ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2020-yil, 2-son
78
iste’mol qiladi. Natijada shahar ekotizimi faoliyati nafaqat moddiy va ma’naviy boylik ishlab chiqarishda
shu bilan birga atrof muhitni ifloslanishida, informatsion “shovqin” hosil qilishda hamda iqlimni
o‘zgartiradigan turli hil chiqindilarni ko‘paytirishda ham namoyon bo‘lmoqda” [3] deya ta’kidlaydi.
Darxaqiqat, shahar ekotizimi insoniyatdan doimiy ravishda e’tiborni talab etadi. U insoniyat va jamiyat
tomonidan to‘g‘ri boshqarilishi lozim.
Shahar ekotizimining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va boshqarilishi nafaqat shaharning o‘sishiga balki
davlatning tez sur’atlarda rivojlanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. Shu sababli shahar
ekotizimini boshqarish va bu jarayonda nafaqat iqtisodiy, xuquqiy, madaniy omillar balki ijtimoiy omillarni
ham o‘rganish zarur.
Har bir davlat tarixiy taraqqiyot bosqichida o‘z hududidagi ma’lum bir shaharlarning ekotizimini
boshqarishga azal-azaldan alohida e’tibor berib kelganligini bilamiz. Shu sababli ular markaziy maqomga
ega bo‘lib kelishgan. Xususan, Samarqand shahri ekotizimini boshqarish misolida buni yoqqol ko‘rsak
bo‘ladi.
Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz Samarqand hududlarini obodonlashtirish uchun ko’p say
harakatlar amalga oshirilganligini kuzatishimiz mumkin. Samarqand hududlari uzoq vaqtlardan buyon
markaziy hududlardan biri bo‘lib kelganligi buning amaliy tasdiqidir.Tarixiy tahlil metodi asosida yozma
manbalar o‘rganilganda Samarqand shahri to‘g‘risidagi bir muncha diqqatga sazovor bo‘lgan ma’lumotlar
ko‘zga tashlandi. Xususan, 1939 yilda olim N.G.Xarlamov tomonidan so‘nggi paleolitga oid uchta: yuqori,
o‘rta va quyi madaniy qatlamlar topilgan bo‘lib, ushbu qatlamlar so‘nggi paleolit davrida ham shahar
o‘ziga xos ekotizimdan iborat bo‘lganini bildiradi. Bundan tashqari miloddan avvalgi IV asrdan milodiy VI
asrgacha Sug‘d davlatining poytaxti, toki poytaxt Buxoroga ko‘chirilgungacha ya’ni 889 yilga qadar
Somoniylar davlatining ham poytaxti bo‘lib [2], bu davrlarda ham shahar o‘zgacha qiyofani aks etgan.
Xususan, buyuk sarkarda bobokalonimiz Amir Temur davrida ham saltanatning markazi Samarqandga,
uning ekotizimiga alohida e’tibor qaratilib, hattoki ko‘plab sayohatchilarni hayratga solgan o‘sha davrning
ekotizimi bugungi shahar ekotizimining qiyofasini boyishiga ham xizmat qilmoqda. Shu bilan birgalikda
Arab sayyohi Ibn Battuta o‘z asarida Samarqandni O‘rta Osiyodagi eng katta, go‘zal va obod shaharlardan
biri sifatida ta’riflaganligi yohud vinetsiyalik olim Marko Polo Samarqand haqida “Sonmarkon kapa va
mashhur shahar” [2] deb ta’riflaganligidan ma’lumki, Samarqand shaharining ekotizimi nafaqat bugun
balki uzoq tarixiy davrlardan buyon boshqarilib kelinmoqda.
Samarqand shahri 1925–1930 yillarda ham O‘zbekiston poytaxti vazifasini o‘tagan bo‘lib,
mustaqillikni qo‘lga kiritganimizdan buyon respublikamizning yirik madaniy markazlaridan biri bo‘lib
kelmoqda. Bugungi kunda Samarqand shahrining umumiy maydoni – 120 km
2
bo‘lib, dastlabki ma’muriy
tumanlarga bo‘lish 1939 yilda amalga oshirilgan. 1939 yil 10 fevralda Samarqand shahri 3 ma’muriy
tumanga “Bog‘i-Shamol”, “Jeleznodarojniy”, “Siyob” tumanlariga bo‘lingan. 1950 yilga kelib esa bu uch
tuman bekor qilinib, faqatgina 1976 yilga kelibgina bu tumanlar yana qaytadan tashkil etilgan. Biroq,
tumanlarning bittasini nomi, xususan, “Bog‘i-Shamol” so‘zi “Bog‘ishamol” so‘ziga o‘zgartirilgan. 1990
yilga kelib esa Samarqand shahridagi “Jeleznodarojniy” nomli tumanning nomi “Temiryo‘l” nomiga
o‘zgartirilishi nafaqat Samarqand shahri aholisi uchun, shuningdek O‘zbekiston aholisi uchun ham ijobiy
holat bo‘lgan edi. 2003 yilda qabul qiligan qarorga binoan esa 2004 yil 1 yanvardan boshlab Samarqand
shahridagi ushbu uch tuman ham bekor qilindi [2].
Shahar ekotizimini o‘rganish jarayonida Samarqand viloyati, xususan, Samarqand shaxridagi
ekologik ahvolni statistik ma’lumotlarga tayangan holda tahlil etish, Samarqand shahri ekotizimini
boshqarishda to‘sqinlik qiluvchi omillarni ko‘rsatib o‘tishni lozim deb bildik. O‘zbekiston statistika
qo‘mitasi atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalarni O‘zbekiston Respublikasi miqyosida
o‘rganib chiqdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand viloyatida 52,1 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar
atmosferaga chiqarilgan. Toshkent (336,6), Qashqadaryo (152,2), Buxoro (74,8), Sirdaryo (60,5), Farg‘ona
(53,2) [4] viloyatlariga nisbatan ancha past ko‘rsatkich bo‘lsada, ushbu ko‘rsatkichning o‘zi shaxardagi
minglab insonlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi uchun hamda jamiyat a’zolarining ruhiy holatining
o‘zgarishi uchun yetarli.
Samarqand shahrining ekotizimida transport sohasi ham alohida ahamiyatga molik bo‘lib, havo,
temir yo‘l va shahar ichki transplorti aholi uchun xizmat qilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Xususan, 2016 yilning oxirida O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi
bilan Samarqandda yangi tranvay liniyalari qurilishi boshlanib, hali-hanuz shahar ichki transportiga katta
e’tibor berilmoqda. Hozirda Samarqand shahrida jamoat transportidan avtobuslar, marshrutli taksilar,
xususiy va davlat taksi xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Shaharda avtoqatnovlarning ko‘payishi kishilar
manzilini yaqinlashtirishga ko‘maklashsada biroq ular hududda keragidan ortiq shovqinni keltirib
chiqarayotganini unutmasligimiz lozim. Shu sababli avtoqatnovlarni doimiy nazorat qilish, funksional
Do'stlaringiz bilan baham: |