ILMIY AXBOROTNOMA
OʻQITISH METODIKASI
2020-yil, 2-son
128
o‘quv materiali pedagogik nazariyaga mos holda mantiqiy adekvat (bir ma’noda) bayon etilgan
bo‘lishi lozim.
O‘quv materialini muammoli uslub yordamida o‘tish muammoli tuzilgan ma’ruza uslubi orqali
bilim bayoni davomida mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, dalillarni tahlil qilish, talaba fikrini
o‘z ortidan ergashtirish, uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Mutaxassislik fanini muammoli ta’limida qisman izlanma va evristik qidiruv metodlarini qo‘llash
mumkin. Bunda mutaxassislik fani o‘qituvchisi talabalar oldiga qator izchil va o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan
savollar majmuini qo‘yadi. Talabalar ularga javob berganda qandaydir shakllarni aytadilar. Aytganlari
to‘g‘ri ekanligini mustaqil isbotlashga harakat qiladilar. SHu bilan birga mutaxassislik fanining yangi
bilimlarini o‘zlashtirishda mustaqil ravishda oldinga siljishni amalga oshiradilar. Agar evristik suhbatda
bunday taxminlar yangi mavzuning faqatgina biror qismiga aloqador bo‘lsa, muammoli-qidiruv suhbatda
talabalar muammoli vaziyatning butun bir tizimini hal qiladilar. Ta’limning muammoli-izlash uslublarida
ko‘rgazmali qo‘llanmalar esda saqlashni faollashtirish maqsadida emas, balki darsda muammoli vaziyatni
yaratadigan eksperimental masalalarni qo‘yish uchun ishlatiladi. Bu usulda talabalarning mustaqil
fikrlashining ustuvor sabablarini aniqlash oson ko‘chadi.
Qisman izlash metodi talabalarni izlanishning turli bosqichlarida tadqiqot faoliyatiga jalb qilishni,
muammolarni topish, gipotezani ta’riflash, isbot usullarini topish, xulosalarni ta’riflashga jalb qilishni
taqozo etadi.
Talabalarni izlanish faoliyatiga jalb qilishning yana bir usuli-umumiy vazifani bir qator kichik
vazifalarga bo‘lish va ularning ayrimlarini talabalar hal etishidir.
Qisman izlash metodi – muammoli bayondan muammoli o‘qishga, vazifalarni mustaqil qo‘yishga
va ularni mustaqil hal etishga o‘tishning o‘ziga xos ko‘pligidir.
Yuqorida keltirilgan izlanish ishlarimiz natijalaridan kelib chiqib mutaxassislik fanini muammoli
o‘qitish bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:
muammoli o‘qitishning uchta imkoniyati mavjud: muammoli vaziyatni yaratish, keltiruvchi
muloqot, mutaxassislik fani o‘qituvchisi tomonidan, motivatsiyadan foydalanib dars mavzusini tayyor
holda ma’lum qilish;
mutaxassislik fanni muammoli o‘qitishda darsni tashkil etishning: frontal, guruhiy va yakkama-
yakka ko‘rinishlaridan foydalanish mumkin;
muammoli o‘qitishning to‘liqlik darajasini: muammoni o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi va
talabalar tomonidan hal qilinishi; talabalar tomonidan muammo mustaqil holda yoki o‘qituvchi bilan birga
hal qilinishi; muammoli vaziyatni o‘qituvchi ifodalashi, muammoni yechishning keyingi bosqichlari
talabalar bilan amalga oshirilishi; muammoni yechishning barcha bosqichlari talabalar tomonidan
bajarilishi, bunda mustaqil ishlash va aqliy faollik yuqori bo‘lishlari tashkil etadi;
Muammoli o‘qitish samaradorligining asosiy sharti:
1.
O‘qitish jarayonida muammoni yechishga talabalarning qiziqishini uyg‘otadigan etarli
motivatsiyasini ta’minlash.
2.
Talabalarga tavsiya qilinayotgan muammoli vaziyatlarni murakkablik darajasini ta’minlash.
3.
Muammoli vaziyatlarni yechish mobaynida olinadigan axborotlarni talabalar uchun zarurligi.
4.
Pedagogning talabalar aytgan fikrlarga, farazlarga e’tibor qilingan va ularni rag‘batlantirishga
qaratilgan samimiy muloqotlari hisoblanadi;
Muammoli o‘qitishda o‘qituvchining roli: muammoga oid axborotli ta’minot, muammoni yechimi
bo‘yicha tadqiqot yo‘nalishini tanlash, muammo mazmunini yoki tuzilishini o‘zgartirish, o‘quvchining
bilish faolligini rag‘batlantirishdan iborat;
- maxsus fanni muammoli o‘qitishda darsni borishi: muammoli vaziyatni yaratish, aqliy masalani
qo‘yish, qo‘yilgan masalani xarakterlaydigan turli sharoitlarni o‘rganish, uning sharoitlarini modellashtirish
imkoniyatlarini muhokama qilish yoki soddaroq, ko‘rgazmaliroqlariga almashtirish, qo‘yilgan masalani
yechish jarayoni, olinadigan masala yechimini tadqiq etish, uning natijalarini muhokama qilish, yangi
bilimlarni hosil qilish, o‘zlashtirishda maxsus tanlangan o‘quv masalalarini yechish orqali yangi bilimlarni
qo‘llash, qo‘yilgan dastlabki muammoli vaziyat doirasida masala yechimlarini imkoni bor
umumlashtirishlarini muhokama etish, olingan masala yechimlarini o‘rganish va boshqa yechish usullarini
izlash, yakuniy bosqichda o‘quv materiali mazmunida, muammoni yechish usullarida, natijada
ahamiyatlilarini aniqlash, yangi bilimlarni va tajribalarni kelajakda qo‘llash imkoniyatlarini muhokama
qilish kabi algoritmda bo‘lishi mumkin [8].
Bular maxsus fanlardan muammoli darslarni tashkil etish sxematik rejasi bo‘lib, ba’zi hollarda
maxsus fanning xususiyatlariga bog‘liq ravishda, uning bandlari qo‘shilishi yoki ba’zilari bajarilmasligi
ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |