ILMIY AXBOROTNOMA
FILOLOGIYA
2017-yil, 4-son
69
quyosh qahrabo may toʻla kosadir.
Gullagan oʻriklar
jon oʻrtaguvchi –
oq hijob yopingan shoʻx raqqosalar. (4. 171)
Ushbu she’r tabiat tasviri bilan boshlanib, “gullagan oʻriklar”, “oq hijob yopingan shoʻx
raqqosalar”, “kapalaklar kabi qizgʻish tabassum” kabi metaforik tasvirlarni kiritish bilan birga badiiy
vaqtni aniqlashtiradi. Makon esa lirik qahramon turgan joy. Hayot hodisalarining, ona diyorning
barcha puchmoqlari: qadrdon togʻlar, vodiylar, keng maydonlar, daryo va oʻrmonlaru tugʻilgan
xonadonga uzviy bogʻlanganida koʻrinadi. Hayot va voqelik bobolar, otalar yashagan, bolalar va
nabiralar ham yashaydigan makondan ayri holatda mavjud boʻlolmaydi. Ushbu makon dunyocha
chegaralangan va mahdud. Oʻzga dunyo yoki begona manzillar bilan mutlaqo bogʻliq emas. Lirik
turda makon va zamon masalasi boshqa turlarga nisbatan farqliroqdir. Chunki she’rda voqea emas,
balki qahramonning oniy kayfiyati tasvir etiladi. Bundan koʻrinadiki, lirik ifodada birlamchi va
ikkilamchi makon mavjudligi oydinlashadi. Birlamchi makon iztirob, tuygʻu, kechinma sodir
boʻladigan qalb boʻlsa, qalb egasining mana shu olamda mavjudligi esa ikkilamchi makonni anglatadi.
Lirik zamon ham juda katta ijtimoiy davr yoki bir onni qamrab olishi mumkin.
Sadlari oq, moviy ranga boʻyalgan,
hovlilar ustidan toshgan bulutlar.
Goʻyo sen shirakayf turk sultoniday,
tagingda oʻynoqlar chaqmoqday tulpor.
Oʻtasan goʻyoki afsonalardan,
nim qarab tor koʻcha goʻzallariga,
lablaring choʻzilar
dudoqlarida
gʻunchaday yashringan boʻsalariga. (4. 171)
Ijodkor ongida tugʻilgan fikr tasavvur orqali oʻquvchi koʻz oʻngida gavdalantiriladi. Birgina
“goʻyo” soʻzi orqali makon shoirning ongiga koʻchadi. “Turk sultoniday”, “chaqmoqday tulpor”,
“afsonalardan”, “tor koʻcha goʻzallariga” ramziy jumlalari lirik holatni ifodalaydi. Bu yerda bahor
fasli real zamon boʻlib kelmoqda.
Hamal oʻt nafasli milyonta qizlar,
gullagan oʻriklar kabi tizilgan.
Kapalaklar kabi qizgʻish tabassum
tinmay qoʻnaverar
rangpar yuzinga…
Shoir oddiygina “tor koʻchalarda”gi bahor faslini tasvirlaydi. “Milyonta qizlar”, “gullagan
oʻriklar”, “qizgʻish tabassum” kabi lirik komponentlar asotsiativ tasvirda badiiy xronotopni aks
ettirishga xizmat qiladi. Real vaqt, ya’ni bahor faslining ajoyib tarovati, goʻzalligi lirik qahramon ongi
orqali tasvirlab beriladi. Ushbu tasviriylik shoir ijodini oʻziga xos yoʻnalishi hisoblanib, kitobxon
tasavvurini ham boyitadi. Xronikal tasvirga asoslangan she’rlar boshqa tur she’rlaridan u qadar farq
qilmasa-da, oʻziga xos obrazlar olami va gʻoyaviy nuqtai nazar bilan ajralib turadi. Muhimi, zamon va
makon omillari asar loyihasidagi oʻrnini yoʻqotmasa bas (5. 55).
Shavkat Rahmonning “Qiyos” she’ridagi xronikal tasvirda tabiiy jarayonlar (sahar, tun, bogʻ,
anhor) tasvirga tortilib, unda lirik qahramonning oʻy-kechinmalari oʻz aksini topadi. She’r sujetidagi
ma’lum vaqt va makon lirik qahramon tuygʻularining harakatga kelgan aniq holatini oʻzida mujassam
etadi.
Kuzatdim –
har olma rangin sayyora,
sollanib turar hur shabbodalarda,
limilllagan anhor eshilib oqar –
shamolda tebrangan
shalabbo parda.
Tun kelar,
qadimiy osoyishta tun,
oy haydar bulutlar –
Do'stlaringiz bilan baham: |