ILMIY AXBOROTNOMA
PEDAGOGIKA
2017-yil, 4-son
139
(juftlikda ishlash), kichik guruh – kichik guruh, kichik guruh – sinf va boshqa tashkiliy shakllar
qoʻllaniladi [3,102- bet].
Hamkorlikda oʻqitish nima uchun kerak?
Hamkorlikda oʻqitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
-
oʻquvchilarda ijodkorlik qobiliyatlarni rivojlantiradi
-
oʻquvchining oʻrganish jarayonini boyitadi:
-
oʻquvchilarda materialni oʻrganishga ishtiyoq uygʻotadi;
- oʻquvchilarning oʻz shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini
kengaytiradi;
- axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
oʻquvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
turli xil madaniyat va ijtimoiy–iqtisodiy guruhlar oʻrtasida ijobiy oʻzaro munosabatlarni oldinga
suradi.
Hamkorlikda oʻqitish texnologiyasiga asoslangan mashgʻulotlarni oʻziga xos turlarga ajratish va
ularni amalda qoʻllash tizimi mavjud boʻlib, quyida shu mashgʻulotlardan ayrim namunalarni koʻrsatib
oʻtamiz:
•
davra suhbati;
•
roʻyxat tuzish;
•
muammolar yechishni tashkil qilish;
•
bir daqiqalik ishlar;
•
juftlik izohlari.
Bu mashgʻulot turlarining koʻpida oʻquvchilarni kichik guruhlarga boʻlish, ularga rollar va
vazifalar taqsim qilish koʻzda tutiladi. Masalan, “Ajurli arra” metodi. Ajur frantsuzcha “ajour”
soʻzidan olingan boʻlib, “bir yoqdan ikkinchi yoqqa oʻtgan, ikki tomoni ochiq” degan ma’noni
anglatadi. Bu metod bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Ular quyidagilardan iborat:
oʻquvchilardan bir nechta (4–5 kishilik) kichik guruhlar tashkil etiladi;
oʻquvchilarga beriladigan topshiriq va ularni bajarishda foydalaniladigan matnli materiallar bir
nechta asosiy qismlar (masalan, reja asosida bir nechta mavzular) ga qirqiladi;
mavzuchalar va ulardagi matnli ma’lumotlar guruhlarning har bir a’zosiga tarqatiladi;
guruh a’zolari matnli ma’lumotlardan foydalanib topshiriqni bajarishga kirishadilar;
guruhlarning yaxshi oʻzlashtiruvchi a’zolaridan ekspert guruhi tashkil etiladi;
ekspert guruhi a’zolari qoʻllaridagi topshiriqlarni hamkorlikda muhokama qilishib, boshqalarga
oʻrgatish rejasini egallashadilar;
ekspertlar oʻzlarining dastlabki kichik guruhlariga qaytishib oʻrganganlarini boshqa sheriklariga
oʻrgatishadi.
Oʻqitishda bunday yondashuv oʻquvchilarning hamkorlikda ishlashlariga va katta hajmdagi
oʻquv materiallarining oʻzlashtirilishiga olib keladi. Bu metoddan foydalanuvchi pedagog –
oʻquvchilarga taqdim etilgan topshiriqni bajarishga doir materiallarni qunt bilan oʻrganishni,
birgalikda muhokama etishni, savol–javob qilishni, oʻrganganlarini boshqalarga oʻrgatishlari
zarurligini oldindan aytadi. Hamkorlikda oʻqitish texnologiyalarining muhim jihatlaridan biri
shundaki, unda oʻzaro manfaatdorlik mavjud boʻladi. Hamkorlik faoliyati esa oʻzaro manfaatdor
kishilar tomonidan amalga oshadi, ya’ni, hamkorlik → manfaat ustida quriladi. Shuning uchun,
hamkorlikda oʻqitish texnologiyasini amalga oshirayotgan vaqtda pedagogik faoliyatdan
oʻquvchilarning manfaatdor ekanligini, mashgʻulot davomida olingan bilim, koʻnikma va
malakalardan oʻquvchilar oʻz kelajaklarini qurishlari mumkin ekanliklarini tushuntira olish lozim.
Bunday vaziyatda oʻquvchilarda oʻqishga nisbatan qiziqish va ehtiyoj paydo boʻladi, ular esa
oʻquvchilarni oʻzlashtirishga majbur etadi. Ma’lumki, har qanday texnologiya ta’limning yangi
mazmunini shakllantiruvchi ta’lim tamoyillariga asoslanadi. Ta’lim jarayonining faol sub’ektlari
oʻqituvchi va oʻquvchilar boʻlib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari shundan iboratki, ma’lum mavzu
boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarni chuqur oʻzlashtirish imkonini beradi. Hamkorlik
texnologiyalarida didaktik jarayonning eng yaxshi tajribalari umumlashgan boʻlib, ular quyidagilardan
iborat:
qoʻllanish darajasiga koʻra: umumpedagogik;
falsafiy asoslarga koʻra: gumanistik;
Do'stlaringiz bilan baham: |