Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

Keywords: 
Jasaul, an Indian priest, an Indian elder, the city of Bombay, Governor-General of 
Turkestan, archive manerials. 
Tarixshunoslik-manbashunoslik ilmiy izlanishlar doirasida Turkistonda hind fuqarolari tarixini 
o’rganish qiziqarli ilmiy izlanish sohalardan hisoblanadi. Turkistondagi hind fuqarolari tarixiga oid 
ma’lumotlar etarlicha bo’lmasada, O’z RMDA fondlarida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Mavzuni yoritishda 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi fondlari hujjatlaridan foydalanildi. Hindlarning 
Turkistonga kela boshlashi oldinroq yuz bergan bo’lsada, XIX asrga kelib hind fuqarolarining bu 
hududdagi soni sezilarli darajada osha boshladi. Turkiston o’lkasida yashagan hindlar bir-biridan 
ajratilmagan, aksincha hayot ularni bir-biri bilan yaqin aloqada bo’lishga undagan. Sharqdagi musulmon 
shaharlarida ko’pincha savdo yoki boshqa faoliyat bilan shug’ullanadigan va bitta shahar, mintaqa yoki 
mamlakatlardan kelib chiqqan hindlarning barqaror birlashmasi shakllandi. Bu birlashmalar O’rta 
Osiyoning Rossiyaga mustamlaka bo’lishidan oldin shakllanib, O’rta Osiyo xonliklarining og’ir va 
o’zgaruvchan sharoitlarida o’zlarining manfaatlarini jamoaviy himoya qilish maqsadida tashkil qilingan. 
Musulmon hindlarning ushbu uyushmalarga kirgan yoki kirmaganligi haqida batafsil ma’lumot yuq, lekin 
Turkistondagi hind muhojirlari orasidagi diniy ziddiyatlar o’z vatanlariga qaraganda unchalik chuqur 
bo’lmagan deb taxmin qilish mumkin. P.I Poshinoning ma’lumot berishicha, 1865-1866 yillarda 
Toshkentga kelgan Kashmir elchixonasining musulmon a’zolari Hind Karvonsaroylarida yashagan [4, 
S.114]. 
O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin ham Turkistondagi hind karvonsaroylarini 
saqlanib qolinishi hindlar orasidagi biradorlik rishtalarining mustahkam bo’lganligini tasdiqlaydi. Ruslar 
Turkistonga kirib kelishidan oldin hindlarni musulmonlardan alohida qo’yish uchun maxsus ajratilgan 
joylarga joylashtira boshladi. Natijada Hind karvonsaroylari va kvartallari paydo bo’lgan. 
Karvonsaroylarning 2-3 kishi joylashadigan kichik xujralari bo’lib, turar joy va savdo sotiq joyi sifatida 
foydalangan. O’rta Osiyo Rossiya mustamlakasi bo’lishidan oldin hindlarning belgilanmgan joylardan 
boshqa joylarda yashashini ta’qiqlanishi nafaqat hindlarning yashash joylari, (Karvonsaroylari) balki 
hindlarning xavfsizlik va diniy urf-odatlari bilan ham bog’liq edi [12]. 
Rossiya O’rta Osiyoni egallagach xavfsizlik masalalarini qaytadan ko’rib chiqib, ayrim 
cheklovlarni olib tashlagan, shuning uchun hindlar keyinchalik ko’proq shaxsiy uy joylarga ega bo’lishi 
natijasida karvonsaroylarni tark eta boshladi. O’rta Osiyo hindlarining orasida jamaviy guruhlarning borligi 
hindlarning bir necha jamoalarga bo’linganligidan dalolat beradi. Jamoani “oqsoqol” deb nomlangan 
amaldor boshqargan. Har bir shaharning yoki qishloqning alohida oqsoqoli bo’lgan. Oqsoqollardan oldin 
hind jamoalarini mahalliy ma’murlar tomonidan tayinlangan amaldorlar boshqargan. Bu amaldor 
“Yasovul” deb nomlanib, asosan hindlarning faoliyati va sarmoyasini nazorat qilib borgan. S. Ayniyning 
ma’lumot berishicha vafot etgan hinduning mol mulki merosxo’rga meros tariqasida qolmay, amirning 
xazinasiga topshirilgan, bu masalani hal qilish bilan ham yasovul shug’iullangan [1, S.49]. 
Ruslar Turkistonga kirib kelgach, yasovul mansabi bekor qilinib, ularning o’rnini oqsoqollar 
egallay boshlagan, lekin Turkistondagi yasovul postlarining bugungi kungacha saqlanib qolganlari bor. XX 
asr boshlariga kelib hind mahallalarining barchasida oqsoqol mansabi joriy qilingan [8, B. 13]. 
Oqsaqollar obro’li hindlar tomonidan tayinlanib, rus ma’muriyati bilan kelishib ishlagan. 
Oqsoqollar Turkistonda yashagan boshqa hindlarga nisbatan ko’proq boylikka egalik qilgan. Masalan, 
Kattaqo’rg’on oqsoqoli kapitalining yillik aylanmasi boshqa hind savdogorlarining aylanmasidan qariyib 3 
barobar ko’p bo’lgan. Mahalliy hind jamoalari oqsoqollarining vazifalari to’g’risida ma’lumotlar unchalik 
ko’p emas, lekin manbalardan oqsoqollar mahalliy hind jamoasi orasidagi har xil tortishuvlar va janjallarni 
hal qilishda ham faol qatnashganini bilib olishimiz mumkin. Keyinchalik hindlarga meros qoldirishdagi 
cheklovlar olib tashlangach, notarial vazifalarni bajarib vafot etgan hinduning merosini merosxo’rga 
taqsimlash bilan ham shug’ullangan. Hind jamoalarida oqsoqollardan tashqari ruhoniylar yoki iskala 
mansabi ham bo’lgan [15, B. 1]. 
Har bir jamoaning alohida ruhoniysi bulgan. Toshkent, Samarqand, Kattaqurg’on, eski Marg’ilon 
va Buxorodagi hind jamoalarining alohida ruhoniy yoki iskalasi bo’lgan, ruhoniylarning asosiy vazifasi, 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish