Globalization and its influence to “Mass Culture” in social life
Abstract.
In the article the processes of globalization and its influence to “mass culture” in
social life are analyzed. Nowadays the process of globalization and information lead to increase the
influence of “mass culture” to life of society and to enlarge the process of globalization in the sphere
of spiritual life. “Mass culture” influences to the issues of persons’ behavior and social life. The issues
of relationships, links and development are analyzed.
Keywords:
globalization, informational – communication, informational society, civilization,
social life, “mass culture”, spiritual globalization.
Hozirgi davr jahon miqyosida globallashuv jarayoni kuchayayotgan, insoniyatning
axborotlashgan jamiyat bosqichiga oʻtishi tobora chuqurlashib borayotgan davrdir. Tezkor axborot va
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida dunyodagi turli xalq va elatlar orasida
globallashuv jarayonlari sodir boʻlayotgan vaqtda butun insoniyat, jumladan xalqimiz ham
ma’naviyatga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan turli mafkuraviy tahdidlar ostida yashamoqda.
Bugungi kunda globallashuv insoniyat jamiyati taraqqiyoti va ijtimoiy jarayonlarning jahon
miqyosida integratsiyalashib, olamshumul ahamiyat kasb etib borishini oʻzida ifodalovchi tushuncha
boʻlib, globallashuv kommunikatsiya vositalaridagi tub oʻzgarishlar, investitsiyalardagi yangi
jarayonlar, dunyoga yangicha qarashning vujudga kelishida namoyon boʻladi. Globallashuv muayyan
hodisa, jarayonning koʻplab mintaqalar, davlatlar va butun yer yuzini qamrab olganini hamda
ularning insoniyat taqdiriga daxldor ekanligini anglatuvchi tushunchadir.
Shu bilan birgalikda, ayni paytda globallashuv zamonaviy sivilizatsiya taraqqiyotining muhim
xususiyatini oʻzida ifodalab, u jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy
sohalarini qamrab oladi. Hech qanday milliy chegaralarni tan olmaydigan, dunyoda umumiy
texnologik va axborot maydoni yuzaga kelayotganini ifodalovchi texnologik globallashuv, ijtimoiy-
siyosiy jarayonlarni oʻzida ifodalovchi siyosiy globallashuv, fan, madaniyat, ta’lim va axloq
sohasidagi jarayonlarni ifodalovchi ijtimoiy-madaniy globallashuv jarayonlari sodir boʻlmoqda.
Globallashuv jarayonining yana bir oʻziga xos jihati uning mafkuraviy ta’sir oʻtkazish vositasi
sifatida gʻoyaviy jarayonlarga ta’sir koʻrsatishidir.
Globallashuv jarayoni ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta’sir koʻrsatib, alohida
mamlakatlarni jahon hamjamiyati bilan bogʻlaydi. Bugungi kunda globallashuv jamiyat
taraqqiyotidagi qonuniy tarixiy jarayon boʻlib, globallashuv jarayoni insoniyat jamiyati yangi
sivilizatsiyaviy sifat oʻzgarishini oʻzida ifodalamoqda. Jamiyat hayotidagi bu yangi sifat darajasi
axborot-texnikaviy yoki axborot-kompyuter sivilizatsiyasi sifatida e’tirof etilmoqda. Axborot
texnologiyasi iqtisodiyot rivojlanishi, qishloq xoʻjaligi, sanoat, xizmat koʻrsatish sohalaridan keyingi
oʻrinni egallaydi.
Globallashuv va axborotlashuv barcha mamlakatlarning iqtisodiyoti, siyosati va ma’naviy
hayotiga oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Mafkuraviy globallashuv axborot vositalarining rivoji va bu sohada
sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlib, axborotni keng jamoatchilikka yetkazib beruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |