Social approaches in understanding of social solidarity Abstract. This article considers the issues of human comparison, how their interests are with
the interests of others. As well studied and identified relevant research questions of foreign scientists.
Keywords: social solidarity, the liberty to personalities, society, culture, problems, moral
estimation, mental development, public will, humanity value.
Ijtimoiy hamjihatlik tabiatiga koʻra uygʻunlik va umumiylik kabi ikki muhim va ajralmas
komponentlardan iborat. Bu muayyan va aql bilan yuritiladigan ijtimoiy tartib tufayli jamiyatda u yoki
bu nisbatda mavjudligini aniqlash mumkin. Jamiyat har xil insonlarni oʻz ichiga olgan bir butunlik
boʻlib, ularning har biri uning ajralmas qismi hisoblanadi va jamiyatga maksimal tegishliligini his
qiladi. Insonlar jamiyat hayoti tasnifi va shartlarini oʻzinikidek qabul qiladi.
Inson oʻzi istiqomat qiladigan ijtimoiy borliqning ahamiyatini anglashi uchun shaxs nafaqat oʻz
xavfsizligini hurmat qilishi, balki oʻz intellektual va ijodkorlik qobiliyatlaridan e’tiborlilik bilan
foydalanishi shart. Oʻzbekistonning sotsial rivojlanishida ijtimoiy hamjihatlik inson oʻz manfaatlarini
boshqalarning manfaatlari bilan qanchalik tenglashtira olish masalasi dolzarb hisoblanadi.
Lekin F.Bekon va R.Dekart tomonidan ishlab chiqilgan inson tabiatini bilish uslublarida inson
ontologiyasi boshqalar yaqin munosabatda boʻladigan shaxs sifatida aks etgan. Insonning intellektual
va dunyoqarash taraqqiyotini toʻliq oʻrganish imkonini bermadi. Ushbu jarayonni oʻrganish orqali
inson qanchalik oʻz tabiati mohiyatini anglashi va boshqalar bilan munosabatlar oʻzininig ziddiyatli
rivojlanish ahamiyatliligini anglashini bildiradi.
Inson tabiatining turfa xilligiga I.Kant alohida e’tibor qaratgan. Kantning fikricha, inson tabiati
ikki xil – u empirik, tuygʻuli olam va ma’naviy olam mavjudotidir. Empirik olam inson zaruriyatini
boʻysundiradi, yashash uchun muntazam kurashishga majbur qiladi, natijada atrofdagilar uchun
noqulay va hatto, zararli harakatlarga olib keladi.
Bir-birini muhofaza qilish uchun insonlar nafaqat aniq belgilangan huquqiy kelishuv, balki
insonning axloqiy tabiatini muntazam kamolotga yetaklovchi oliy axloqiy qonun shaklida oʻzaro
kelishishlari lozim. Ushbu axloqiy qonun ongli tarzda amalga oshirilishi uchun bu qonunning
belgilangan obyektiv-funksional asoslari va har bir insonning subyektiv, individual tafakkuri
jarayonlarining oʻzaro bogʻliqligini bilish kerak. Har bir kishining ichki xohishi va qonun insonlarning
bir-biriga yordam beradi va oʻzaro toʻldiradi. Kantning aytishicha, ushbu xususiyatlarni oʻzida
jamlagan inson ijtimoiy birdamlikka boshlovchi universal axloqiy asoslarni mustahlamlashi mumkin.
Kant “Xohish u yoki bu qonunlar haqida tushuncha bilan birgalikda xatti-harakatni belgilash
qobiliyatidir. Va bu qobiliyat faqatgina ongli mavjudotlarga xos”[1] deb hisoblagan. Insonning oʻzi
oliy axloqiy qonunni yaratishi yoki aniqrogʻi anglashi shart. Uning qanday muntazamliligini anglash
orqali insonlar orasidagi munosabatlar barqarorlashadi. Shu sababli, oliy axloqni izlash va belgilash