ILMIY AXBOROTNOMA
IQTISODIYOT
2017-yil, 4-son
182
Oʻzbekiston ta’lim tizimi boʻyicha SWOT – tahlil
Kuchli tomonlari
Kuchsiz tomonlari
Jahon ta’lim tizimi tamoyillariga mos ravishda
milliy ta’lim tizimining yaratilganligi.
Ta’lim tizimiga davlat bosh siyosati darajasida
qaralishi.
Olingan bilimlar asosida istalgan kasb egasi
boʻlish imkonini berishi.
Milliy qadryatlarning e’zozlanishi va ularni
avlodlarga yetkazishga harakat qilinishi va
boshqalar.
Ta’lim siyosatini amalga oshirishda
moddiy va ma’naviy sharoitlarning
yaratilganligi.
Uzluksiz ta’lim tizimining bir boʻlagi
sifatida malaka oshirish kurslarining jahon
andozalari asosida qayta ishlab
chiqilganligi.
Rivojlangan davlatlar tajribasini qoʻllay
olishi uchun sharoitlarning mavjudligi
Imkoniyatlar
Tahdidlar
Zamonaviy sifat menejmenti, kreativlik
talablariga javob beradigan kadrlarning
yetishmasligi.
Innovatsion va korporativ, integratsion
hamkorliklarni yanada rivojlantirish zarurligi.
OTTda xalqaro standartlarga mos normativ
huquqiy bazani takomillashtirish zarurligi
Eskicha fikrlaydigan ayrim xodimlarning
konservatorlik va proteksionistik siyosati
Tahlildan kelib chiqadigan tavsiyalar:
1. Ta’lim sifatini ta’minlash jarayoni professor-oʻqituvchi va talabaning fan doirasidagi harakatining
kasbiy faoliyat obyektlari talablariga mos kelishiga qaratilgan intilish sifatida qarashdir. Ta’lim sifatini
ta’minlash muammosi doimiy xarakterdagi muammo boʻlib, ta’lim sifatini ta’minlash jarayoni ichki
va tashqi omillarga bogʻliq boʻladi.
2. Ta’lim sifatining ta’minlanishi asosan uni baholash asosida aniqlanadi va ta’limda belgilangan
talablarni bajarilishiga undovchi vosita hisoblanadi. Ta’lim sifatini ta’minlash jarayoni koʻpgina
omillarga hamda ta’lim sifatini baholash usullari hamda shakllariga bogʻliq boʻladi.
3. Ta’lim sifatini ta’minlash boʻyicha ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki, ta’lim
sifatini ta’minlash avvalo ta’lim sifatini baholash mezonlari orqali ta’minlanadi. Bular, institutsional
va ixtisoslashtirilgan baholash tizimlaridir.
4. ISO 9001 sifat sertifikati talablaridan kelib chiqqan holda talabalarning mustaqil ta’lim orqali
toʻplaydigan bilim va koʻnikmalarini on-line tizimdan foydalanib, masofaviy ta’lim jumladan
(Blended education, webinar, chat) kabilar innavatsion texnologiyalar orqali oʻtkazishni ta’minlab
borish.
5. Har bir OTM miqyosida muassasa rahbari huzurida talabalardan iborat “Ta’lim sifati” komissiyasi
tuzish lozim. Har semestr yakunida har bir fan boʻyicha tanlov asosida guruhdagi bir nafar talabadan
soʻrovnoma olish darkor. Olingan natija muassasa matbuot organida e’lon qilinishi kerak. Bu esa
moddiy boʻlmasada, ma’naviy motivatsiya rolini oʻynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: