Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2017-yil, 4-son (104) gumanitar fanlar seriyasi



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/246
Sana31.05.2022
Hajmi2,54 Mb.
#623286
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   246
Bog'liq
DbPgg06Eeh ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA 
PSIXOLOGIYA 
 
 
2017-yil, 4-son 
162 
davomida yuqori ishchanlilikda boʻlish va aqliy qobiliyatlarni oʻstirish kabilar ham yuqori natijalarga 
erishishning garovi ekanligini ta’kidlab oʻtdilar. 
Sportchilarning musobaqa jarayonida oʻz ruhiy holatini toʻgʻri boshqarish qobiliyatlari oʻz-
oʻzidan paydo boʻlmaydi. Bunga erishish uchun u shugʻullanayotgan sport turining mazmuniga va 
bugungi kun talabiga tarbiyaviy ishlar olib borilishi zarur. Eng muhimi, sportchilarni sport mashgʻuloti 
va musobaqalarda ruhiy zoʻriqishdan asrash kerak. Buning uchun har bir murabbiy va jismoniy 
madaniyat oʻqituvchilari oʻz shogirdlarini ruhiy qiziqqonlik, tushkunlik, serzardalik holatlarini yengib 
oʻtishga oʻrgatishlari maqsadga muvofiq. Shuningdek, boshqalar, jumladan, sport hakamlari bilan 
toʻgʻri munosabatda boʻlish, qiyin sharoitlarda oʻzini boshqarishga oʻrgatishni ham unutmasliklari 
kerak. 
Sportchi musobaqada gʻalaba qilish uchun bor kuchini sarf qiladi, lekin oʻylaganidek natijalarga 
erisholmagach, tajovuzkor harakatlar qilishga oʻtadi. Biroq u oʻzining bunday harakatlari bilan 
musobaqada yaxshi koʻrsatkichlarga erisha olmaydi. U ixtiyorsiz ravishda bunday xulq-atvorga 
moslashib qolganidan oʻzi ham pushaymon boʻlib yuradi. Bir-birlari bilan jismoniy toʻqnashganida 
tajovuzkor harakatlar qilish hayvonlarga xos ekanligini olimlar ilmiy tajribalar asosida isbotlab 
berganlar. Tajovuzkor harakatlar insonlar uchun nuqson ekanligini sportchilarga qat’iy uqtirish lozim.
Yangi tugʻilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlarida atrofidagi kishilarga, ota-onalariga va 
boshqa oila a’zolariga, tengdoshlariga bir xil munosabatda boʻladi. Lekin bolada bir yoshdan keyin, 
oʻz ehtiyojlarining qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqlarning paydo boʻlishi 
natijasida tajovuzkorlik munosabatlarining ayrim koʻrinishlari vujudga kela boshlaydi. Ba’zi bir 
bolalarning kattalar yoki kichiklarga nisbatan tajovuzkorlik munosabatlari ochiq va aniq koʻrinib 
turadi. Biz quyida bolalardagi tajovuzkorlik munosabatlari shakllanishining bir necha holatlarini 
ajratib koʻrsatishga harakat qilamiz:
1. Ba’zi ota-onalar boshqalarga koʻrsatgan tajovuzkor munosabatlari uchun bolasini maqtab 
ham qoʻyadi yoki boshqa bolalardagi tajovuzkorlik harakatlarini ibrat qilib misol tariqasida 
koʻrsatishadi. Umuman, bolalar kattalarning tajovuzkorlik harakatlarini kuzatib boradilar. Agar katta 
yoshdagi kishi bola uchun ishonchli shaxs boʻlsa, oʻsha odamning harakatlaridagi tajovuzkorlik 
harakatlarini oʻziga qabul qiladi va shu odamga oʻxshashga harakat qiladi. 
2. Ayrim ota-onalar bolalarining tajovuzkor harakatlari uchun ularga maxsus jazo chorasini 
qoʻllamaydilar. 
3. Koʻpchilik ota-onalar farzandlarida paydo boʻlayotgan tajovuzkorlik harakatlarini aql bilan 
pasaytirishga va asta-sekin tarbiyalashga harakat qilmaydilar. 
4. Ota-onalar bolalarida paydo boʻlayotgan tajovuzkor harakatlarni me’yordan ortiq 
qattiqqoʻllilik, doʻq-poʻpisa qilish yoʻli bilan yoʻqotishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. Lekin 
bunday bolalar ulgʻayganida, ularda tajovuzkor xarakatlarning vujudga kelishi tajribada isbotlangan. 
Agar bola tengdoshlariga yoki oʻyin paytida oʻz doʻstlariga tajovuz qilsa, kattalarning 
e’tiboridan chetda qoladi, shuning uchun ba’zi bir yoshlarning xarakteridagi tajovuzkorlik 
oʻzgaruvchan boʻladi. Ba’zi holatlarda oʻzidan kichik yoki jismonan ojiz bolalarga ham tajovuzkorlik 
qilish holatlari uchrab turadi.
Bola yigitlik yoshiga yetgandan keyin oʻzini erkin his qiladigan boʻladi. Kattalarga va 
tengdoshlariga tajovuzkorlik qilgan bolalarda ota-onaning tanbehi natijasida uyalish, bezovtalanish
qaygʻurish holatlari turlicha boʻladi. Ota-onaning tarbiyasi natijasida bola ulgʻaygandan keyin 
tajovuzkor harakatlardan ta’sirlanishi va hayajonlanishi quyidagi jadvalda koʻrsatilgan:

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish