Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
SOTSIOLOGIYA
 
 
2017-yil, 4-son 
42 
xalqaro minbarlardan bot-bot takrorlab kelmoqda. Bundan tashqari, yuqorida sanab oʻtilgan 
tashkilotlar ish-faoliyati ustidan bevosita parlament nazoratini joriy etish maqsadida mazkur 
tashkilotlar qoshida parlament assambleyalarini tashkil etishga qaratilgan global chaqiriqlar yil sayin 
kuchayib borayotganligini kuzatish mumkin. 
Parlamentning an’anaviy qonun ijodkorligi va ular ustidan nazorat, oʻzaro tiyib turish va 
manfaatlar muvozanatini ta’minlash kabi asosiy funksiyalarini oʻz siyosiy ta’limotlarida ilmiy asoslab 
bergan olimlarning qarashlarini ba’zan notoʻgʻri talqin qilish hollari uchrab turadi. Jumladan, siyosiy 
fanlar taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan Jon Lokk va Aleksis de Tokvil singari mutafakkirlarning 
parlament nazorati funksiyalarining asosan ichki siyosatga nisbatan joriy etilishi borasidagi 
nazariyalarini roʻkach qilib, tashqi siyosat, xavfsizlik va mudofaa masalalari parlament nazorati tatbiq 
etiladigan sohalar sifatida qaralmasligi kerak, qabilidagi ilmiy tortishuvlar mavjud. Shunga qaramay, 
bugungi kunda tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari ustidan ham xuddi ichki siyosiy jarayonlarda 
boʻlgani singari parlament nazorati va monitoringini olib borishga toʻsiq boʻladigan hech qanday 
prinsipial tartib-taomillar yoʻq degan qarashlar ustuvorlik qilmoqda. 
Parlamentlararo tashkilotlar soni va ta’sirining oshib borishi, parlament diplomatiyasi va 
xalqaro parlamentlararo hamkorlikning rivojlanishi har doim ham silliq kechmaganligini e’tirof etish 
maqsadga muvofiqdir. Jumladan, XX asrning oʻrtalariga qadar xalqaro parlament institutlari sonining 
kamligi, ular faoliyat doirasining cheklanganligi hamda parlamentariylarning tashqi siyosiy 
jarayonlardagi maqsad va vazifalarining ancha mavhumligi xalqaro parlamentlararo hamkorlik 
rivojiga gʻov boʻlganligini qayd etish joiz. Shu bilan birga, siyosiy keskinliklar, oʻzaro urush va 
nizolar oqibatida demokratik va umuminsoniy qadriyatlardan chekinish hollari roʻy beradiki, bu 
parlamentlararo hamkorlik istiqbollariga ham salbiy ta’sir koʻrsatadi. 
E’tirof etish kerakki, bugungi kunda xalqaro parlament institutlarining ta’siri va nufuzi yuksalib 
borishi zamirida mazkur tashkilotlarni global va mintaqaviy ahamiyatga molik boʻlgan umumbashariy 
muammolarni hal etish ishiga koʻproq jalb etilayotganligiga guvoh boʻlmoqdamiz. Ularning faoliyat 
koʻlami barqaror ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv (good governance), inson 
huquqlarini himoya qilish, tamaddunlararo va dinlararo muloqot, atrof-muhitni muhofaza qilish, 
demografik masalalar, urush va tinchlik muammolari, yadroviy qurolsizlanish va ommaviy qirgʻin 
qurollarini nazorat qilish, xalqaro terrorizmga qarshi kurash kabi rang-barang sohalarni qamrab olgan. 
Ayni jarayonlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan Parlamentlararo Ittifoq hozirgi 
davrda global parlament hamkorligining episentri hisoblanadi. Oʻz davrida mazkur tashkilot ilk, 
doimiy, ikki tomonlama va koʻp tomonlama siyosiy muloqot forumi sifatida mojarolarni muzokaralar 
yoʻli bilan hal etish hamda xalqaro tinchlikni ta’minlashni maqsad qilib olgandi. Oʻtgan yillar 
mobaynida xalqaro aloqalarning rivojlanishi, demokratik prinsiplarning jahon mamlakatlari siyosiy 
tizimlaridan keng oʻrin olishi, integratsion jarayonlarning chuqurlashuvi kabi ulkan oʻzgarishlar 
negizida Parlamentlararo Ittifoqning faoliyat koʻlami ham kengayib, umumjahon parlament harakatini 
qoʻllab-quvvatlash, xalqaro parlamentlararo munosabatlarni kengaytirish, tinchlik va xavfsizlikni 
ta’minlash masalalarida milliy parlamentlarni oʻzaro yaqinlashtirish, ekologik vaziyatni yaxshilash, 
ommaviy qirgʻin qurollarining tarqalishini nazorat qilish hamda insoniyatni tashvishga solib turgan 
boshqa koʻplab global muammolarni ochiq muhokama etishning oʻziga xos xalqaro forumiga aylandi. 
Bundan tashqari, Parlamentlararo Ittifoq doirasida parlamentariylar umumbashariy muammolarni 
bartaraf etish uchun milliy hukumatlar va xalqaro tashkilotlarga zarur ekspert koʻmagi, aniq siyosiy 
taklif va tavsiyalarni berib kelayotganligini ham nazardan qochirmaslik kerak. 
Turli davlatlarning konstitusiyaviy tizimlari bir-biridan farq qilsa-da, parlamentlar butun 
dunyoda demokratiyaning markaziy instituti hisoblanadi. Qayd etish kerakki, soʻnggi paytlarda BMT 
Parlamentlararo Ittifoq yordamida milliy parlamentlar bilan hamkorlikni izchil yoʻlga qoʻyib, oʻzining 
faoliyatida parlament omilini kuchaytirishga harakat qilayotganligini koʻrish mumkin. Parlamentlararo 
Ittifoqning xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida milliy parlamentlarni 
yaqinlashtirishdagi sa’y-harakatlari BMT Bosh Assambleyasi tomonidan yuqori baholandi. 
Shuningdek, “BMTning Mingyillik Deklaratsiya”sida milliy parlamentlar bilan uzviy hamkorlikni 
yanada jonlantirish hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot, 
xalqaro huquq, demokratiya va gumanitar masalalarda Parlamentlararo Ittifoq bilan hamjihatlikda ish 
yuritish dolzarbligi bayon etilgan.



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish