ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
100
Masalan, maktabgacha ta’limda bolalar ko‘proq ko‘rish, eshitish va mazasini tatish “yeb ko‘rish”
orqali turli narsalar, voqealar, jarayonlarning sabablarini, natijalarini bilib borsalar, umumiy o‘rta ta’lim va
maxsus maktablarda va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish, o‘rganish, tanishish, mustaqil
faoliyat orqali turli xil voqeliklarning sabablari, natijalari, oqibatlarini o‘rganib boradilar. O‘quvchilar o‘rta
maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida, san’at maktablarida, litseylarida va kasb-hunar kollejlarida,
tasviriy va amaliy san’at ustaxonalarida, xalq ustalari ijod xonalarida “ustoz-shogird” tizimida, kasb-
hunarlarni o‘rgatish markazlarida turli xil kasb hunarlarning sir asrorlarini o‘rganishlarida o‘qituvchi-
pedagoglar xilma-xil usullar, uslublar, metodikalar yordamida o‘quvchi yoshlarda turli xil bilim, ko‘nikma,
malakalarni shakllantirib va rivojlantirib boradilar.
Tasviriy va amaliy san’at o‘qituvchilari barcha o‘qituvchi-pedagoglar kabi umumkasbiy, umumpedagogik,
umumpsixologik, umummadaniy, umuminsoniy xislat va fazilatlarga ega bo‘lishi bilan barcha fanning
xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘ziga xos o‘qitish metodikasiga, texnologiyasiga hamda bilim, ko‘nikma va
malaka (BKM) larning tegishlicha hajmiga ega bo‘lishi lozim. Mazkur kasb o‘qituvchisining bilimlari
quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi lozim:
1.
Siyosiy, ijtimoiy mafkuraviy, g‘oyaviy, prezidentlik boshqaruvi mohiyati, mamlakatning
tashqi, ichki va qo‘shnichilik siyosati mohiyati, Prezident devoni, Oliy majlis, Palatalar, Vazirlar
Mahkamasi, vazirliklar va hokimiyatlar, mahalliy boshqaruvi mohiyati va boshqalar.
2.
Tasviriy va amaliy san’at o‘qituvchisining ko‘nikma va malakalari o‘z fanini puxta bilishi
fanning amaliylik, ijodiylik, ko‘rsatmalilik, mujassamlashganligi (integrativlik) xususiyatllaridan kelib
chiqib alohida o‘quv-metodik, moddiy jihozlar, materiallar, bo‘yoqlar, yelimlar ta’minotiga muhtojligini
e’tiborga olishi, ushbularni amalda qo‘llay olishi; Ranglarni farqlay olishi, xususiyatlarini aniq bilishi,
ahamiyatini tushinishi, chizmalar, chiziqlar, shakllar, natyurmort, manzaralar, kompozitsiyalar tuza olishi,
tasviriy va amaliy san’at tarixi, yo‘nalishlari, sohalari bilan tanish bo‘lishi va ularni amalga joriy eta olishi;
Ranglar koloritini tanlay olishi, uyg‘unligini his etishi va boshqalar.
3.
Ushbu fan o‘qituvchisining pedagogikva kasbiy mahorati. O‘qituvchi turli xil dars va darsdan
tashqari tarbiyaviy tadbirlarning, mashg‘ulotlarning an’anaviy, noan’anaviy, innovatsion va kreativ
shakllarini, metodlarini bilishi, vositalariga ega bo‘lishi va amalga joriy eta olishi. O‘g‘zaki (notiqlik),
yozma (dabirlik), chizmakashlik (me’morchilik) nutq madaniyatiga ega bo‘lishi. O‘z pedagogik
faoliyatining shaxsiy, hududiy, mahalliy, mintaqaviy, haqiqiy darajalariga ega bo‘lishi, o‘z-o‘zini
rivojlantirishi rejalariga, komponentlariga ega bo‘lishi, o‘z-o‘zini tahlil va tashxis qilish (automonitoring)
o‘z-o‘zini baholash, o‘z pedagogik va kasbiy mahoratini takomillashtirish layoqatiga ega bo‘lishi lozim.
Tasviriy va amaliy san’at o‘qituvchi va pedagoglarning faoliyatini ko‘p vaqtlar davomida kuzatishlarni,
olib borilgan izlanishlarni tahlil qilib, umumiylashtirib, ularning faoliyatini hozirgi davr talablari bilan
uyg‘unlashtirish kasbiy mahoratlarini takommillashtirish uchun quyidagi xulosalarni chiqarib, taklif va
tavsiyalarni keltirish joiz hisoblanadi:
1.
O‘qituvchi pedagoglarni kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini
oshirish va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish jarayoni mazmuni, tuzilishi bilan, tabiat va jamiyatdagi
yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o‘zgarishlarning ijtimoiy buyurtmasining mos kelmasligi;
2.
Tasviriy va amaliy san’at o‘qituvchi - pedagoglarining oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida
kasbiy tayyorgarlik jarayonida o‘zlashtirayotgan BKMlarining pedagogik tizimda amalga joriy etish,ishida
jiddiy yetishmovchiliklar mavjudligi;
3.
Mazkur o‘qituvchilarning bevosita kasbiy xususiyatlariga mos keladigan maxsus, pedagogik,
psixologik, metodik, didaktik, BKMlarning amalda yetarli emasligi;
4.
Tasviriy va amaliy san’at ta’limi amaliy fanlardan hisoblanganligi sababli, uning o‘qitilishi,
o‘rgatilishida o‘quv-metodik va moddiy jihozlar, qurilmalar, moslamalar, materiallar ta’minoti jiddiy
ahamiyatga ega hisoblanadi.
5.
Hozirgi davrning taraqqiyoti qonuniyatlariga muvofiq, o‘quv dars, auditoriyadan tashqari
tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda samarali shakllarini tanlashda va amaliyotga joriy etishda innovatsion
metodikalardan, texnologiyalardan yanada ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |