sahroyi suvoriy o‘zbeklar
nomi ostida ataldilar [4, 258, 266]. (Bu haqda qayd etilgan
risolamizda ma’lumotlar berilgan).
Qipchoqlar haqida Temur tuzuklarida, ayniqsa, akademik
Bo‘riboy Ahmedovning “Tarixdan
saboqlar” kitobida muhim ma’lumotlar bor. Masalan, Sirdaryoning quyi oqimi va Balxash ko‘lidan to
Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo‘lgan hududlar XI asrdan boshlab Dashtiqipchoq deb
atalgan. Qipchoq shaklidagi so‘z rus va Vizantiya solnomalarida uchramaydi. Balki bu so‘z o‘rnida
rus solnomalarida “poloves”, Vizzantiyaliklarda esa “kuman” atamasi qo‘llanilgan. Sharq
solnomalarida “qipchoq” shaklidagi atamani ilk bor Nosiri Xusrav (1003-1088 yy.) qo‘llagan. So‘ng
qipchoqlar tarqalgan hududlar shu nom bilan atala boshlangan. Bu o‘lkaning aholisi, asosan, turkiy
tilli qipchoq qabila-urug‘lardan tashkil topgan. Dashtiqipchoq davlati XII asr boshlarida katta harbiy
kuchga ega bo‘lgan va 1220/21-yillarda Kavkazda gruzinlar bilan ittifoq bo‘lib, Eronga qarshi
kurashgan.
Dashtiqipchoq ikki qismga: Sharqiy va G‘arbiy qismga bo‘lingan. Uning sharqiy qismi Yoyiq
(Ural) daryosi va Sirdaryoning quyi oqimidan to Balxash ko‘ligacha bo‘lgan yerlar va g‘arbiy qismi
Yoyiq va Volga daryolaridan to Dneprgacha bo‘lgan hududlari (Volganing o‘rta va quyi oqimi, Qirim
va Janubiy Rus yerlari) ni o‘z ichiga olgan. Dashtiqipchoqning asosiy aholisi ko‘chmanchi, yarim
ko‘chmanchi bo‘lib, chorvachilik va ovchilik bilan, vohalarida, daryo va ko‘l yoqalarida istiqomat
qiluvchilari esa, o‘troq holda yashab, qisman dehqonchilik, ziroatchilik bilan mashg‘ul bo‘lishgan.
Ularning Saroy Botu (Oltin O‘rda davlatining poytaxti, hozirgi Astraxan yaqinida joylashgan), Saroy
Berka (hozirgi Volgograd yaqinida), O‘rdu-O‘rda bozor (taxminan Qorasuv daryosi bo‘ylarida
joylashgan. Bu yer Mahmudxon, Ahmadxon va Abulxayrixonlar davrida qarorgoh bo‘lgan), umuman,
Sig‘noq, Suzoq, Arquq, O‘zgand kabi bir qancha shaharlari bo‘lgan. Bu shaharlarda hunarmandchilik
va savdo-sotiq bilan ham shug‘ullanishgan. Ammo ularning savdo-sotig‘ida mol ayriboshlash asosiy
o‘rin egallagan. Chorva mollari va mahsulotlari, hayvon terisidan, junidan tayyorlangan, to‘qilgan turli
buyumlar, matolar asosiy savdo tovarlari sanalgan. Ko‘chmanchi aholi tarkibida turli qabila-urug‘lar
bo‘lsa-da, ularning asosiy qismi turkiyzabon ko‘chmanchi o‘zbeklar edilar. Lekin Dashtiqipchoqni
chingiziylar istilo etgach, kelgindilar bilan aralashuvi tufayli bu o‘lkadagi qabilalar keyinchalik,
Do'stlaringiz bilan baham: |