ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son
36
chiqib kelishgan» [20]. Lekin bu fikrni qabul qilish qiyin. Chunki arman, vizantiya va xitoy manbalari bu
qabilalarni hamisha alohida qilib ko‘rsatgan. Ilk o‘rta asrlar davriga oid eron manbalarida oq xion (spet
xion) va qizil xion (karmir xion) nomli xalqlar tilga olinadi. Hind manbalarida oq va qizil xun xalqlari
eslatib o‘tiladi [21]. Shuni aytib o‘tish lozimki, hind manbalaridagi xunalar – bu eftaliylardir. Vizantiya
tarixchisi Feofan Vizantiyskiyning xabari diqqatga sazovor. Uning yozishicha, Tanais daryosidan sharqda
turklar yashaydilar. Ular qadimda massagetlar deb atalgan, forslar tilida bu turklarning nomi
kermixionlardir [22]. Vizantiya tarixchisining xabari xioniylar bilan eftaliylarning alohida xalq ekanligini
ko‘rsatadi. Garchi arman va vizantiya manbalari xioniy, kidariy va eftaliylarni xunn qabilasi sifatida
bilishsa-da, ularning nomlarini alohida qilib ko‘rsatishadi. Qolaversa, Vizantiya tarixchilari Yevropaga
bostirib kirgan xunnlar bilan eftaliylarni ajrata olishgan. Shu jihatdan olib qaralganda, kermixion nomini
tilga olgan Vizantiya tarixchisi ularni eftaliylar bilan adashtirmaganligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.
Xitoy manbalarida ham idanlarning kelib chiqishi Sude (So‘g‘diyona) ni bosib olgan xunn (xion)lar bilan
bog‘lanmaydi. L.Gumilev esa, xioniylarning kelib chiqishini Orol va Kaspiy dengizining shimolidan
axtarish lozim, deb hisoblaydi [23].
Uchinchi fikrga ko‘ra, ular Amudaryo va Sirdaryo havzalarining qadimgi aholisi bo‘lgan.
A.N.Bernshtam eftaliylarning kelib chiqishini ikki hudud: birinchisi – Sirdaryoning o‘rta va quyi havzasi,
ikkinchisi – Amudaryoning yuqori havzasida bo‘lganligini ko‘rsatadi [24]. Rus olimi L. Gumilev
eftaliylarning ilk vatani Pomirning g‘arbiy yonbag‘irlari bo‘lganligi haqida xulosa beradi [25]. Shunga
o‘xshash fikr yapon olimi K. Enokining ishlarida ham kuzatiladi. S.P.Tolstov ularni Orol bo‘ylaridan kelib
qolganligini ta’kidlaydi [26]. E.V.Rtveladze esa ularni Baqtriya-Toxaristonning tub aholisi bo‘lgan, deb
hisoblaydi.
Garchi «Beyshi»da
yeda
ko‘chmanchi xalq sifatida qayd etilsa-da, ularning hukmdori Bodiyon
shahrida yashashi va bu shaharda ko‘plab budda ibodatxonalari borligi qayd qilinadi [27]. Arxeologik
tadqiqotlar III-VI asrlarda Janubiy Sibir va Shimoliy Qozog‘iston dashtlarida yashagan sarmat va ugor-
samodiy qabilalari bilan eftaliylarning hech qanday aloqaga ega emasligini ko‘rsatadi [28]. Qolaversa,
ularning jang qilish uslubi ham ko‘chmanchi xalqlarga xos emas [29]. Numizmatik ma’lumotlar IV asr
oxiri – V asr birinchi yarmida Toxaristonda zarb qilingan tangalar xioniylarga emas, balki eftaliylarga
tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Tangalardagi unvonlar esa, shubhasiz, baqtriyaliklarga xosdir [30].
Xitoy yilnomalarida aytilishicha, eftaliylarda badavlat kishilar vafot etsa toshdan qilingan
maqbaralarda dafn etilgan [31]. Toshdan qilingan maqbara-mug‘xonalarga o‘z vaqtida K.I.Inostransev ham
e’tibor qaratgan edi. B.A. Litvinskiy mug‘xona, maqbara inshootlari hamda boshqa faktlarni o‘rganib,
eftaliylarning shakllanishida Farg‘onaning tog‘oldi qabilalari ham muhim rol o‘ynaganligi haqidagi
xulosaga keladi [32]. Eftaliylarning etnik mansubligi bo‘yicha ham har xil fikrlar bor. Bir guruh olimlar
eftaliylarni xunnlardan kelib chiqqan, shu bois ular qadimgi turk-mo‘g‘ul xalqlariga tegishli deb
hisoblashsa, boshqalari ularni eroniy xalqlar bilan bog‘lashadi. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun
qo‘limizda mavjud bo‘lgan materiallarga murojaat etishimizga to‘g‘ri keladi.
Ahmad al-Balazuriyning yozishicha, arablarning Ko‘histonga yurishi vaqtida ularning qarshisidan
xaytal
aholisi chiqib kelgan. Ularning kelib chiqishi turklardan bo‘lgan, boshqalarning aytishicha, ular
aslida Fors aholisidan bo‘lgan [33]. Shuningdek, Balazuriy arab sarkardasi Musa ibn Abdulloh ibn Xozim
as-Sulami Termizni egallab olgan vaqtda (689-yilda) unga Termiz aholisi sirasidan bo‘lgan xaytallar va
turklar qarshi chiqishganligini ma’lum qiladi [34]. Xitoy manbalarida eftaliylarning urf-odatlari turklarning
urf-odatlariga o‘xshashi qayd etiladi [35]. 726-yili Toxaristonda bo‘lgan koreys sayyohi Xoy Chao o‘lka
aholisining yarmini
xu
, qolgan yarmini turklar tashkil etishini ta’kidlaydi [36]. L.N.Gumilevning
yozishicha, eftalitlarning qabilaviy nomi
xua
bo‘lgan. Bu nom Xuttalyon atamasida saqlanib qolgan [37].
Mug‘ tog‘idan topilgan so‘g‘d hujjatlarida Xuttalon
ywttwrstan
(Xutturston yoki Xuttulston)
shaklida tilga olinadi. Bu nom o‘zlashgan so‘z bo‘lib, so‘g‘diylargacha bo‘lgan qadimgi toponimik
qatlamga borib taqaladi [38]. V.A.Livshits Xuttal nomini eftalitlarning arabcha «Xaytal» yoki «xabtal»
nomi bilan aloqador deb hisoblaydi [39]. XV asr geografi Abdurashid al-Bakuviy xuttallaxlar mamlakati
haqida xabar qiladi. Uning yozishicha, xuttallaxlar turklardan bo‘lib, barcha turkiy qabilalar orasida eng
kuchlisi bo‘lishgan [40].
Eftaliylarning ismlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular orasida Toraman, Mixirakula singari
turkcha ismlar borligini ko‘rish mumkin. Demak, mavjud manbalar asosida eftaliylarning ilk shakllangan
joyi asosan Baqtriya-Toxariston va unga yondosh o‘lkalar, ko‘proq tog‘li hududlar ekanligini
ta’kidlashimiz mumkin. Eftaliylar O‘rta Osiyoning tub aholisi bo‘lib, ularning shakllanishida qadimgi sak,
massaget, yuechji qabilalari hamda Baqtriyaning tub aholisi muhim rol o‘ynagan. Eftaliylar aslida turkiy
xalq bo‘lgan. Eftaliylar tomonidan tuzilgan davlat juda katta hududlarni o‘z ichiga olganligi bois, ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |