ILMIY AXBOROTNOMA
FALSAFA
2017-yil, 4-son
37
matbuot, radio, televidenie kabi hodisalarni oʻzida birlashtiruvchi ommaviy axborot vositalari (OAV)
jamiyat hayotiga ulkan ta’sir oʻtkazish imkoniyatiga ega. Radio, televidenie, Internet eng soʻnggi
ilmiy yangiliklarni qisqa vaqtda butun dunyoga ma’lum qilishga, ilm-fan, madaniyat, adabiyot va
san’at yutuqlaridan har bir odam foydalana olishiga zamin yaratmoqda. Internet bugungi axborot
makonining muhim boʻgʻiniga aylanib, bugungi kunda Internetdan nafaqat kompyuter tarmogʻi, balki
boshqa sohalarda ham foydalanilmoqda.
Ma’naviy hayotdagi globallashuv jarayonlari, ommaviy axborot vositalari, Internet, radio,
televidenie, uyali aloqa vositalari orqali axborotni yetkazishning faollashuvi ham ijobiy ham salbiy
oqibatlarni keltirib chiqarib, bir tomondan ma’naviy globallashuv natijasida ma’naviy hayotimizga
kirib kelayotgan ilm-fan, madaniyat va san’at, ma’naviy meros ijobiy ahamiyatga ega boʻlsa, ikkinchi
tomondan turli zararli gʻoyalar hamda mafkuralarning jamiyatimiz ma’naviy hayotiga kirib kelishi
barkamol avlodni tarbiyalash, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash vazifasini dolzarb
masala sifatida kun tartibiga qoʻydi. Shuning uchun ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalari
hamda yangi texnologik vositalar asosida xalqimiz hayotida sodir boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlar
haqida hikoya qiluvchi chuqur tahliliy ma’lumotlarni muntazam berib borish, fuqarolarning ijtimoiy
faolligini kuchaytirish, turli ijtimoiy toifa va guruhlarning qiziqish va intilishlari, hayotiy manfaatlarini
yoritish, fikrga qarshi fikr, gʻoyaga qarshi gʻoya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish tamoyilini
ijtimoiy hayotga keng tatbiq qilish har qachongidan ham dolzarbroq ahamiyat kasb etmoqda.
“Ommaviy madaniyat” bu – bir guruh shaxslar tomonidan oʻylab topilgan va ongli ravishda
targʻib qilinadigan, biror millat madaniyatiga dahli boʻlmagan gʻoyalar va udumlar yigʻindisidan
iboratdir. Ommaviy madaniyat bir oʻlchamli hodisa boʻlmay, u oʻziga xos tur va darajaga egadir.
Hozirgi zamon madaniyatshunosligida ommaviy madaniyatning 1. Kich, 2. Mid, 3. Art
madaniyatlaridan iborat uchta asosiy darajasi koʻrsatiladi. Kich – madaniyat, bu past darajadagi
vulgar, behayolar madaniyati, Mid – madaniyat, bu “oʻrtamiyona” madaniyat, Art – madaniyat, bu
ma’lum badiiy mazmun va estetik qiymatga ega boʻlgan madaniyatdir. “Kich” soʻzi nemislarning
“kitchen” soʻzidan hosil boʻlgan va saviyasi past, arzon va joʻn asar yaratib, sotishni bildiradi. Mid –
madaniyatning qamrovi keng va darajasi ancha baland boʻlib, u an’anaviy madaniyatning ayrim
xususiyatlarini aks ettirsa ham, ommaviy madaniyatga bevosita taalluqlidir. Art madaniyati odatda,
aholining bilimli qismiga moʻljallangan ommaviy madaniyatdir.
“Ommaviy madaniyat” bozordagi tovarga aylanib, muayyan xususiyatlar kasb etdi. Chunki,
talab, taklif, raqobat kurashiga asoslangan iqtisodiy munosabatlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarilgan mahsulotni xaridorga taklif qilish jarayonida uning goʻzalligi, ixchamligi, xaridorning
talab, ehtiyojiga toʻgʻri kelishini hisobga olish, mahsulotning dizayni va reklamasiga e’tiborni qaratish
“ommaviy madaniyat”dan tijorat sohasida foydalanish imkoniyatini yaratdi. Chunki turli rasmlar,
buyumlar, san’at turlari va namunalarida ham “ommaviy madaniyat”ga tayanilmoqda. Axborotlashgan
jamiyat sharoitida “ommaviy madaniyat”ni targʻib qilish, tarqatish imkoniyatlari nihoyatda kengayib
ketdi. “Ommaviy madaniyat”ning tub zamirida tijorat, moddiy manfaatdorlik mavjud boʻlib, asosiy
maqsad foyda olishga qaratilganidan soʻng odob, axloq, ta’lim, tarbiya, insoniylik degan
tushunchalarga qarama-qarshi ravishda axloqiy buzuqlik va zoʻravonlik, individualizm va
egotsentrizm gʻoyalari ham keng miqyosda targʻib tashviq qilina boshlandi.
XX asrning oʻrtalaridan “ommaviy madaniyat”ga ommaviy axborot vositalari kuchli ta’sir
oʻtkaza boshlagan boʻlsa, asr oxiriga kelib va XXI asrning boshlarida bu ta’sir yanada kuchaydi.
“Ommaviy madaniyat” yoki Gʻarbda aytilganidek “populyar kultura” bugungi kunda xalq va
millatlarning mumtoz madaniyatiga, san’atiga, uning boyliklariga qarshi kurashib, uning yutuqlarini
inkor qilib kelyapdi.
Shuning uchun bugungi kunda “ommaviy madaniyat”ning ma’naviy-axloqiy tubanliklaridan
davlatimiz fuqarolari, eng avvalo, yoshlarni asrab avaylash, ularni ogohlikka da’vat etish, oʻsib
kelayotgan yosh avlodimizning dilini, ruhiyatini, aql-idroki va umuman ma’naviyatini diniy
aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda jahonda yuz berayotgan siyosiy,
mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy manfaatlar yoʻnalishidagi kurashlarning xatarli ta’siridan
muhofaza qilishni ham oʻz ichiga oladi. Inson ongi va qalbi uchun kurash esa, eng avvalo, axborot
orqali, gʻoyaviy, mafkuraviy ta’sir koʻrsatish orqali olib boriladi. Biz yurtimizda yangi hayot
asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim, - degan edi Oʻzbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov, - Ya’ni, kommunistik mafkura va uning axloq
Do'stlaringiz bilan baham: |