Ключевые слова:
психологическая мысль, идея, интерес, ценности, национальная
ценность, духовность, формирование духовности, нравственные качества, диагноз.
Use of national values in the process of studying the course of general psychology
Abstract:
In the article is given information of the meaning of psychological education to
increase the interest of the students to the following subject through development of the basis of
psychological ideas and education of Central Asian scientists and tasks of their spiritual development.
Keywords:
Psychological thought, idea, interest, value, national value, spirituality, the
formation of spirituality, moral qualities, diagnosis.
Oʻzbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ta’limning milliy
yoʻnaltirilganligi-ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uygʻunligi,
Oʻzbekiston xalqining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limning milliy taraqiyotining muhim
omili sifatida e’tirof etish...”. uzluksiz ta’limni tashkil etish va rivojlantirish prinsipi sifatida alohida
qayd etilgan [1,44]. Biroq bakalavriat yoʻnalishi (barcha ixtisosliklar) uchun amaldagi “Umumiy
psixologiya” (T., 2006) fani namunaviy dasturini ta’limning milliy yoʻnaltirilganligi nuqtai nazaridan
tahlili uning “Kirish” qismida ham mazkur predmet boʻyicha bayon qilingan ta’lim standartlarida ham
psixologiya fani professor-oʻqituvchilari oldida ta’lim mazmunini buyuk mutafakkirlarimiz meros
qilib qoldirgan boy ta’limiy milliy qadriyatlarimiz bilan uygʻun holda oʻrgatishga qaratilgan tavsiya,
koʻrsatmalar berilmagan. Shuningdek, oʻtkazilgan tahlillar mazkur fan namunaviy dasturining
ma’ruza, seminar va amaliy mashgʻulotlar, mustaqil ta’lim mazmunida ham talabalarni buyuk
mutafakkirlar va allomalarning psixologiya fani rivojiga qoʻshgan ulkan hissalarini oʻrganishga
yoʻnaltirilgan mavzu, savollar “... psixika haqida Sharq mutafakkirlari (Al Xorazmiy, Al Forobiy, Abu
Ali ibn Sino, Ibn Rashid, Gʻazzoliy, Ahmad Yassaviy, Baxouddin Naqshbandiy, Abu Bakr Ar Roziy,
Umar Hayyom, Alisher Navoiy va b.q.)larning psixologik qarashlari” (I bob). “Temperament turlari
toʻgʻrisida Abu Ali ibn Sino qarashlari” (VII bob)dan tashqari qayd etilmaganligidan dalolat
bermoqda.
Shu munosabat bilan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish boshlangandan soʻng
chop etilgan. M.G.Davletshin, M.Toʻychiyevaning “Umumiy psixologiya” (T., 2002),
V.M.Karimovaning “Psixologiya” (T., 2000), “Psixologiya” ma’ruza matni (T., 2001),
E.Gʻoziyevning “Psixologiya” (T., 2003), P.U.Ivanov, M.E.Zufarovning “Umumiy psixologiya” (T.,
2008) darsliklarining tahlili ularning mavzulari mazmuniga qomusiy olimlarimizing boy milliy merosi
juda ham kam singdirilganligini alohida ta’kidlash joizdir.
Bu esa yuqorida koʻrsatilgan didaktik vositalar I.A.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining IX sessiyasida soʻzlagan nutqida “Axir, darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va
millat mafkurasining eng ilgʻor namunalari aks etishi kerakmasmi”, [2,8] -deb qoʻygan savoliga toʻliq
javob bera olmaydi.
Psixologiya ta’lim mazmunini milliy qadriyatlarimiz bilan ma’lum darajada boyitishda
M.Salaxutdinovaning “Markaziy Osiyoda psixologik fikrlar taraqqiyoti” uslubiy qoʻllanmasi
(Samarqand: SamDU nashri, 2006. -44 bet) xizmat qiladi. Unda muallif Markaziy Osiyo
mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur, temuriylar
davri namoyondalari Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Bobur, Mirzo Shohiy va shu davrda yashab ijod etgan
buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy asarlarida berilgan psixologik kategoriyalar va ularning mazmuni
bugungi psixologiya fani kategoriyalari ta’rifi bilan solishtirilgan hamda olimlar ijodida shaxs ruhiy
holatlari, bilish jarayonlari, shaxs va jamiyat, shaxsiy xususiyatlarga doir ma’lumotlar ajratib olingan
va ilmiy tahlil qilingan.
Mazkur kamchilikni ma’lum darajada bartaraf etish maqsadida “Umumiy psixologiya” fani
oʻquv dasturining mavzu va savollari bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qomusiy olimlarimizning
psixologiyaga doir boy ilmiy merosini namoyon qilish, ular orasidan boʻlajak oʻqituvchilar pedagogik
Do'stlaringiz bilan baham: |