ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son
61
borliq, ijtimoiy muhit hukmida bo‘lsa, hozir u texnika ta’sirida, texnika esa unga borliq ustidan “ijtimoiy
hukmronlik” qilish imkonini bermoqda[7]. Natijada inson o‘z hayotini, baxt-saodat, huzurlanish, rohatlanib
yashash haqidagi tasavvurlarini texnika hukmronligi talablariga muvofiqlashtirmoqda.
Demak, yangi davr falsafasining o‘ziga xosligi teotsentrik qarashlar o‘rniga antropotsentrik g‘oyalarni
olib kirganidadir. Bu g‘oyalar o‘z navbatida insonning baxt-saodatli hayot barpo etish borasidagi orzu tilaklari va
ijtimoiy borliqni o‘zgartirishga qaratilgan sa’y-harakatlari hosilasi bo‘lishi mumkin edi. Yangi davrda an’anaga
aylangan, ijtimoiy borliqni o‘zgartirishga qaratilgan ilmiy-texnik kashfiyotlar, tafakkur plyuralizmi, hatto
revolyusiyalarga ana shu nuqtai-nazardan yondashish zarur. Lekin, buni alohida qayd etishimiz darkor, ularning
birortasi ham o‘zidan-o‘zi, bevosita insonni baxtiyor, hayotini huzurbaxsh qilolmaydi, buning uchun baxt-
saodatga erishishni juda xohlovchi faol subyekt zarur.
R. Dekart (1596-1650 yillar) baxtni, Platon va Aristotel singari, qayg‘u, tashvishlardan xolilik deb
biladi [8] va uni “o‘z fikrlari ustidan cheksiz hukmron, shu bilan o‘zini badavlat, qudratli sezadigan faylasuflar”
holatiga o‘xshatadi [8]. Bu fikrlar negizida faylasufning inson aql-u idrokiga, tajribasiga ishonchi yotadi.
Subyektiv fikrlashga u inson mavjudligining asosi sifatida qaraydi. Inson erishadigan barcha yutuqlar, farovon
hayot, baxtiyorlik ushbu subyektiv fikrlash usuli mahsullaridir.
F.Bekon (1561-1626 yillar) o‘zining amaliy tajribaga asoslangan analitik usuli, empirizmi bilan inson
hayotiga, uning baxt-saodati masalalariga yangicha yondashuvni boshlab berdi. Uning fikricha, baxt iloh
tomonidan oldindan belgilangan taqdir ne’mati emas, unda “tasodiflar” ham mavjud. Nima bizning
xususiyatimizda bor bo‘lsa, unga ergashish mumkin, ammo “baxtga taqlid qilib bo‘lmaydi, u har kishining
ajralmas mulkidir.” Ya’ni baxt har bir kishining o‘ziga xos fenomendir [9]. Boshqa bir joyda u vatanga
muhabbat, oila, ayol va farzandlar, ularga o‘zini fido qilish muhim sotsioantropologik qadriyatlar ekanini
ta’kidlab, “bulardan boshqa narsalarda baxtiyorlar farzandlarida baxtiyor emas, aks holda, ular asosli tarzda
xudoga monand bo‘lardilar”[9], deb yozadi. Demak, faylasuf talqiniga ko‘ra, insonni haqiqiy baxtli qiladigan
narsalar vatanga muhabbat, ayol, farzandlar, oila bo‘lib yashash, ularga o‘zini bag‘ishlashdir. Bu o‘rinda
F.Bekon baxt-saodatni insonning real, tajribaviy hayoti bilan bog‘laydi.
G.V.Leybnits (1646-1716 yillar) falsafaga “xalq baxti” degan tushunchani kiritadi va “baxt haqida,
ya’ni yashash ilmi haqida” maxsus tadqiqot yaratishni mo‘ljallaydi. Uning fikricha, shunday ilmning asosini
“ilohiy uchlik, ya’ni donishmandlik, ezgulik va baxt” tashkil etadi. Donishmandlik alohida ilm, ushbu ilm
sirlarini egallash ezgulik, mazkur ezgulikka yetish “haqiqiy baxtdir” [10]. Boshqa joyda u “Donishmandlik -
baxt haqida ilm”, Baxt - barqaror quvonch holati ”, u yetuklikni ham ifoda etadi, deb hisoblaydi [10].
Gegel esa o‘ziga xos spekulyativ, idealistik tarzda baxtni “mavhum umumiy” bilan bog‘laydi va oxir
natijada uni “davlat” deb ataydi [11]. Shu bilan birga Gegel insonda axloqiy talablar mavjud, agar ushbu
talablarni tashqi muhit qoniqtirmasa, u o‘zini baxtsiz sezadi, “u o‘zini-o‘ziga olib”, baxtni o‘zining ichidan
qidiradi, deb ko‘rsatadi [11]. Demak, insonning baxtni Subyektivdan qidirishi uni tashqi dunyodan topolmasligi
natijasidir. Baxt faqat Subyektiv fenomen emas.
“Hayot falsafasi” oqimining asoschisi sifatida A.Shopengauer (1788 - 1860 yillar) evdemoniyasida
ichki sentensiyalarga, insondagi yakkalikni istash tuyg‘usiga, pessimistik qarashlariga ko‘proq e’tibor beriladi.
Faylasuf insonning baxt haqidagi fikrlariga mulk, unvon, sharaf, do‘stlar, yutuqlar, oila ta’sirlarini tahlil qilib
shunday ta’rif beradi: “quvonchlar va huzurlar bilan emas, balki, ham ruhan, ham vujudan, g‘am-qayg‘ular
bilmay yashagan kishi baxtli”. “Baxtli hayot o‘lchovi g‘am-qayg‘ulardan xolilik[12]. “Nodon huzurlar ketidan
chopadi, oqil g‘am-qayg‘ulardan qochadi... Baxtsiz bo‘lmaslikning to‘g‘ri vositasi - ko‘p baxt talab etmaslik...
to‘la baxtiyor bo‘lish qiyin, hattoki mumkin emas” [12] Shopengauer evdemoniyasidagi indeferentlik, ijtimoiy
borliqdan qochish, zohidlik buddaviylik ta’sirida shakllangan.
Biroq Yevropada XIX va XX asrlarda ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, revolyutsion o‘zgarishlar
tarix sahnasiga har tomonlama faol kishini olib chiqdi. Oddiy kishining sotsium hayotida faol qatnashishi, hatto
F.Nitsshe nazarda tutgan “ashaddiy nigilist”ning ham ijtimoiy borliq tartiblariga aralashishi qo‘llab-
quvvatlanadigan bo‘ldi. Baxt-saodat fenomenini Shopengauercha ichki refleksiv, sensitiv voqelik sifatida qarash
real hayotga, ijtimoiy taraqqiyot talablariga muvofiq kelmay qoldi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, agar antik davr evdemoniyani alohida ilmiy-falsafiy mavzu sifatida
talqin etishni boshlab bergan, bu borada hanuz ahamiyatini yo‘qotmagan fikrlarni bildirgan bo‘lsa, o‘rta asrlar
falsafasi teotsentrik g‘oyalarni antropologik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirishni nazarda tutdi, ammo uni hal
etolmadi. Diniy monoteistik, transendental yondashuvlar inson hayoti va baxtini ilohiyat bilan bog‘ladi, ammo
inson erki masalasi falsafiy mushohadalar uchun muhim predmet, mavzu bo‘lib qolaverdi. Erk baxtli
yashashning muhim sharti edi, shuning uchun unga oid muammolarni ilmiy-falsafiy va ijtimoiy amaliy hal etish
lozim edi. Bu vazifa yangi davr falsafasi zimmasiga tushdi. Zamonaviy jamiyatda esa, hayot sotsial faol shaxsga,
o‘zining baxt-saodat haqidagi tasavvurlarini ijtimoiy borliq, jamiyat talablari va ehtiyojlari bilan bog‘laydigan
subyektlarga hojat sezdi. Falsafa, tafakkuriy izlanishlar, mazkur o‘zgarishlar bilan hamohang rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |