Kalit soʻzlar:
xizmat koʻrsatish, an`anaviy xizmatlar, xizmatlar bozori.
Важные направления в развитии сферы услуг
Аннотация.
В статье раскрыта роль сферы услуг в обеспечении занятости сельского
населения. А так же предложены научно обоснованные концепции развития сферы услуг на
селе
.
Ключевые слова:
услуга, традиционный услуги, услуги рынок
.
Important directions in the development of services
Abstract.
In the article the role of the service sector in securing the employment of the rural
population is disclosed. And also the scientific justification of the concept of development of the
service sector in the village is proposed
.
Keywords:
service, traditional services, market of services
.
Xizmat sohasini rivojlantirish aholi farovonligi va ish bilan bandlik masalasining hal boʻlishini
ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021-
yillarga moʻljallangan 5 ta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasida xususiy
sektorniahamiyatini oshirishga alohida e’tibor berilgan.Shuningdek, 2013-2016-yillarda qishloq
joylarda xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturiga koʻra, 2016-yilda xizmatlar
sohasini jadal rivojlantirib, uning yalpi ichki maxsulotdagi ulushini 54-56 foizga yetkazish,
xizmatlarning yangi, zamonaviy turlarini joriy etish, aholini, birinchi navbatda, qishloq joylarda
odamlarni ish bilan band qilish muammolarini hal etishdagi rolini oshirish chora tadbirlari koʻzda
tutilgan.
2013-2016-yillarda mamlakatimizda xizmatlar koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishning
asosiy konseptual yoʻnalishlari qoʻyidagilardan iborat boʻldi
1
:
1. Xizmatlar koʻrsatish sohasida tadbirkorlikning faolligini yanada kuchaytirish uchun qullay
shart-sharoit yaratish, xususan, bu boradagi rasmiyatchilik toʻsiqlarini bartaraf etish vazifasi qoʻyilgan.
2. Xizmatlar hajmini yuqori sura’tlarda oʻsishini ta’minlash va ularning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushini 2016 yilda 54-56 foizga yetkazish.
3. Xizmatlar va servis sohasida band boʻlgan aholining sonini muntazam oshirib borish.
4. Qishloq joylarda xizmat va servis sohasini jadal rivojlantirish, xususan, qishloq aholisiga
koʻrsatilayotgan xizmatlar, birinchi navbatda, komunal-maishiy, uy-joylarni ta’mirlash va qurish,
suvdan foydalanish, veterinariya, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tayorlash va mashina traktor parklari
sohasidagi xizmatlar hajmi va turlarini yanada oshirib borish.
1
Ushbu yo'nalishlar bevosita Prezidentning «O'zbekiston Respublikasida 2006-2010-yillarda xizmat ko'rsatish va
servis sohasini rivojlantirishni jaddalashtirish chora tadbirlari to'g'risida» gi (2006-yil 17-aprel) qarorda va
«O'zbekiston Respublikasida 2012-2016-yillarda xizmat va servis sohasini rivojlantirish dasturi» da keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |