Keywords:
proverb, aphorism, parable, poem, fable, fairy tale, story, legend, riddle, science
fiction, pedagogical technology
Maqol xalq og’zaki ijodining ixcham shakl, ammo chuqur mazmunli janri hisoblanadi. Unda tugal
xulosa, ravon ifoda, ibratli fikr mujassam bo’ladi. Maqollarning har biri aql-tafakkur mahsuli bo’lib, tilimiz
boyligini, ko’rkamligini o’zida namoyish etgan, ota-bobolarimizning uzoq yillik tajribalari asosida yuzaga
kelgan xulosalari hisoblanadi.
Maqollarning mavzu doirasi keng bo’lib, hayotning turli jabhalarini qamrab oladi, shuningdek,
unda xalqning urf-odati, ruhiyati, butun borlig’i aks etadi.
Fikrni tushunarli, ta’sirchan qiluvchi ibratli so’z – maqollar asosan, so’zlashuv uslubida,
shuningdek, badiiy adabiyotning turli janrlarida keng qo’llaniladi.
Boshlang’ich ta’lim darsliklarida ona tabiat va uni ko’z qorachig’idek asrash, Vatanimiz tarixi,
buguni, kelajagi, turfa insonlar hayoti, mehnatsevarlik, milliy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik-
totuvlik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan she'rlar, masallar,
ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o'qib o'rganiladi,
ularning har biri o'ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga
mansub asarlarni o'ziga xos usulda o'qib o'rganish taqozo qilinadi.
“O'qish kitobi”dagi barcha mavzular o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan birga, ularning
lug'atini boyitishga, og'zaki hamda yozma nutqini to'g'ri shakllantirish va nutq madaniyatini o'stirishga
qaratiladi. Buni har bir mavzudan soʻng berilgan savol va topshiriqlar, maqol va hikmatli soʻzlar, tez aytish
va topishmoqlar asoslaydi.
Boshlang’ich ta’limda maqollar o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va mavjud
vaziyatlardan to’g’ri xulosa chiqara olish ko’nikmalarini shakllantiradi. O’qish kitoblarida hikmatli so’zlar
alohida “Maqollar”(5.80-b) mavzusi ostida ham, o’quvchilar o’rganadigan asarlarning sarlavhasida, matn
ichida va oxirida berilgan. Bundan tashqari, mavzuni mustahkamlash uchun berilgan savol va topshiriqlar
ichida ham maqollarni uchratishimiz mumkin. Jumladan, 3-sinf “O’qish kitobi”da “
Vaqting ketdi – naqding
ketdi
”[4.54-55-b]; “
Tilga ixtiyorsiz – Elga e’tiborsiz
” [4.127-129-b]; 4-sinf “O’qish kitobi”da “Istiqlolim -
istiqbolim” bo’limi yuzasidan takrorlash savollarining ichida “
Bulbul chamanin sevar, odam – vatanin
”
[5.19-b]; Xalq ertagida “
So’nggi pushaymon o’zingga dushman
”[5.44-48-b]; “Nima yaxshi-yu, nima
yomon?” [5.146-b] bo’limining oxirida nutqingizni boyitingda inshoni “
Yalqovlik – yomon odat
” deya
nomlang kabi topshiriqlar keltirilgan.
Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatdiki, 2-sinf “O’qish kitobi”da Ollobergan Po’latning “Hunar –
bebaho boylik” [3.63-b] she’rida, Shorasul Zunnunning “Nima eksang, shuni o’rasan” [3.93-94-b]
hikoyasida, “Tan sihatlik – tuman boylik” [3.132-133-b] oʻzbek xalq ertagida, Nurmat Maqsudiyning
“Ilmli ming yashar”[4.58-59-b] hikoyasida, Hakim Nazirning “Yaxshilik yerda qolmas”[4.188-190-b]
hikoyasida maqollar asarning mavzusi sifatida; “Uch o’rtoq” [3.128-129-b] o’zbek xalq ertagida asarning
xulosasi sifatida “Nodon do’stdan ziyrak dushman yaxshi” maqoli keltiriladi, “Tansihatlik – tuman boylik”
[3.132-133-b] o’zbek xalq ertagida esa ham mavzu nomi, ham asarning xulosasi sifatida “Sog’ tanda
sog’lom aql”; 3-sinf“O’qish dars”ligida Malik Murodovning “Yersevarni – el sevar” [4.156-b] hikoyasida
asar mavzusi sifatida; “Ahillik – ulug baxt” [4.30-31-b] nomli qirg’iz xalq ertagida ham asar nomi, ham
asar xulosasi sifatida shu maqoldan foydalanilganligining guvohi bo’ldik.
Abdusodiq Irisovning “Arpa-bug’doy osh bo’lur” [2.117-118-b] ertagida uch kishining safarga
otlangani, ulardan ikkitasi belbog’iga oltin-kumushlarini, qimmatbaho narsalarini tugib jo’nashi, uchinchi
kishi bir xalta non-u tolqon, bir ko’za suv ko’tarib chiqishini ko’rib, haligi ikki kishining kulib uchinchi
kishini mazax qilishi, oxir-oqibatda cho’l-u biyobonda ochlik va tashnalikdan tolqoni va suvi bor kishi
qutqargani hikoya qilingan. Ertak g’oyasiga mos xulosa esa
“Arpa-bug’doy osh ekan, oltin-kumush tosh
ekan”
maqoli bilan ifodalangan bo’lsa, Munavvarqori Abdurashidxonovning “Har kim ekkanin o’rar”
[5.31-32-b] she’riy ertagida o’g’il va nevaraning otaga bo’lgan munosabati aks etgan. Bir o’rinda otaning
o’z otasiga qilgan munosabati o’g’ilga eslatiladi, shuningdek, otaning o’z qilmishiga, o’z xatosiga iqror
bo’lishi haqida so’z yuritilgan va asar so’ngida ertak g’oyasiga mos xulosa sifatida “Har kim ekkanin o’rar”
Do'stlaringiz bilan baham: |