Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 
 
2017-yil, 4-son 
174 
motivatsion-qimmatli xususiyati va aniqlik darajasi bilan tavsiflanadi, shuningdek, hamkorlikdagi 
faoliyat ongning tarkibini shakllantiruvchi interiorizatsiya jarayoni tufayli ontogenezning dastlabki 
bosqichlarida shakllanuvchi, betoʻxtov oʻzgarib turuvchi sensor axborot oqimiga (I.Kantga borib 
taqaluvchi gʻoya) quyiluvchi barqaror va invariant sxema yoki tuzilmalarni tashkil qiladi. SHu tariqa 
uning ichki nutqi, predmetlilik va belgili tuzilmalar vositasida ifodalanuvchi ijtimoiy xususiyati kabi 
asosiy xislatlari bilan belgilanadi (A.V.Petrovskiy, M.G.YAroshevskiy). 
B.G.Anan’ev insonning shaxs sifatida tizimli rivojlanishini toʻrt xil – individ, individual, 
sub’ekt va ob’ekt tavsifnomalariga taqsimlagan. Bunda insonning shaxs sifatida shakllanishi, 
individualizatsiya, sub’ektivatsiya va ob’ektivatsiyadan iborat, ularning mahsuli va shartlari esa 
shaxsdagi temperament, xarakter, motivatsiya va qobiliyatlarda namoyon boʻladi. Bu tuzilmalarning 
yaxlit mavjud boʻlishi shaxs shakllanishi jarayonining xususiyatlarini, ulardan birontasining ustunlik 
qilishi esa – uni yoʻnalganlik xususiyatlarini belgilab beradi. Ta’kidlab oʻtamizki, ong oʻzini anglash 
jabhalari tizimida insonning shaxs sifatida rivojlanish jarayonini tushunish uchun ba’zida oʻzini-oʻzi 
anglashni ifodalovchi internallik va ongni ifodalovchi eksternallikdan foydalanish mumkin, bunda 
ularning birinchisi tashqaridan ichkariga, ya’ni tashqi ijtimoiy muhitdan ichki ruhiyatga yoʻnalgan 
boʻlsa, ikkinchisi tashqariga yoʻnalgandir. Internallik insonning koʻngilli ravishda oʻzi va jamiyat 
oldiga qoʻyuvchi mas’uliyatini, eksternallik esa uning ijtimoiylashuv, ijtimoiy borliqqa qoʻshilish 
jarayonlarini aks ettiradi. Bunda internal oʻzini-oʻzi anglash his-tuygʻular bilan birgalikda tashqi 
madaniyat ta’siri ostida shakllanadi, eksternal ong faolligi esa nutq va ehtiyoj shakllarida namoyon 
boʻluvchi ekstravertlikda ifodalanadi. 
Shunday qilib, insonning oʻzini-oʻzi anglashi, oʻzini bilib olishi murakkab muammolardan biri 
boʻlib, ilk bora Suqrot tomonidan faqat shaxs ichki dunyosini bilish tamoyili nuqtai nazaridan 
oʻrganilgan edi. Shaxsning ongli hayotida oʻzini-oʻzi anglashining ahamiyati shundaki, ushbu 
fenomen odamni amaliy faoliyatga kirishishdan oldin “oʻzingni boshqarishni oʻrganish uchun oʻzingni 
bilib olishing lozim” degan tamoyil asosida yashashga oʻrgatadi. R.Dekart ong tushunchasini tashqi 
dunyoni emas, faqat oʻzinigina aks ettirishga qodir dunyo sifatida ta’riflab, oʻzini bilib olish, ya’ni 
oʻzini anglash tushunchasini kiritdi. Oʻzini-oʻzi anglash oʻsha paytda atrof-muhitdan ajralib, oʻzini 
izolyasiyalagan holda oʻzini-oʻzi kuzatish (introspeksiya)ga teng hisoblangan. Keyinroq V.Vundt 
oʻzini anglashni his-tuygʻu elementlaridan tarkib topuvchi va ong mazmunidan ajralib turuvchi 
ongning bir holati sifatida belgilagan. 
Yuqorida nomi qayd etib oʻtilgan mualliflardan tashqari, oʻzini anglash muammolari falsafa va 
psixologiyaning turli yoʻnalishlari vakillarining asarlarida ham oʻz aksini topgan, jumladan, Gegel, 
L.Feyerbax, U.Djems, K.Rodjers, E.Erikson, R.Berns, M.L.Raust fon Vrixt, K.Xorni, M.Kun, 
T.Makpartlend, E.Diksteyn, D.M.Bolduin, CH.X.Kuli, D.G.Mid, P.Jane, I.S.Kon, L.N.Leontev, 
S.R.Rubinshteyn, B.V.Zeygarnik, V.V.Stolin, A.A.Bodalev, A.B.Orlov, I.I.CHesnokova, 
V.A.Petrovskiy va boshqalarning ilmiy izlanishlarini ta’kidlash mumkin. 
Shuningdek, Sharq mumtoz adabiyotida ham oʻzini-oʻzi anglash, oʻzini-oʻzi tarbiyalash bilan 
komillik darajasiga erishish masalasiga jiddiy e’tibor berilgan. Qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino: 
“Oʻzimni qanchalik izlasam ham, hech topa olmadim”, – deb yozadi. 
Oʻrta asrlarda yashagan faylasuf, ilohiyotshunos olim Abu Homid Gʻazzoliy “Kimiyoi saodat” 
(Ruh haqiqati) asarining bir necha boblarini oʻzini anglashning inson uchun ahamiyati haqida yozadi: 
“Hech narsa oʻzingga oʻzingdan yaqinroq ermas. Oʻzingni tanimasang, oʻzgani nechuk tanigʻaysan?” 
Olim oʻzini tanish, anglash bilan, oʻz kamchiliklarini (nafsini) yoʻqotish komillik yoʻlidagi dastlabki 
bosqich deb biladi.
Sharq va Gʻarb dunyosi tanigan faylasuf, shoir Jaloliddin Rumiyning ta’kidlashicha, 
“Zamonamiz olimlari (hamma narsani biladilar) oʻzlarini bilmaydilar. Hamma narsadan yaqin boʻlgan 
borliq, bu – ularning menligi”, – deb yozishida chuqur ma’no mavjuddir. 
Gʻazal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy “Lison ut-tayr” asarida ramziy ma’nolarda – 
hamma narsa insonning oʻzida yashiringanligini, oʻzligini izlagan kishi uni topishi mumkinligi 
ta’kidlanadi. 
Oʻzini-oʻzi anglash muammosi Umar Xayyom, Jaloliddin Rumiy, A.Gʻijduvoniy, A.YAssaviy 
va boshqalarning asarlaridagi bosh gʻoyani tashkil etsa, A.Qahhor, Oybek, E.Vohidov va boshqa 
zamonaviy adiblarning ijodlarida ham oʻzlikni anglash motivlarining ahamiyatiga e’tibor qaratiladi. 
Ularning har biri oʻz asarlarida insonning oʻz mohiyatiga kirib borish jarayonlari mexanizmini 



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish