ILMIY AXBOROTNOMA FILOLOGIYA 2019-yil, 4-son
11
egallab, Turkistondan O‘rta yer dengizigacha bo‘lgan hududlarda o‘z hokimiyatlarini o‘rnatganlar,
degan xulosaga kelgan. Shu kabi K.Shoniyozovning ma’lumotlariga asoslanib, qipchoqlarning sharqiy
guruhi hozirgi O‘zbekiston hududida, Sirdaryo bo‘ylarida XI asrlarda yashab, o‘zbek xalqining
tarkibiga kirganliklarini (g‘arbiy qipchoqlar o‘zbek xalqi tarixiga keyinroq, XIV-XVI asrlarda
qo‘shilganligini) aytgan va O‘zbekistondagi qipchoq urug‘lari nomi va ularning til xususiyatlari
hozirgacha Respublikamizning deyarli hamma viloyatlarida saqlanganligini ta’kidlagan. Shuningdek,
ko‘chmanchi qipchoqlarning bir qismi Dashtiqipchoqda qolib, XV asr 80-yillarida turk-mo‘g‘ul
qavmlari bilan qozoq xonligiga asos soldilar, deydi [6, 29, 43].
Dashtiqipchoq toponimining qipchoq etnonimiga aloqasi haqida O‘zbekistonda etnologiya
sohasining asoschilaridan hisoblangan B.Ahmedov, A. Asqarov va K.Shoniyozovlarning
ma’lumotlari, ayniqsa, diqqatga molik. Dashtiqipchoq hududi va qipchoq aholisining qadimda yashash
va tarqalish o‘rni, nomlanishi haqida ularning ajoyib fikr-mulohazalari mavjud.
Akademik Ahmadali Asqarov ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshan
tog‘ tizmalarining g‘arbiy yon bag‘rlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlar
XI-XV asrlarga oid arab-fors manbalarida Dashtiqipchoq deb tilga olingan. Dashtiqipchoq aholisi
sharq manbalarida- qipchoqlar, ruslarda-poloveslar, vizantiyaliklarda-kumanlar, vengerlarda-kunlar
(gunlar) deb atalganligi ham ta’kidlanadi. Dashtiqipchoq ikki, ya’ni sharqiy va g‘arbiy qismlardan
iborat bo‘lgan. G‘arbiy qismiga Yoyiq (O‘rol) va Itil (Volga) daryolaridan to Dneprgacha bo‘lgan
hududlar kirgan. Undan Sharqqa tomon cho‘zilgan dashtlar sharqiy Dashtiqipchoq hududlarini tashkil
qilgan. Yoyiq daryosi ularning chegarasi hisoblangan.
XIII asr boshlarida Dashtiqipchoqqa mo‘g‘ul istilochilari kirib keldi. Qipchoqlar XIV-XV
asrlarda guruh-guruh bo‘lib, Shimoliy Kavkazda, Qirimda, Volga Bo‘ylarida, O‘rol tog‘oldi
mintaqalarda, Dashtiqipchoqning sharqiy qismida, Yettisuvda yashar edilar. Amir Temur Sirdaryoning
quyi qismda yashovchi qipchoqlarni Movarounnahrga ko‘chirgan. Ular tarkibi jihatdan: arlot, baxrin,
burqut, do‘rman, iyjon, qtoy, qarluq, mojor, qipchoq, qiyot, qo‘ng‘irot, qurlovut, mang‘it, nayman,
nukus, tangut, uyg‘ur, markit, qo‘shchi, o‘tarchi, jot, chimboy, kenagas, uyshin, tuboyi, toymas, echki,
tuman-ming, shodbaxtli va boshqalardan iborat bo‘lgan. Bu qabilalar XIII asr boshlaridan tarix
maydonida
Do'stlaringiz bilan baham: |