ECTS (European Credit Transfer System) ta’lim natijalarini
baholash tizimini ishlab chiqish va qoʻllash, akademik mobillikni oshirishga koʻmaklashishni nazarda
tutadi. YeSTS quyidagi masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan:
- talabalarga chet ellarda oʻqishga yordam berish;
- bir oliy oʻquv yurtidan ikkinchisiga oʻqishni koʻchirganda oʻqish natijalarini taqqoslash va
qayta toʻldirishni ta’minlash;
-
chet el oliy oʻquv yurtlari oʻquv rejalariga tezkor kirish va akademik tan olishni ta’minlash.
OTM YeSTS tizimini joriy etishi uchun quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi:
-
oʻquv rejalarining aniq va tushunarliligini ta’minlaydi (oʻquv jarayoni toʻgʻrisida toʻliq
ma’lumotlarni batafsil bayon etadi);
-
akademik ixtisoslik (daraja)ni tan olinishida koʻmaklashadi;
-
oʻquv rejasida kurslar tarkibini, talabaning oʻquv yuklamasini va oʻqish natijalarini aniq
ifodalaydi;
-
oʻzining mustaqilligini saqlaydi hamda talabaning oʻqish natijalariga oid qabul qilingan
qarorlari uchun toʻliq javob beradi.
ECTS Yevropa Komissiyasi ERASMUS dastur loyihasining dastlabkisi sifatida yuzaga kelgan
boʻlib, undan koʻzlangan maqsad Yevropa hamjamiyatiga a’zo davlatlar oliy ta’lim tizimida barcha
ta’lim natijalarini akademik jihatdan tan olishni qoʻllab quvvatlashdir.
1992/93 akademik yillardan boshlab – Yevropa hamjamiyatiga a’zo davlatlar va Ozod Yevropa
savdo assosiatsiyasi (YeFTA) doirasida ta’lim natijalarining tan olinishi talabalarga oʻz tahsillarini
boshqa davlatlar oliy oʻquv yurtlarida davom ettirishga imkoniyat yaratdi va talabalar mobilligining
rivojlanishiga sharoit yaratdi.
ECTS olti yil mobaynida tajribaviy tekshiruvdan oʻtgan (1989/90 yildan 1994/95 yilgacha) va
buning uchun quyidagi beshta fan sohasi tanlab olingan: «Biznesni boshqarish», «Ximiya», «Tarix»,
«Tibbiyot», «Muhandislik mexanikasi». Talabalar almashinuvi tizimida Yevropa oliy oʻquv
yurtlarining 145 fakulteti qatnashgan. ECTS ta’lim natijalarini akademik tan olishning
markazlashuviga qarshi tizim boʻlib, oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi oʻzaro ishonchga asoslangandir.
Ushbu tamoyilni amalga tatbiq etish uchun ECTS bir qator qoidalarni oʻrnatadi: oliy ta’lim muassasasi
kurslari toʻgʻrisida ma’lumot olish imkoniyatini yaratish; talabalarni qabul qiluvchi va yuboruvchi oliy
ta’lim muassasalari oʻrtasida kelishuv; oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish natijalarini baholashning
yagona tizimini (ECTS ballari – kredit) ni tadbiq etilishi. ECTS tizimiga koʻra oʻquvchi bir semestrda
30 ta yoki bir yilda 60 ta kredit olishi mumkin. ECTS oʻz tuzilishiga koʻra toʻrtta asosiy qismni oʻz
ichiga oladi: axborot ta’minoti; bitim; kredit tizimi; akademik yilda talaba toʻplagan kreditlar
yigʻindisini aniqlash.