasi”nomiga sazovor bo‘ldi va h.o‘(27-b). Bu fikrlar
ifodalangan jumlalarning davomi bilan tanishar ekanmiz, muallifning, bir tomondan, sharhlashga
tanlab olgan misollarining betakrorligi, ikkinchi tomondan, madrasada o‘qitiladigan adabiyot
manzaralari, uchinchi tomondan, ijod qilgan shaxslarning qanday xususiyatlarga ega bo‘lganligi va
ularning asarlari haqida to‘liq, qiziqarli ma’lumotlar namoyon bo‘ladi..
M.Tursunova o‘z kuzatishlari natijasida bilgan rivoyatlarni va qiziq-qiziq hangomalarni
monografiyasiga shunday joylashtiradiki, ular uzukka ko‘z qo‘ygandek o‘z o‘rnini topadi. Masalan, u
Bedil ijodini tasvirlayotganda, shunday rivoyat keltiradi: ”Bedilxonlik davralarining birida bir
she’riyat muxlisi Bedil qalamiga mansub bir misraning 99 ta ma’nosini sharhlab bergan...Ammo
jamoani lol qoldirgan 99 ma’no misraning asl mazmuni hisoblanmagan. Muxlisning tushiga Bedil
kirib, uning yuzinchi–asl ma’nosini aytib bergan ekan.” Sirtdan qaralganda,bu –rivoyat.Ammo uning
zamiriga nazar solinsa, bu rivoyat haqiqatga juda yaqindir. Endi tasavvur qilaylik: mana shunday asl
Do'stlaringiz bilan baham: |